Mannonova Saodat Artikovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʼi nomi): “Rasmiy muloqotning kommunikativ-pragmatik aspekti (ingliz va o‘zbek tillaridagi tijoriy yozishmalar misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʼishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Fil435.
Ilmiy rahbar: Karimov Rivojiddin Gulamjonovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01.
Rasmiy opponentlar: Xayrullaev Xurshidjon Zaynievich, filologiya fanlari doktori, professor. Sarimsoqov Xurshid Abdumalikovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi tijoriy yozishmalar matnlarini o‘rganish, ulardagi kommunikativ-pragmatik xususiyatlarni qiyosiy tahlil orqali yoritib berishdan iborat.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillaridagi tijoriy yozishmalarda muomala-madaniyati va nutq aktini aks ettiruvchi hissiy ijobiy tonallik bilan bog‘liq bo‘lgan madaniy kontekst va differensiya tijoriy hamkorlikni kuchaytirishga erishishning asosiy omili ekanligi ochib berilgan;
tijoriy yozishmalarning nutqiy akt turlariga ko‘ra semantik jihatdan uyg‘unligi, nolisoniy omillarga bog‘liqligi, voqeaviy jihati, maqsadli ijtimoiy ta’siri kabi dialogik xususiyatlari orqali yuzaga kelgan persuaziv kuch rasmiy muloqotning samaradorligi va kommunikativ effektivligini oshirishi aniqlangan;
tijoriy yozishmalarda modallikni ifodalovchi stilistik, kommunikativ-pragmatik  xususiyatlar orqali  ijobiy va salbiy ma’lumotlar aks ettiruvchi matnlar tuzishda performativ predikatlar va emotsional-ekspressiv leksikadan foydalanilgani isbotlangan;
yozma muloqot jarayonida turli fenomenologik, perlokutiv va pragmatik intensiyalar shaxslarning hissiy holatlari, muallifning qanday reaksiya yoki harakatlarni yuzaga keltirishi, rasmiy va aniq tildan foydalanish orqali muloqotning samaradorligi oshishi dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Rasmiy muloqotning kommunikativ-pragmatik aspekti (ingliz va o‘zbek tillaridagi tijoriy yozishmalar misolida) mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
erishilgan natijalar va ishlab chiqilgan tavsiyalar Samarqand davlat chet tillar institutida Evropa Ittifoqining TEMPUS dasturi 2020-2021-yillarga mo‘ljallangan Tempus Project 544161-TEMPUS-1-2013-1-UK-TEMPUS-JPCR Aston University DeTEL “Developing the Teaching of European LanguaGES: Modernizing Language Teaching through the development of blended Masters Programmes” xalqaro loyihalarini amalda oshirishda va o‘quv jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 2-dekabrdagi 3463/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot loyihasi natijasida talabalarning diskurs tahlili, stilistika va matn tahlili fanlaridan maxsus amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishda hamda tilshunoslik fanidan umumiy nazariy hamda amaliy bilimlarini oshirishga yordam bergan;
ijobiy va salbiy ma’lumotlar aks ettirilgan matnlar asoslanganligiga oid ilmiy xulosa va takliflaridan Samarqand chet tillar institutining I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 27-maydagi 1155/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratilishi va matnlarning dialogik xususiyatlari shakllantirilishiga xizmat qilgan;
erishilgan natijalar va ishlab chiqilgan tavsiyalar Farg‘ona davlat universiteti bakalavriat bosqichi xorijiy til va adabiyoti (tillar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan “English as an international language” o‘quv qo‘llanmasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining   2022-yil 25-noyabr oyidagi 388-43 raqamli o‘quv adabiyotning nashr ruxsatnomasi). Natijada o‘quv qo‘llanmada ilmiy-nazariy va ilmiy metodologik jihatdan rivojlantirishga oid ma’lumot olishlariga erishilgan;
yozishma matnlarini tuzishdagi muammolar, tijoriy yozishmalarning qo‘llanilish ko‘lami, dialogik xususiyatlariga oid ilmiy xulosalar va amaliy takliflar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 5330500-Kompyuter injenerligi (Multimedia texnologiyalari) yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar uchun ishlab chiqilgan “ENGLISh FOR MULTIMEDIA SPECIALISS” nomli darsligida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Muvofiqlashtiruvchi kengash guvohnomasi, №356-075). Natijada talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, amalda qo‘llash malaka va ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish