Tasheva Xadicha Tuyboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Rudani maydalashning energiya samaradorligini oshirish (“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ misolida)”, 05.05.01 – “Energetika tizimlari va majmualari”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T2507
Ilmiy rahbar: Ishnazarov Oybek Xayrilaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika muammolari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zR FA Energetika muammolari instituti, DSc.02/30.12.2021.T.143.01.
Rasmiy opponentlar:
Aripov Nazirjan Mukaramovich – texnika fanlari doktori, professor.
Xalikov Solixdjan Subxanovich – texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tegirmon qurilmalari tomonidan rudani maydalash jarayonida elektr energiyasidan foydalanish samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aylanish tezligining o‘zgarishi, rudaning qattiqligi va suyuqlikning qattiq fazaga nisbatini hisobga olgan holda ho‘l o‘zi maydalash tegirmonidagi elektr energiya iste’molining matematik modeli ishlab chiqilgan;
rudaning qattiqligi va zichligini, shuningdek uning to‘ldirilishini hisobga olgan holda, Bond tegirmoni modeliga asosida ho‘l o‘zi maydalash tegirmonining chastotali boshqariladigan elektr yuritmasining matematik modeli va struktura sxemasi ishlab chiqilgan;
sharshara rejimini ta’minlash va aylanish tezligini rostlash asosida ho‘l o‘zi maydalash tegirmonining energiya tejamkor ish rejimi aniqlangan;
optimal jaddallashtirish va asinxron ishga tushirilishi asosida ho‘l o‘zi maydalash tegirmonini chastotaviy ishga tushirish usuli takomillashtirilgan;
ho‘l o‘zi maydalash tegirmonining qarshilik momentini hisoblash uslubiyati va optimal aylanish tezligi rudaning qattiqligi hamda gradient tushish usuli asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Ho‘l o‘zi maydalash tegirmonining aylanish tezligini rostlash va ravon ishga tushirish, ish rejimlarini optimallashtirish hamda energiya sarfini kamaytirish bo‘yicha ilmiy natijalari asosida:
ho‘l o‘zi maydalash tegirmonining energiya tejamkor ish rejimi va rudani maydalash texnologik jarayonining matematik modeli “Olmaliq KMK” ning Misni boyitish fabrikasida joriy etildi (Olmaliq KMK AJ 2022 yil 12 oktyabrdagi joriy etish to‘g‘risidagi 61- SGE-ChX-22-10-0159-son ma’lumotnomasi). Natijada elektr energiyasi sarfini yiliga 277,820 kVt*soatga kamaytirish imkonini bergan;
ho‘l o‘zi maydalash tegirmonining yuqori kuchlanishli sinxron mashinani ravon ishga tushirish tizimi “Olmaliq KMK” ning Misni boyitish fabrikasida joriy etildi (Olmaliq KMK AJ 2022 yil 12 oktyabrdagi joriy etish to‘g‘risidagi 61-SGE-ChX-22-10-0159-son ma’lumotnomasi). Natijada iqtisodiy samaradorlik yiliga 125 019 000 so‘mni tashkil etgan.