Dostonov Otajon O‘ktam o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Zamonaviy o‘zbek badiiy kinosida operatorlik san’atining yangi tamoyillari
2000-2020- yillar)”, 17.00.03 – Kino san’ati. Televidenie (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/San134.
Ilmiy rahbar: Tojiboeva Oltinoy Qosimovna, san’atshunoslik fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, PhD.08/28.08.2020.San.121.01 (Bir martalik kengash).
Rasmiy opponentlar: Qoraboev Usmon Hosilovich, falsafa fanlari doktori, professor; Ismailov Kamolitdin Saidaxmadovich, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA San’atshunoslik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi zamonaviy o‘zbek kinosida kinooperatorlik san’atining yangi tamoyillarini aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek kinooperatorligi yangi tamoyillari mazmunida badiiy filmlardagi tasviriy talqin, rakurs va perspektivali birlik, obektivdagi imkoniyatlar, yorug‘lik va soya kabi voqelikni badiiy, ifodaviy, tasviriy vositalari ijodkor mahorati hamda asarga munosabat aks etishi, uslubiy o‘ziga xosligining namoyon bo‘lishida o‘zlikni anglash tamoyili takomillashgani dalillangan;
tabiiy va suniy yoritish badiiy-estetik mezonlardagi intererning kunduzda tun effekti kabi vositalar rivojlangani; tasvir emotsional ta’sirchanligi va hissiy ekspressivligini oshirishda Rembrandcha yoritishga asoslangani isbotlab berilgan;
havaskorlik yondashuvlar predmetning aniqlik shakli, nur va soyaning emotsional aksenti, obrazlilik, kadr kompozisiyasi hamda mezansena qonuniyati, aktyor portreti kabi kinooperatorlik san’ati  yetakchi omillariga bir yoqlama yondoshuv bilan moddiy tejamkorlik vositasi sifatida qaralganligi aniqlangan;
o‘zbek kinooperatorlik san’atiga jahon kino san’atining modellashtirish, motion capture, performance capture, xromakey, kombinatsiyali tasvirga olish, match move vizual effektlar olib kirilishi kino badiiy tilida hayrat tuyg‘usi, fantastik tasavvurni ifodalash, g‘ayrioddiy sarguzashtlarni aks ettirish kabi kompozision muvozanatni rivojlantirgani dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy o‘zbek kinosida operatorlik san’atining yangi tamoyillari shakllanishi, rivojlanishi, xususiyatlarini ochib berish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek kinooperatorligi yangi tamoyillari mazmunida badiiy filmlardagi tasviriy talqin,  rakurs va perspektivali birlik, obektivdagi imkoniyatlar, yorug‘lik va soya, vaqt elementlari, kompozision sxema, statik va dinamik kadr kompozisiyasi, kompozision yaxlitlik kabi voqelikni badiiy, ifodaviy, tasviriy vositalari takomillashgani dalillangan natijalardan O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi tasarrufidagi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamda kollejlarida ta’lim faoliyatini yanada takomillashtirish ilmiy-nazariy malaka talablari, o‘quv rejalari, na’munaviy o‘quv fan dasturlari, darslik, o‘quv qo‘llanmalari yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligining 2024 yil  27 iyundagi 02-11-17-2165-son ma’lumotnomasi) Natijada soha bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalarning kinooperatorlik san’atining paydo bo‘lishi, milliy kinodagi zamonaviy jarayon, sahnalashtiruvchi operator ijodi hamda zamonaviy texnologiyalar asosida film yaratishga doir tushuncha va tasavvurlarini yanada kengaytirishga erishilgan;
jahon kino san’atining 3D artist , VFY Artist , Composing artist  kabi mutaxassisliklari tomonidan yaratilgan kompiyuter grafikasi, vizual effektlar, modellashtirish, motion capture, performance capture, xromakey, kombinatsiyali tasvirga olish, match move, CGI dasturiy ta’minot, virtual productionni o‘zbek kinooperatorlik san’atiga olib kirilishi kino tasviriy echimi va badiiy tilini rivojlantirgani dalillangan. Takliflar O‘zbekiston Kinematografiya agentligining kinostudiyalari ijodiy izlanishlarida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Kinematografiya agentligining 2024 yil 21 iyundagi 01-05/09-1200-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh operatorlik ijodida badiiy tasviriy vositalar borasida  keng bilim va ko‘nikmalarni shakillantirish va uni ijodda qo‘llash imkoniyatlari kengaytirilgan;
predmetning aniqlik shakli, nur va soyaning emotsional aksenti, obrazlilik, kadr kompozisiyasi hamda mezansena qonuniyati, aktyor portreti kabi kinooperatorlik san’atining yetakchi vositalariga havaskorlik yondashuvlari sohaning jiddiy muammolarini yuzaga keltirganligi haqidagi xulosalar; tabiiy va sun’iy yoritish badiiy-estetik mezonlardagi interierning tasviriy effekti (qor va yomg‘ir), yoritishning spektral tarkibi va eksterierning tuman va bulutli  ob-havo rejimi vaqtida suratga olish, kunduzda tun effekti  (den` pod noch`),  tabiatda yorug‘lik ekspozisiyasini nazorat qilish kabi vositalar rivojlangani; spiral lampali, ko‘mirli, frenil linzali chiroqlar evolyusiyasi texnologik jihatdan o‘zgarib, led turidagi yoritish chiroqlari orqali rangtasvir (jivopisniy) qonuniyatlariga yaqinlashganligi asoslanganligidan O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi Kinooperatorlik gildiyasida foydalanilgan (O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasining 2024 yil  20 iyundagi 027-son ma’lumotnomasi) Natijada yosh operatorlar ijodida badiiy ko‘nikmalarni takomillashtirish va tasvirga olish madaniyatini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish