Raximova Shahnoza Pulatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarning diskurs kompetensiyalarini takomillashtirishning multimadaniy aspektlari (ingliz tili yo‘nalishi)”, 13.00.02– Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3625.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti,  PhD.03/07.06.2024.Ped.27.02.
Rasmiy opponentlar: Kushieva Nodira Xabibjonovna, pedagogika fanlari doktori (DSc); Samatova Barno Ravshanxanovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tilshunoslik fakultetining 1-2-kurs talabalarining yozma nutq kompetensiyasini ko‘p madaniyatli sivilizatsiya hamda modernizatsiya tamoyillari orqali oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
raqamli hikoyalarni tinglash, dinamik va immersiv tajribani hamda yozma ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan grammatika va lug‘at komponentlarini ko‘p qirrali yondashuvga integratsiya qilish asosida talabalarning diskursiv (yozma) kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi takomillashtirilgan;
matnni nutqqa aylantirish (text-to-speech) texnologiyasiga tanqidiy fikrlash, yozma ko‘nikmalar va diskursiv texnikalar komponentlarini kiritish orqali didaktik ta’minot takomillashtirilgan;
talabalarning yozma diskursiv kompetensiyasini baholash mezonlari deskriptorlariga tafakkur, mazmunli matn va taktik komponentlar integratsiya qilinishi natijasida talabalarning yozma nutq kompetensiyasini rivojlanganlik darajasini aniqlashga qaratilgan baholash metodikasi takomillashtirilgan;
talabalarning diskursiv (yozma) kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan reproduktiv va produktiv komponentlarni o‘z ichiga olgan strukturaviy-funksional model ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarning diskurs kompetensiyalarini takomillashtirishning multimadaniy aspektlari bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:  
raqamli hikoyalarni tinglash, dinamik va immersiv tajribani hamda yozma ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan grammatika va lug‘at komponentlarini ko‘p qirrali yondashuvga integratsiya qilish asosida talabalarning diskursiv (yozma) kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi takomillashtirilganligi hamda matnni nutqqa aylantirish (text-to-speech) texnologiyasiga tanqidiy fikrlash, yozma ko‘nikmalar va diskursiv texnikalar komponentlarini kiritish orqali didaktik ta’minot takomillashtirilganligi borasidagi ilmiy-nazariy xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus + dasturi asosida 2016–2018-yillarda amalga oshirilgan 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBHE ІMER: “O‘zbekistonda oliy talim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” mavzusidagi xalqaro loyihada samarali foydalangan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 27-apreldagi 878/02-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning o‘z-o‘zini nazorat qilish va o‘z-o‘zini baholash ko‘nikmalarini talabalarga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarini qo‘llash orqali tashkil etish bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar loyiha mazmun-mohiyatini boyitishga xizmat qilgan;
talabalarning yozma diskursiv kompetensiyasini baholash mezonlari deskriptorlariga tafakkur, mazmunli matn va taktik komponentlar integratsiya qilinishi natijasida talabalarning yozma nutq kompetensiyasini rivojlanganlik darajasini aniqlashga qaratilgan baholash metodikasi takomillashtirilganligi hamda talabalarning diskursiv (yozma) kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan reproduktiv va produktiv komponentlarni o‘z ichiga olgan strukturaviy-funksional model ishlab chiqilgan oid taklif va tavsiyalardan Samarqand davlat chet tillar institutida Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus + dasturi asosida 2016–2018-yillarda amalga oshirilgan 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBHE ІMER: “O‘zbekistonda oliy talim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” mavzusidagi xalqaro loyihada samarali foydalangan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 27-apreldagi 878/02-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida samarador takliflar ishlab chiqilishiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish