Nasrullaeva Fatima Azatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘quvchilarning texnik ijodkorligini rivojlantirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish” (texnologiya fani robototexnika bo‘limi misolida), 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta’lim) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped5081.
Ilmiy rahbar: Qo‘ysinov Odil Alimuratovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: A.Avloniy nomidagi Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikaga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti, PhD.28/30.12.2019.Ped.68.01.
Rasmiy opponentlar: Tojiboeva Xilolaxon Maxmudovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Zaripov Lochin Rustamovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘quvchilarning texnik ijodkorligini rivojlantirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnologiya fani orqali o‘quvchilarning texnik ijodkorlik kompetensiyasi, texnologik operatsiyalarni o‘zlashtirish, zamonaviy texnikalarning tuzilishi va ishlash tamoyillarini tushunish, texnik ob’ekt va texnologik operatsiyalarni bajarishga oid o‘quv materiallarini izchil o‘rganish, modellar yasash va texnik ko‘rsatgichlar samaradorligini yaxshilash asosida rivojlantirish bosqichlari aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarning texnik ijodkorligini rivojlantirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish metodikasini noan’anaviy yondashuvlar, odatiy bo‘lmagan tashabbuslar, yangi faoliyat tuzilishini loyihalash, yangi sifat darajalariga etishish, ta’limiy muvaffaquyatlar va qo‘shimcha natijalarni ko‘ra olish hamda Montessori, Filip Classroom kabi metodik tajribalarini qo‘llashga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning texnik ijodkorligini rivojlantirishga qaratilgan “Texnorobot” nomli elektron platforma o‘quvchilarning mantiqiy va ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish, sun’iy intellekt bilan boshqariladigan texnologiyalar hamda robototexnika darslarida o‘quvchining boshqa fanlardan o‘rgangan ma’lumotlarini mustahkamlash, robotlarni dasturlash, o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash doirasini rivojlantirish, mehnatga bo‘lgan ijobiy munosabatni shakllantirish asosida ishlab chiqilgan;
o‘quvchilarda texnik ijodkorlik kompetensiyasining rivojlanganlik darajasini baholovchi maqsadga erishish, samaradorlik, innovatsion, amaliy ko‘nikma, shaxsiy rivojlanish mezonlari mul’timediya, onlayn o‘qitish, loyihalash dasturlari, tanqidiy fikrlashga oid o‘yinlarga qaratilgan kreativ o‘quv topshiriqlar asosida kongnitiv rivojlanish, reflektiv fikrlash, ijtimoiy moslashishga oid shaxsiy – hayotiy ko‘nikmalarni tarkib toptirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Texnologiya fani robototexnika asoslari bo‘limi darslarida o‘quvchilarning texnik ijodkorligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
texnologiya fani orqali o‘quvchilarning texnik ijodkorlik kompetensiyasi, texnologik operatsiyalarni o‘zlashtirish, zamonaviy texnikalarning tuzilishi va ishlash prinsiplarini tusunish, texnik operatsiyalarni bajarishga oid o‘quv materiallarini kengroq o‘rganish, modellar yasash va texnik xarakteristikasini yaxshilash oid tavsiyalar 7-sinf “Texnologiya” darsligi mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024–yil 16–maydagi 11–05–2197/04–son dalolatnomasi). Natijada o‘quvchilarning texnik ijodkorlik kompetensiyalarini rivojlantirish hamda ta’lim berish tamoyillariga yo‘naltirilgan metodik ta’minotning amaldagi holatini aniqlashga sharoit yaratilgan;
o‘quvchilarning texnik ijodkorligini rivojlantirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish metodikasini noan’anaviy yondashuvlar, odatiy bo‘lmagan tashabbuslar, yangi faoliyat tuzilishini loyihalash, yangi sifat darajalariga erishish, ta’limiy muvaffaquyatlar va qo‘shimcha natijalarni ko‘ra olish hamda Montessori, Filip Classroom kabi metodik tajribalarni qo‘llashga ustuvorlik berish orqali takomillashtirishga oid metodik tavsiyalar 6-sinf “Texnologiya” darsligi mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024–yil 16–maydagi 11–05–2197/04–son dalolatnomasi). Natijada texnologiya darslarida xalqaro baholash dasturi topshiriqlariga mos o‘quv topshiriqlarini qo‘llash samaradorligi oshgan;
o‘quvchilarning texnik ijodkorligini rivojlantirishga qaratilgan “Texnorobot” nomli elektron platforma o‘quvchilarning mantiqiy va ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish, sun’iy intellekt bilan boshqariladigan texnologiyalar hamda robototexnika darslarida o‘quvchining boshqa fanlardan o‘rgangan ma’lumotlarini mustahkamlash, robotlarni dasturlash, o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash doirasini rivojlantirish, mehnatga bo‘lgan ijobiy munosabatni shakllantirishga hamda o‘quvchilarda texnik ijodkorlik kompetensiyasining rivojlanganlik darajasini baholovchi maqsadga erishish, samaradorlik, innovatsion, amaliy ko‘nikma, shaxsiy rivojlanish mezonlarni multimediya, onlayn o‘qitish, loyihalash dasturlari, tanqidiy fikrlashga oid o‘yinlarga qaratilgan kreativ o‘quv topshiriqlar asosida kongnitiv rivojlanish, reflektiv fikrlash, ijtimoiy moslashishga oid shaxsiy – hayotiy ko‘nikmalarni tarkib toptirish, yangi g‘oyalarni yaratishga asoslangan metodik ta’minotni takomillashtirishga oid tavsiyalardan oid takliflar 6-7-sinf “Texnologiya” darsligi mazmunini shakllantirishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024–yil 16–maydagi 11–05–2197/04–son dalolatnomasi). Natijada o‘quvchilarning texnik ijodkorlik kompetensiyalarini rivojlantirishning metodik modelini takomillashtirishga sharoit yaratilgan.