Azimova Dilnoza Sherzodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning kitobxonlik kompetensiyalarini rivojlantirish” mavzusidagi, 13.00.03 –  Maxsus pedagogika (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped2781.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Mamarajabova Zulfiya Narbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Xamidova Muborak Ubaydullaevna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarining kitobxonlik kompetensiyalarini  rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarida kitobxonlik kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari o‘z-o‘zini rivojlantirish shart-sharoitlarini barqarorlashtirishga yo‘naltirilgan  mutolaaga motivatsiyasi, kognitiv-kommunikativ komponentlarning maqsadli aloqadorligini integrativ yaxlitlash hamda madaniy-transformatsion jarayonning maqbulligini mantiqiy baholash asosida aniqlashtirilgan;
eshitishda nuqsoni bor o‘quvchining kitobxonlik kompetensiyasini  rivojlantirishning korreksion-pedagogik modeli ta’limiy-korreksiyalovchi maqsadlarni diagnostik tarzda aniqlash, kompleks yondashuvga yo‘naltirilgan shaxsiy va kasbiy xususiyatlar o‘zaro aloqadorligini ta’minlash  hamda  nazariya va amaliyot uzlyuksizligi tamoyillarining uzviy bog‘liqligini bosqichma-bosqich optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
eshitishda nuqsoni bor o‘quvchining kitobxonlik kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyalari  tanqidiy fikrlash, prognostik loyihalash, tahliliy mutolaa qilish imkoniyatlarini badiiy asar  o‘qishga qiziqish,  kitobning  tarkibiy qismlarni bilish, asar mazmunini  idrok etish va mazmunini bayon qilish faoliyatining  o‘zaro  to‘ldiruvchanligiga adaptiv moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
eshitishda nuqsoni bor o‘quvchining kitobxonlik kompetensiyasini rivojlantirishning samaradorligi qidiruv-tahliliy, amaliy-faoliyatli va nazorat-baholash  bosqichlari natijadorligini ta’minlashga qaratilgan kitobxonlik motivini og‘zaki nutq vositasida bayon etish indikatorlariga ko‘ra eshitish idrokini rivojlantirish va talaffuz malakalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan mantiqiy mashg‘ulotlarini kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarni tasviriy faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarida kitobxonlik kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari o‘z-o‘zini rivojlantirish shart-sharoitlarini barqarorlashtirishga yo‘naltirilgan  mutolaaga motivatsiyasi, kognitiv-kommunikativ komponentlarning maqsadli aloqadorligini integrativ yaxlitlash hamda madaniy-transformatsion jarayonning maqbulligini mantiqiy tahlil qilish asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Adabiy ta’lim texnologiyasi”  darsligi  mazmuniga singdirilgan (TDPU ning 2023 yil 30 noyabrdagi 4/3.1.-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 2023/ 359U-153 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak mutaxassislarni eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarni kitobxonlik kompetensiyalarini  rivojlantirish bilan bog‘liq kasbiy faoliyatga samarali tayyorlash jarayonini takomillashtirish imkoni kengatirilgan;
eshitishda nuqsoni bor o‘quvchining kitobxonlik kompetensiyasini  rivojlantirishning korreksion-pedagogik modeli ta’limiy-korreksiyalovchi maqsadlarni diagnostik tarzda aniqlash, kompleks yondashuvga yo‘naltirilgan shaxsiy va kasbiy xususiyatlar o‘zaro aloqadorligini ta’minlash  hamda  nazariya va amaliyot uzlyuksizligi tamoyillarining uzviy bog‘liqligini bosqichma-bosqich optimallashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Adabiy ta’lim texnologiyasi” darsligi  mazmuniga singdirilgan (TDPU ning 2023 yil 30 noyabrdagi 4/3.1.-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 2023/359U-153 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarida kitobxonlik kompetensiyalarini      rivojlantishga sharoit yaratilgan;
eshitishda nuqsoni bor o‘quvchining kitobxonlik kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyalari  tanqidiy fikrlash, prognostik loyihalash, tahliliy mutolaa qilish imkoniyatlarini badiiy asar  o‘qishga qiziqish,  kitobning  tarkibiy qismlarni bilish, asar mazmunini  idrok etish va mazmunini bayon qilish faoliyatining  o‘zaro  to‘ldiruvchanligiga adaptiv moslashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Adabiy ta’lim texnologiyasi”  darsligi  mazmuniga singdirilgan (TDPU ning 2023 yil 30 noyabrdagi 4/3.1.-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 2023/359U-153 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada kitobxonlik madaniyatini shakllantirishning korreksion, ko‘rgazmalilik, barqarorlik va tizimlilik, kitobxonlarga individual yondoshuv tamoyillarining uzviy bog‘liqligini ta’lim maqsadlariga bosqichma-bosqich optimallashtirish asosida kitobxonlik kompetensiyasini  rivojlantirilgan;
eshitishda nuqsoni bor o‘quvchining kitobxonlik kompetensiyasini rivojlantirishning samaradorligi qidiruv-tahliliy, amaliy-faoliyatli va nazorat-baholash  bosqichlari natijadorligini ta’minlashga qaratilgan kitobxonlik motivini og‘zaki nutq vositasida bayon etish indikatorlariga ko‘ra eshitish idrokini rivojlantirish va talaffuz malakalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan mantiqiy mashg‘ulotlarini kiritish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Adabiy ta’lim texnologiyasi”  darsligi  mazmuniga singdirilgan (TDPU ning 2023 yil 30 noyabrdagi 4/3.1.-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 2023/ 359U-153 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada adabiy-ijodiy faoliyatini shakllantirishga ustuvorlik berish asosida eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarni kitobxonlik kompetensiyasini  rivojlantirish imkoni kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish