Shakurbanova Nadejda Emirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Polipredikativ tuzilmalarning sotsiolingvistik informativligi (badiiy matndagi ayollar rollari materialida)”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fil825.
Ilmiy rahbar: Saparova Qunduz Otaboevna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01.
Rasmiy opponentlar: Siddiqova Iroda Abduzuhurovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Kurbanov Baxram Shukrievich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya y o‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi badiiy matnda ayol ijtimoiy rollarini bajaruvchi qahramonlar nutqida qo‘llanilgan polipredikativ sintaktik qurilmalarning sotsiolingvistik informativligini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nutq aktida ijtimoiy rolga ko‘ra, muayyan kommunikativ niyat yoki vaziyatni ifodalash uchun eng xarakterli bo‘lgan polipredikativ qurilmalarning “bog‘langan va ergashgan gap bilan tuzilgan qo‘shma gaplar” va “bog‘langan va bog‘lovchisiz gap bilan tuzilgan qo‘shma gaplar” turlari qo‘llanilishi aniqlangan;
xotin-qizlarning “ona” va “opa-singil” turli ijtimoiy rollari uchun alohida informativlik, ya’ni ko‘rsatmalar, kechinmalar, xos ekanligi, ularning semantik mazmuni sintaktik aloqani tanlashga ham mantiqiy komponentlar ichida, ham rus tilining polipredikativ tuzilmasida yetakchi aloqa darajasida ta’sir ko‘rsatilishi asoslangan;
rus tilining polipredikativ “qo‘shma gapga bir necha ergash gapli qo‘shma gaplar” va “bog‘lanish yo‘li bilan tuzilgan murakkab qo‘shma gaplar” qurilmalari uchun eng tipik tuzilmalar, badiiy matnda ayol qahramonning har bir tavsiflanayotgan “ona” va “opa-singil” ijtimoiy roliga xos kommunikatsiyalar aniqlangan;
badiiy adabiyotda “ona” ijtimoiy roliga xos o‘gitlar, hissiyotlar, kechinmalar nomoyon bo‘lib, bu esa teng bog‘langan gaplar negizida sintaktik tobelik mavjudligi o‘z aksini topganligi aniqlanib, “opa-singil” ijtimoiy roliga xos bo‘lgan hayotiy vaziyatlar muhokamasi va g‘amxo‘rlik, bog‘lovchisiz tuzilmalar sintaktik teng bog‘lanish fonida foydalangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Polipredikativ tuzilmalarning sotsiolingvistik informativligi (badiiy matndagi ayollar rollari materialida) mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
nutq aktida ijtimoiy rolga ko‘ra, muayyan kommunikativ niyat yoki vaziyatni ifodalash uchun eng xarakterli bo‘lgan polipredikativ qurilmalarning ma’lum bir (“bog‘langan va ergashgan gap bilan tuzilgan qo‘shma gaplar” va “bog‘langan va bog‘lovchisiz gap bilan tuzilgan qo‘shma gaplar”) turlari qo‘llanilishi aniqlanganiga doir ilmiy xulosalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining OT-A1-118-son «O‘zbekiston Respublikasida ko‘p qirrali madaniy ta’lim muhitida o‘qitishning samarali usullarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish» ilmiy-texnik loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2022-yil 20-maydagi 02/1136-son ma’lumotnomasi). Natijada hozirgi zamon rus tili nazariyasini (badiiy matnda ayol rollari uchun polipredikativ qurilmalar va tipik tuzilmalar turlarini o‘quvchilarga tushuntirish murakkabligini) o‘qitishning o‘ziga xos usullari bo‘yicha tadqiqotlar taqdim etilgan;
xotin-qizlarning turli ijtimoiy rollari uchun (“ona” va “opa-singil”) alohida informativlik (ko‘rsatmalar, kechinmalar) xos ekanligi, ularning semantik mazmuni sintaktik aloqani tanlashga ham mantiqiy komponentlar ichida, ham rus tilining polipredikativ tuzilmasida yetakchi aloqa darajasida ta’sir ko‘rsatilishi asoslanganiga doir ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Davlat jahon tillari universitetining №OT-A1-53 “Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakul’teti uchun «Translation in Use» darsligini yaratish va nashr qilish” nomli ilmiy-texnika loyihasida qo‘llanilgan (UzDJTUning 2022 yil 20 maydagi 02/1137-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada badiiy matnni tarjima qilishdagi maxsus muammolar, ya’ni polipredikativ konstruksiyalarni chet tiliga tarjima qilishning murakkabligi bo‘yicha tadqiqotlar taqdim etildi. Tadqiqot materiallari “Badiiy tarjima murakkabliklari” ma’ruzasi orqali namoyish etildi, bu erda badiiy matndagi ayol rollarini ifodalashning tarjima qilish xususiyatlari tushuntirilgan;
rus tilining polipredikativ qurilmalari uchun eng tipik tuzilmalar (“qo‘shma gapga bir necha ergash gapli qo‘shma gaplar” va “bog‘lanish yo‘li bilan tuzilgan murakkab qo‘shma gaplar”), badiiy matnda ayol qahramonning har bir tavsiflanatyogan ijtimoiy roliga xos (“ona” va “opa-singil”) kommunikatsiyalar aniqlanganiga doir ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Davlat jahon tillari universitetining №OT-A1-118 “O‘zbekiston Respublikasida ko‘p qirrali madaniy ta’lim muhitida o‘qitishning samarali usullarini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish” nomli ilmiy-texnika loyihasida qo‘llanilgan (UzDJTUning 2022 yil 20 maydagi 02/1136-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada sintaktik tuzilmalarni vizuallashtirish haqida umumlashma xulosalar talabalar uchun nazariy manba sifatida xizmat qilgan;
badiiy adabiyotda “ona” ijtimoiy roliga xos o‘gitlar, hissiyotlar, kechinmalar namoyon bo‘lib, bu esa teng bog‘langan gaplar negizida sintaktik tobelik mavjudligi o‘z aksini topganligi aniqlanib, “opa-singil” ijtimoiy roliga xos bo‘lgan hayotiy vaziyatlar muhokamasi va g‘amxo‘rlik, bog‘lovchisiz tuzilmalar sintaktik teng bog‘lanish fonida foydalanganiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanalida efirga uzatiladigan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Dugonalar” dasturlari ssenariylarini tayyorlashda keng ommaga translyasiya qilish maqsadida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022 yil 15 iyundagi 04-36-933 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot materiallari “ona” va “opa-singil” ijtimoiy rollarining kommunikatsiya xususiyatlari bo‘yicha tomoshabinlarga taqdim etilgan.