Muxammedova Xulkar Eliboevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Viktorian ingliz adabiyotida adibalar nasri tipologiyasi”, 10.00.04 –Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.DSc/Fil 332.
Ilmiy maslahatchi: Xolbekov Muhammadjon Nurqosimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01.
Rasmiy opponentlar: Sodiqov Zohidjon Yakubjanovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Xajieva Feruza Melsovna, filologiya fanlari doktori, Qarshiboeva Uljon Davirovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ingliz viktorian davri adibalar nasri tendensiyalarini o‘rganish asnosida adibalar nasrini tipologik yo‘nalishda roman tiplarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XIX asr viktorian davrida ijod qilgan Opa-singil Brontelar, E. Gaskell, M.Olifant, J. Eliot kabi ingliz adibalari ijodida kuzatilgan romanchilikdagi turli poetik izlanishlarda namoyon bo‘lgan romantizm va realizmning uyg‘unlashishi roman modifikatsiya komponentlari bo‘lgan badiiy-publisistik uslubni shakllantirgani asoslangan;
viktorian davr adibalar nasri sintezida uch bosqich aro davr shiddatini o‘zida aks ettirgan avtobiografizm, tarbiyaviy, ijtimoiy-psixologik, sanoat tipidagi romanlar misolida roman modifikatsiya hodisasi orqali tasvirlanayotgan voqelikning tarixiy, ijtimoiy-ma’rifiy mohiyati ochilishi bilan birga, asosan, real voqealargina emas, balki qahramonlar ruhiyatida kechayotgan jarayonlar asosiy o‘rin tutishi aniqlangan;
tipologik rakursda aks etgan viktorian romanlarda epik tafakkurning yangilanishi ijtimoiy tabaqa vakillarining tabiati, ma’naviy-ruhiy olami, jamiyatda yuz berayotgan voqea-hodisalarga faol qarashlarining aks etishida romanlararo modifikatsiyada mualliflarning individual yondashuvi jamiyat va shaxs munosabatiga katta e’tibor qaratilganligi, adibalar badiiy tafakkurida ijtimoiy muhitga nisbatan barqaror qarashlar shakllanayotgani asoslangan;
adibalar roman dominantida kuzatilgan ayollar qismati badiiy asarda yaxlitlik, tugallik, konseptuallik kasb etishi orqali yozuvchilarning g‘oyaviy-badiiy estetik konsepsiyalarini rivojlantirish muhim ijodiy tamoyil sifatida qayd etilgani dalillangan;
viktorian ingliz adibalari nasri modifikatsiyaning sintezlashuvi va adabiy ta’sirning boshqa shakllardan farqlanuvchi ichki va tashqi xususiyatlar ayol yozuvchi, ayol taqdiri va ayol uslubi triadining badiiy komponentlarida ayol sifatidagi o‘ziga xoslik, xarakterlar psixologizmi uy konseptidan ijodkorlarning falsafiy-badiiy konsepti roman moduslari orqali dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Viktorian ingliz adabiyotida adibalar nasri tipologiyasi mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
viktorian davri adibalar asarlarini tahlil etishda ijodkorlarni qiyoslash orqali o‘ziga xos xususiyatlari, adibalar nasri misolida yaratilgan asarlarni tiplarga ajratish, asar tabiatiga xos bo‘lgan belgilarni aniqlashga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining Xalqaro adabiy aloqalar va badiiy tarjima bo‘limi qoshida tarjima kengashlari faoliyatini rivojlantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2021-yil 11-noyabrdagi 01-03/1318-son ma’lumotnomasi). Natijada uyushma faoliyatini ilmiy-nazariy va ilmiy metodologik jihatdan rivojlantirishga hamda yosh ijodkorlarning G‘arb va Sharq adabiy aloqalari haqida batafsil ma’lumot olishlariga erishilgan;
viktorian davri adabiyoti ijtimoiy jarayonlar kesimida yaratilgan asarlarning shakllanish omillari, taraqqiyoti va takomillashuvi jahon adabiyoti kesimida adibalar ijodi alohida-alohida o‘rganilib, adibalar nasrini o‘zaro solishtirish, asar tiplarini qiyoslash va ularning o‘ziga xosliklari yoritib berishga doir ma’lumotlardan Erasmus+ dasturining ICM, KA-107 – International Credit Mobility between European Union and Uzbekistan HEIs, through staff and
student mobility exchange projecs between Uzbek State University of world languaGES (Uzbekistan) and Ruhr University Bochum (Germany) – 2020-1-DE01-KA107-005433 – (Evropa ittifoqi hamda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida xalqaro tajriba almashinuvi doirasida O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti hamda Boxumdagi Rur universiteti (Germaniya) o‘rtasidagi kredit safarbarligi) loyihasida adabiyot yo‘nalishi bo‘limida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2021-yil 9-noyabr oyidagi 18-3/3819-son ma’lumotnomasi). Natijada xalqaro tajriba almashinuvi doirasida viktorian davri adibalari ijodi qiyoslangan holda tasnif qilishga erishilgan;
mazkur ilmiy ish doirasida jahon, xususan, viktorian davri adabiyotida ijod qilgan adibalar nasri bitta rakursda o‘rganilib, ularning nasrida yaratilgan asarlarning ma’lum tipga xosligi asar janriga tayangan holda tasniflanishga hamda adibalar nasriga xos uslubda ochib berishga oid ilmiy natijalaridan Erasmus+ dasturining ICM, KA-107 – International Credit Mobility between European Union and Uzbekistan HEIs, through staff and student mobility exchange projecs between Uzbek State University of world languaGES (Uzbekistan)and Ruhr University Bochum(Germany) – 2020-1-DE01-KA107-005433 – (Evropa ittifoqi hamda O‘zbekiston Oliy Ta’lim muassasalari o‘rtasida xalqaro tajriba almashinuvi doirasida kredit safarbarligi) loyihasida adabiyot yo‘nalishi bo‘limida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2021-yil 9-noyabrdagi 18-3/3818-son ma’lumotnomasi). Natijada xalqaro tajriba almashinuvi doirasida kredit safarbarligi loyihasida adabiyot yo‘nalishida viktorian davri adibalari tomonidan yaratilgan romanlar tasnif qilishga erishilgan;
jahon, xususan, Evropa adabiyotining o‘zbek adabiyotidagi ta’siri, viktorian adabiyoti ijodkorlarining G‘ofur G‘ulom asarlariga ta’sirini tipologik o‘rganishda manba bo‘lib xizmat qilganligi, shu bilan birga ayol yozuvchilarning ijodini o‘zbek adabiyotida o‘rganilishi ularning qiyoslanishiga oid ilmiy natijalaridan 2018-2019 yillarda Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi granti asosida G‘ofur G‘ulom uy muzeyida bajarilgan P3-20170922157 “G‘ofur G‘ulom uy muzeyidagi qo‘lyozma, toshbosma va nodir asarlar katalogini tuzish hamda nashr qildirish” mavzuidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi xuzuridagi madaniy meros agentligi G‘ofur G‘ulom uy-muzeyining 2021-yil 8-noyabrdagi 30-son ma’lumotnomasi). Natijada muzeydagi qo‘lyozma, toshbosma va nodir asarlar katalogi mazmunan boyitilgan;
jahon adabiyoti adibalari nasrida yaratilgan asarlarga oid poetik unsurlar va badiiy ifoda usullari, adibalarga xos individual uslubi, poetik mahorat masalalariga oid ilmiy-badiiy misollardan “Dunyo bo‘ylab” telekanalida efirga uzatilgan “Yangi Renessans yoshlari” ko‘rsatuvida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Dunyo bo‘ylab” telekanali davlat muassasaning 2022-yil 25-maydagi 03-14-134-son ma’lumotnomasi). Natijada
mamlakatimiz aholisini jahon adabiyoti namoyondalari tomonidan yaratilgan klassik asarlar bilan chuqurroq tanishtirish, ularda tarannum etilgan umuminsoniy tuyg‘ularni targ‘ib etishga xizmat qilgan.