Mamatxanova Gulnora Maxmudovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘inida tibbiy hisob hujjatlarini maqbullashtirish (Farg‘ona shahar oilaviy poliklinikalari misolida)” (tibbiyot fanlari), 14.00.33 – Jamiyat salomatligi. Sog‘liqni saqlashda menejment.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Tib1454.
Ilmiy rahbar: Ismailov Saidmurad Ibragimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti xuzuridagi PhD.04/30.09.2020.Tib.122.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Ibodulla Kuchkarovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Xamraev Atadjan Karimovich,tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ambulator-poliklinika muassasalarida yuritilayotgan tibbiy-statistik hisob va hisobot hujjatlarini maqbullashtirish hamda ularning tezkorligini, ma’lumotchanligini takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oilaviy poliklinikalar faoliyati tahlil qilinib, tibbiyot xodimlari mehnatining sifati va samaradorligi, aholining tibbiy yordam ko‘rsatishdan qoniqish darajasi va shifokorlar faoliyatidagi axoli murojaatini xamda salomatlik holatini baxolash uchun qayd qilinadigan birlamchi tibbiy hisob xujjatlarini yuritilishining xaqqoniylik darajasi aniqlangan;
birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini aholiga yaqinlashtirish va tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan talablar asosida oilaviy poliklinikalardagi tibbiyot xodimlarining ish koeffitsientini baholashning milliy standarti ishlab chiqilgan;
tibbiy hujjatlarning amaldagi tartibining qiyosiy tahlilida Sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘ini faoliyatida joriy etilgan mavjud (medhup.uz) elektron hujjat aylanishini tizimiga Farg‘ona shahar oilaviy poliklinikalarida umumiy qabul xamda kasallanish xisobotlarini Idoraviy statistika shakllarini (1-SSV, 12-SSV) universal avtomatlashtirilgan tizimga qo‘shimcha yakuniy hisobotlar shaklida jamlanishi ishlab chiqilgan;
tibbiy hisobot hujjatlarini yuritishning algaritmi ishlab chiqilib, tibbiy hisob xujjatlari ( 024-h/sh, 025-h/sh, 025-1h/sh, 030-h/sh, 039-h/sh) ni amaldagi tizimda ketma-ketlik bilan avtomatik ravishda to‘ldirilishi orqali oilaviy poliklinikalarning asosiy ko‘rsatkichlari hamda tibbiyot statistikasining samaradorligi, tezkorligi, axborotliligi va ishonchliligini ta’minlanish darajasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ishlab chiqilgan ilmiy uslubiy tavsiyanoma O‘zbekiston Respublikasi birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish muassasalari, tibbiyot oliy o‘quv yurtlarining o‘quv jarayonlariga tadbiq etildi. Dissertatsiya ishining materiallarini sog‘liqni saqlash amaliyotiga tadbiq etilganligi haqida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining xulosasi olindi (05/92-sonli, 26.08.2024 y.).
birinchi ilmiy yangilik: oilaviy poliklinikalar faoliyati tahlil qilinib, tibbiyot xodimlari mehnatining sifati va samaradorligi, aholining tibbiy yordam ko‘rsatishdan qoniqish darajasi va shifokorlar faoliyatidagi axoli murojaatini xamda salomatlik holatini baxolash uchun qayd qilinadigan birlamchi tibbiy hisob xujjatlarini yuritilishining xaqqoniylik darajasi aniqlangan. Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar SSVning 2024 yil “9” apreldagi 02-28/7641-sonli va 2024 yil “11” iyundagi 01-28/12889-sonli ma’lumotnomasiga asosan amaliyotga joriy etildi. Iijtimoiy samaradorligi: oilaviy poliklinikalar faoliyati, aholining UASh(OSh) bilan ta’minlanganlik ko‘rsatkichi, tibbiyot xodimlarining elektron hujjatlar yuritishga munosabati, hamda aholining tibbiyot xodimlari ish faoliyatidan qoniqish darajasi tahlil qilingan. Farg‘ona viloyati bo‘yicha aholining UASh(OSh)lar bilan ta’minlanganlik darajasi har 10 ming aholiga 3,5 ni, Farg‘ona shahar bo‘yicha esa 3,7ni tashkil qildi. Farg‘ona shahar aholisining vrachga qatnovlar soni oxirgi 3 yilda dinamikada to‘lqinsimon xarakterga ega bo‘lib, 2019-yilda 4,3, 2020-yilda 3,9, 2021-yilda 4,3ni tashkil qildi. Aholi o‘rtasida birinchi marta qayd qilingan kasallanishlar dinamikada kamayish tendensiyasiga ega bo‘lib, 2019- yilda har 1000 aholiga nisbatan 82,0ni tashkil qilgan bo‘lsa, 2021-yilda 74,9ni tashkil qilmoqda. Aholi o‘rtasida birinchi marta qayd qilingan kasallanishlar ko‘rsatkichi 10%ga kamaygan. Farg‘ona shahar Oilaviy poliklinikalarda jami UASh(OSh) shtat birligi 2019-yilda 204,3, 2020-yilda 219,8, 2021-yilda 202,8ni tashkil qilgan, band bo‘lgan shtatlar esa mos ravishda 183,8; 174,8; 177,3ni tashkil qilgan. Iqtisodiy samaradorligi: umumiy amaliyot shifokorlari shtat bandligi barcha oilaviy poliklinikalarda to‘liq emas, buning asosiy sababi esa shaharda UASh(OSh)lar etishmasligidir, bu esa aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy sanitariya yordamining sifati va samaradorligiga ta’sir ko‘rsatadi. Farg‘ona shahar oilaviy poliklinikalarda umumiy amaliyot shifokorlari bilan o‘tkazilgan so‘rovnomada 320 nafar tibbiyot xodimlari qatnashdi va ularning qariyb yarmisi (48,2%) 10 yil va undan ko‘p stajga, 13,1% esa 1 yilgacha bo‘lgan ish stajiga ega ekanligi aniqlandi. Tibbiyot xodimlarining 39,1% hududiga biriktirilgan aholining soni ajratilgan lavozimi me’yoriga mos emas, ya’ni xizmat ko‘rsatadigan aholi soni me’yordan oshishini ta’kidlashgan. Oilaviy poliklinikalarda 1 stavka UASh(OSh) uchun 1 kunlik umumiy qabul me’yori 18 tani tashkil qiladi. Bizning tadqiqotimiz natijalariga ko‘ra, 29,7% UASh(OSh)lar bir kunda umumiy 25 tadan 30 tagacha, 56,4 % esa 15 tadan 25 tagacha qabulni amalga oshiradilar, shu bilan birga 52,8% UASh(OSh)lar har kuni aktiv ko‘rikni amalga oshirsalar, 17,5% haftasiga 3 marotaba, 15,6% faqat uyga chaqiruv bo‘lganda, 16,6% zarurat bo‘lganda aktiv ko‘rikni amalga oshiradilar. So‘rovnomada qatnashgan 57,8% UASh(OSh)lar dispanser nazoratida turgan aholisini o‘z vaqtida ko‘rikdan o‘tishini nazorat qiladi, 21,6%i esa o‘z vaqtida nazorat qila olmasligini takidlashgan (vaqt etishmasligi sababli).
ikkinchi ilmiy yangilik: birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini aholiga yaqinlashtirish va tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan talablar asosida oilaviy poliklinikalardagi tibbiyot xodimlarining ish koeffitsientini baholashning milliy standarti ishlab chiqilgan. Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar SSVning 2024 yil “9” apreldagi 02-28/7641-sonli va 2024 yil “11” iyundagi 01-28/12889-sonli ma’lumotnomasiga asosan amaliyotga joriy etildi. Iijtimoiy samaradorligi: aholini salomatligi va ularga ko‘rsatalayotgan tibbiy xizmatlarning sifat darajasini ko‘tarish, axoliga qulaylik yaratish, shuningdek shifoxonalarda va xozirgi kunda oilaviy poliklinikalarda yo‘lga qo‘yilgan “Elektron poliklinika” tizimida ishlashlarini inobatga olib, diagnostik tekshiruvlarni qaydlash xujjatlarini elektron tizimga o‘tkazilishi, ya’ni vrach qabuliga kirgunga qadar tekshiruvlar natijasi qabul qiladigan vrachga elektron tarzda etkazib berilsa vaqtdan unumli foydalanilishiga erishiladi. Bundan tashqari registraturada qabullar saralanib, birinchi marotaba kasallik bo‘yicha murojaat qilganlar shifokor qabuliga navbatga yozilib, kasallikdan tuzalib faqat ma’lumotnoma olish uchun murojaat qilganlar bo‘lsa ro‘yxatxonani o‘zida ma’lumotnoma eletron shaklda chiqarib beriladigan bo‘lsa, murojaat qilgan fuqaro xam shifokor xam vaqtdan yutishi mumkin bo‘ladi. Iqtisodiy samaradorligi: Sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘inida tibbiy hisob hujjatlarini maqbullashtirish maqsadida ishlab chiqilgan elektron dasturni sog‘liqni saqlash amaliyotiga tadbiq etish asosida, tibbiyot xodimlari tomonidan to‘ldiradigan qog‘oz hujjatlari va ular uchun sarflanadigan xarajatlarini 1,4 barobarga kamayishiga erishildi.
uchinchi ilmiy yangilik: tibbiy hujjatlarning amaldagi tartibining qiyosiy tahlilida Sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘ini faoliyatida joriy etilgan mavjud (medhup.uz) elektron hujjat aylanishini tizimiga Farg‘ona shahar oilaviy poliklinikalarida umumiy qabul xamda kasallanish xisobotlarini Idoraviy statistika shakllarini (1-SSV, 12-SSV) universal avtomatlashtirilgan tizimga qo‘shimcha yakuniy hisobotlar shaklida jamlanishi ishlab chiqilgan. Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar SSVning 2024 yil “9” apreldagi 02-28/7641-sonli va 2024 yil “11” iyundagi 01-28/12889-sonli ma’lumotnomasiga asosan amaliyotga joriy etildi. Iijtimoiy samaradorligi: amaliy sog‘liqni saqlash tizimida, xususan, oilaviy poliklinikalarda bemorlarni qabul qilishda axborot texnologiyalarini joriy etish, vrachning qog‘oz hujjatlarni to‘ldirishga besamar sarflanadigan vaqtini kamaytirishga va bu vaqtni bemorga kasallikning oldini olish usullarini tushuntirish va aholi salomatligini muhofazalashga sarflashiga, axborotlarni ishonchlilik, sifat va tibbiy statistikani samaradorligini ta’minlashini oshirishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: UASh(OSh)ning 1 kunda kasallik tufayli ko‘ruv paytida xisob xujjatlari ni qayd qilishga sarflangan vaqti elektron dastur tadbiq qilingunicha 216 min yoki 3,6 soatni tashkil qilgan bo‘lsa, tadbiq qilingandan so‘ng 173 minut yoki 2,8 soatni tashkil qildi, 33,3%ga kamaydi. UASh(OSh)ning 1 kunda T/k paytida xisob xujjatlarini qayd qilishga sarflangan vaqti esa joriy qilingungacha 1 soat yoki 60 daqiqani tashkil qilgan bo‘lsa, joriy qilingandan so‘ng 0,4 soat yoki 25 minutni tashkil qildi, 75,0%ga kamaydi. Ya’ni UASh(OSh)ning qog‘oz hujjatlarga qilinadigan xarajatlari 1,4 barobarga kamaydi, ya’ni 1 yilda 1 nafar bemorga 1652213 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: tibbiy hisobot hujjatlarini yuritishning algaritmi ishlab chiqilib, tibbiy hisob xujjatlari (024-h/sh, 025-h/sh, 025-1h/sh, 030-h/sh, 039-h/sh) ni amaldagi tizimda ketma-ketlik bilan avtomatik ravishda to‘ldirilishi orqali oilaviy poliklinikalarning asosiy ko‘rsatkichlari hamda tibbiyot statistikasining samaradorligi, tezkorligi, axborotliligi va ishonchliligini ta’minlanish darajasi takomillashtirilgan. Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar SSVning 2024 yil “9” apreldagi 02-28/7641-sonli va 2024 yil “11” iyundagi 01-28/12889-sonli ma’lumotnomasiga asosan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: BTSYo muassasalarida tibbiy hujjatlarni tizimli-funksional tahlilida hisobot hujjatlarini takomillashtirilishi natijasida qayd yozuvlarini takrorlanishi ko‘zatilgan hisob shakllari (025-h/sh, 025-2-h/sh, 027-h/sh, 037-h/sh) yuritilishida elektron ish yuritish uchun mo‘ljallangan yangi universal avtomatlashtirilgan tizimni samaradorligi (UASh(OSh)ning qog‘oz hujjatlarga qilinadigan xarajatlari 1,4 barobarga kamaydi, shuningdek vrachning qog‘oz xujjatlarni to‘ldirishga besamar sarflaydigan vaqtini kamaytirish imkonini berdi) va istiqboli isbotlangan. UASh(OSh) kompyuter dasturidan foydalangan holda ma’lumotlarning to‘liq tahlilini olish va davolash-tashhislash jarayonini takomillashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Axborot texnologiyalaridan foydalangan holda birlamchi tibbiy hujjatlarni tezkor qayta ishlash ishonchli ma’lumotlarni olish imkonini beradi, bu esa o‘z navbatida hujjatlarni to‘ldirish bo‘yicha katta hajmdagi ishlarni kamaytirishga, bajarilgan ko‘ruv va tekshiruvlar hisob va hisobotini shakllantirishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: UASh(OSh)ning 1 kunda oilaviy plholiklinikada qabul vaqtida 1 nafar bemorni ko‘rishga sarflyagan vaqti 2,9 soatni yoki 174 minutni tashkil qilgan bo‘lsa, elektron dasturni joriy qilgandan so‘ng 2,4 soatni yoki 142 minutni tashkil qildi, 19%ga kamaydi. Umumiy qabulga sarflagan vaqti esa 7,5 soatdan 5,7 soatga yoki 24,0%ga kamaydi. O‘rtacha 45000 kishiga xizmat ko‘rsatadigan oilaviy poliklinikada qog‘oz hujjatlardan 5 ta tibbiy kartaga qilinadigan xarajatlar yiliga 1858740 so‘mni tashkil qiladi. Amalga oshirish ishlarining iqtisodiy samaradorligi hisoblab chiqilganda, byudjet mablag‘larining 74349600 iqtisob qilish imkonini berdi. UASh(OSh)ning qog‘oz hujjatlarga qilinadigan xarajatlari 1,4 barobarga kamaydi, ya’ni 1 yilda 1 nafar bemorga 1652213 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.