Ishpulatov Zokir Eshkurbonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sug‘orish tizimidagi beton kanallarning ekspluatatsion ishonchliligini oshirishda diagnostika usullari va profilaktik tadbirlarni takomillashtirish” 05.09.06-Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Ikramova Malika Raximberdievna, texnika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.41/30.04.2021.T.131.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:
Shakirov Baxtiyar Maxmudovich – Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti “Elektr energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish” kafedrasi mudiri t.f.d.,prof. (05.09.06).
Norqobil Raxmatov – “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini muxanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Gidrotexnika inshootlari va muhandislik konstruksiyalari” kafedrasi dotsenti, t.f.n, (05.09.06).
Yetakchi tashkilot: Arxitektura va qurilish universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: beton qoplamali kanallarning texnik holatini zamonaviy (kontaktsiz) uskunalar yordamida baholash va diagnostika qilish, kanallar foydali ish koeffisientini aniqlash usullarini takomillashtirish va kanallarning xizmat muddatini oshirish tadbirlarini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kanal samaradorligiga ta’sir etuvchi barcha omillarni, xususan kanalning ish rejimi, oqim harakati, er osti suvlari va geografik joylashuvini hisobga olgan holda irrigatsiya kanallarining foydali ish koeffisientini operativ hisoblash usuli MSACCESS platformasida dasturlash asosida ishlab chiqilgan;
yuzaga kelgan yoriqlardan harakatlanadigan oqim tezligi va fil`tratsiya suvi sarfini aniqlash usuli suvning qoplamadagi yoriq ustidagi harakat tezligi va yoriqning fil`tratsiya qarshiligini hisobga olgan holda takomillashtirilgan;
beton qoplamaning xizmat davrini kontaktsiz sinov usulidan foydalanib bashorat qilish va texnik holatini baholash usuli gidrotexnik inshootlarning ekspluatatsion ishonchliligi indikatorlari va shakllantirilgan diagnostika ma’lumotlari bazasi asosida takomillashtirilgan;
sug‘orish tarmoqlaridagi beton qoplamali kanallar samaradorligini oshirishning texnikaviy va ekspluatatsion chora-tadbirlari beton qoplamalar deformatsiyalanishining A va V skan natijalari hamda adgezion kontakt kuchi darajasini e’tiborga olgan holda ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sug‘orish tizimidagi beton kanallarning ekspluatatsion ishonchliligini oshirishda diagnostika usullari va profilaktik tadbirlarni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
gidrotexnika inshootlari texnik holatini baholash va diagnostika qilish kompyuter dasturi Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tasarrufidagi Toshkent magistral kanalida joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 16 fevraldagi 02/19-528-son ma’lumotnomasi). Natijada, suv taqsimotining yaxshilanuvi va suv tejashning 1 foizga ortishi Toshkent magistral kanalida yiliga 11,8 mln m3 suv yoki 58,97 mln so‘m mablag‘, xususan vegetatsiya davrida 3,48 mln m3 suv i 24,2 mln so‘m mablag‘ tejalishiga erishilgan.
kanallarning foydali ish koeffisientini tezkor aniqlash kompyuter dasturi Chirchiq-Oxangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 16 fevraldagi 02/19-528-son ma’lumotnomasi). Natijada suvning behuda sarfini kamaytirish va suv ta’minotini yaxshilash imkoniyati yaratilgan bo‘lib, kanallar foydali ish koeffisietining 10% ga ortishi Respublika bo‘yicha 3,0-3,5 mlrd.m3 suv iqtisod qilinishiga olib kelgan.
“Beton kanallar va ulardagi gidrotexnik inshootlarning texnik holatini baholash, diagnostikaci va monitoringini yuritish tartibi” normativ hujjati ishlab chiqililgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 15 dekabrdagi 197-son buyrug‘i). Natijada beton kanallar va ulardagi gidrotexnika inshootlarining texnik holatini baholash, diagnostika qilish va doimiy monitoringii olib borish gidrotexnik inshootlar xizmat muddatini 7-10 yilga uzaytirish imkoniyatini yaratilgan.