Yunusov Mirzoxid Mirzakarimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisosliklar shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Universitetlarda kimyoviy texnologiya fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish (Noorganik moddalar ishlab shiqarish texnologiyasi misolida)” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (kimyo) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped5222.
Ilmiy rahbar: Nishonov Mirkozimjon texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.05.01.
Rasmiy opponentlar: Ergasheva Gulruxsor Surxoniddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Jumanov Axmadjon Mirzaevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi universitetlarda kimyoviy texnologiya fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
universitetlarda kimyoviy texnologiya fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari talabalarning bilim, malaka va ko‘nikmalarini shakllanishga qaratilgan pedagogik mikromuhitni tashkil qilish hamda tabiiy-ilmiy bilimlarning o‘zaro aloqadorlik tendensiyasini baholashga intensiv ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
universitetlarda kimyoviy texnologiya fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish jarayoni kasbiy faoliyatga nazariy-amaliy, metodik-didaktik, texnologik-protsessual tayyorgarlik komponentlari integrativ uyg‘unligini samarali ta’minlash hamda fanga oid fundamental tasavvurlarni dinamik rivojlantirish va interfaol ta’lim strategiyalarini ijodiy-tahliliy qobiliyatlarga ko‘ra tadrijiy ravishda aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
universitetlarda kimyoviy texnologiya fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish metodikasi ta’lim sub’ektlari hamkorligi integrativ dinamik tizimlarning o‘zaro bog‘liq tarkibiy qismlari iererxikligini aniqlash hamda mustaqil qaror qabul qilishga yo‘naltirish va ijodiy faollikni oshirishga barqaror ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
universitetlarda kimyoviy texnologiya fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish samaradorligi aniq ta’limiy maqsadga intilish, qiziquvshanlik va kuzatuvshanlik qobiliyatlarini oshirish, mustaqil fikrlash va ijodiy tafakkur yuritishga o‘rgatish hamda o‘z fikrini asoslash, guruhlashtirish, mantiqiy xulosalar shiqarish salohiyatini dinamik oshirib borishga ustuvorlik berish asosida takomllashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kimyoviy texnologiya fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
universitetlarda kimyoviy texnologiya fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari talabalarning bilim, malaka va ko‘nikmalarini shakllanishga qaratilgan pedagogik mikromuhitni tashkil qilish hamda tabiiy-ilmiy bilimlarning o‘zaro aloqadorlik tendensiyasini o‘rganishga intensiv ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Kimyoviy texnologiya va biotexnologiyadan masala va mashqlar to‘plami” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining 2021 yil 25-dekabrdagi 538-sonli buyrug‘iga asosan, o‘quv adabiyotining nashr ruxsatnomasi № 538-052). Natijada, bo‘lajak kimyo o‘qituvchilari va mutaxassislarning kasbiy faoliyatga tayyorlashda fan-ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlashga erishilgan;
universitetlarda kimyoviy texnologiya fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish jarayoni kasbiy faoliyatga nazariy-amaliy, metodik-didaktik, texnologik-protsessual tayyorgarlik komponentlari integrativ uyg‘unligini samarali ta’minlash hamda fanga oid fundamental tasavvurlarni dinamik rivojlantirish va interfaol ta’lim strategiyalarini ijodiy-taxliliy qobiliyatlarga ko‘ra tadrijiy ravishda aniqlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida 01.02.2021-31.01.2023 davomida bajarilgan A-OT-2021-133 sonli "Kimyo fanidan 3D texnologiyalariga asoslangan interaktiv o‘quv qo‘llanma yaratish" mavzudagi amaliy tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2023-yil 7-iyundagi 04/11-4928-son ma’lumotmasi). Natijada talabalarda tabiiy-ilmiy dunyoqarashni shakllanishiga, ularda yaxlit bilim, ko‘nikma va malakalarni rivojlanishiga hamda ta’lim samaradorligini oshirishga erishilgan;
universitetlarda kimyoviy texnologiya fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish samaradorligi aniq ta’limiy maqsadga intilish, qiziquvshanlik va kuzatuvshanlik qobiliyatlarini oshirish, mustaqil fikrlash va ijodiy tafakkur yuritishga o‘rgatish hamda o‘z fikrini asoslash, guruhlashtirish, mantiqiy xulosalar shiqarish salohiyatini dinamik oshirib borishga ustuvorlik berish asosida takomllashtirishga oid takliflar “Kimyoviy texnologiyadan praktikum” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 4-martdagi 55-sonli buyrug‘iga asosan, o‘quv adabiyotining nashr ruxsatnomasi № 472775). Natijada, bo‘lajak kimyogarlarning kasbiy faoliyatga tayyorlashning bilim, malaka va ko‘nikma imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilgan va fanni o‘qitish metodikasini takomillashtirishga sharoit yaratilgan.