Rustamova Gulmira Yoryigit qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “TRIZ texnologiyasi asosida 5-7 yosh bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi”,
13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped4683.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Djumaev Mamanazar Irgashevich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.12/30.12.2019.Ped 80.01.
Rasmiy opponentlar: Qo‘ysinov Odil Almuratovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Nazirova Go‘zal Malikovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha yoshdagi bolalarning matematik tasavvurlarini shakllantirishda TRIZ  texnologiyasidan foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 5-7 yosh bolalarning matematik tasavvurlarini shakllantirishda TRIZ texnologiyasidan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlari elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishning integratsiyalashgan ta’lim dasturiga aksiologik, faoliyatli, kompleks va texnologik yondashuvlarni qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 5-7 yosh bolalarning matematik tasavvurlarini shakllantirish modeli TRIZ texnologiyasidan foydalanishning pedagogik talablari, ta’limning madaniy-marifiy jihatlari, ta’lim metodlari va vositalariga ustivorlik berish asosida tashkiliy-metodik tizim va natijaviy bloklarning uzviyligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’limda TRIZ texnologiyasidan samarali foydalanish mexanizmi mashg‘ulot jarayonida elektron ta’limiy resurslarni qo‘llash orqali tarbiyachilarining innovatsion texnologiyalar bilan ishlash ko‘nikmalarini bosqichma-bosqich tizimli shakllantirish asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 5-7 yosh bolalarda TRIZ texnologiyasi asosida matematik tasavvurlarini shakllanganlik darajasini aniqlovchi mezonlar tarbiyalanuvchilarning mantiqiy va tanqidiy fikrlashga yo‘naltirilgan tasavvur va xulosalarining rivojlanish darajalari monitoringiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
    IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun TRIZ texnologiyasi metodlaridan foydalangan holda matematik ta’limni rivojlantirishning ilmiy-metodik asoslari yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 5-7 yosh bolalarning matematik tasavvurlarini shakllantirish modeli TRIZ texnologiyasidan foydalanishning pedagogik talablari, tamoyillari, ta’limning madaniy-marifiy jihatlari, ta’lim metodlari va ta’lim vositalariga ustivorlik berish asosida tashkiliy-metodik tizim va natijaviy bloklarning uzviyligini ta’minlash orqali takomillashtirish bo‘yicha takliflar “Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2022 yil 22 dekabrdagi 03-03/2-3291-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim sifatini oshishiga xizmat qilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 5-7 yosh bolalarning matematik tasavvurlarini shakllantirishda TRIZ texnologiyasidan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlari elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishning integratsiyalashgan ta’lim dasturiga aksiologik, faoliyatli, kompleks va texnologik yondashuvlarni qo‘llashga oid taklif va tavsiyalar asosida “Maktabgacha yoshda bolalarga ta’lim berishda TRIZ texnologiyasidan foydalanish” va “Shaxmat olamiga ilk qadam” nomli o‘quv qo‘llanmalar ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2022 yil 22 dekabrdagi 03-03/2-3291-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim sifatini oshishiga xizmat qilgan;
maktabgacha ta’limda TRIZ texnologiyasidan samarali foydalanish mexanizmi mashg‘ulot jarayonida elektron ta’limiy resurslarni qo‘llash orqali tarbiyachilarining innovatsion texnologiyalar bilan ishlash ko‘nikmalarini bosqichma-bosqich shakllantirish asosida takomillashtirish bilan bog‘liq ilmiy-nazariy xulosalardan Sirdaryo viloyati teleradiokompaniyasining “Diyor yangiliklari” va “Najot bilimda” teleko‘rsatuvlari loyihasini tayyorlashda foydalanilgan (Sirdaryo viloyati teleradiokompaniyasining 2022-yil 28-oktyabrdagi 447- va 448-son ma’lumotnomalari). Natijada, maktabgacha ta’lim sohasidagi xalqaro va mahalliy tajribalarni integratsiyalashning tashkiliy-pedagogik, metodik shart-sharoitlari mazmuni takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish