Saydullaeva Aziza Raximovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak pedagoglarda gender madaniyatni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (pedagogika fanlari misolida)”. 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped7139.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Egamberdieva Turg‘unoy Axmadjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.11.2021.Ped.05.07.
Rasmiy opponentlar: Tojiboeva Xilolaxon Maxmutovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Siddiqov Ilyosjon Baxromovich, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi gender pedagogikasi va psixologiyasi fanlarini o‘qitishda bo‘lajak pedagoglarning gender madaniyatini rivojlantirishning metodik asoslarini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak pedagoglarning gender madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan  kompetensiyalar  majmui gender tarbiya xarakteridagi  etnopedagogik, aksiologik, ijtimoiy-axborotli  faollik va  gender madaniyatni o‘stiruvchi interfaol mashg‘ulotlar kabi pedagogik-psixologik omillarni ergonomik va praksiologik talablarga kasbiy moslashtirish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak pedagoglarning gender madaniyatini  ijtimoiy-moslashuv,  o‘z-o‘zini  baholash  va  rivojlantirish  indikatorlaridan  iborat  algoritmik bosqichlarini  samarali  muloqot  jarayonlari  bilan  integrallashuvini belgilash, invariant va variativ ta’lim mazmunining vitagen ta’lim bilan o‘zaro muvofiqlik darajasini kengaytirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak pedagoglarning  ijodiy  faoliyatini  samarali  tashkil etishda jamiyatdagi jinsning ijtimoiy-madaniy rollarini shakllantiruvchi yo‘nalishlar, gender munosabatlar, gender stereotiplarning gnoseologik asoslarini anglashga yo‘naltirilgan gorizontal va vertikal strukturalash bo‘yicha o‘quv materiallarini tanlash, tizimlashtirish, integrativlikni ta’minlashga doir texnologik bosqichlarning kooperativlik darajasini bevosita hisobga olish asosida  takomillashtirilgan;
bo‘lajak  pedagoglarning  gender madaniyatini  rivojlanganlik  darajalarini  baholash  mezonlari gender  tarbiya,  genderli yondashuv va jinsiy-gigienik  tarbiya texnologiyalari  kabi  nostandart algoritmik  dasturiy  vositalar  talabalarning  rivojlanish  vektoriga nisbatan gender madaniyatning regulyativ determinantlarining pedagogika va ijtimoiy-madaniy aksiologiya sintezi orqali ta’lim tizimiga transformatsiya qilish asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak pedagoglarda gender madaniyatni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (pedagogika fanlari misolida) bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak pedagoglarning gender madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan  kompetensiyalar  majmuini gender tarbiya  xarakteridagi  etnopedagogik, aksiologik, ijtimoiy-axborotli  faollik va  gender madaniyatni o‘stiruvchi interfaol mashg‘ulotlar kabi pedagogik-psixologik  omillarni ergonomik va praksiologik talablarga kasbiy moslashtirish asosida aniqlashtirishga doir tavsiyalardan 2020-yil 28-dekabr kuni FarDU kengashi qarori bilan tasdiqlangan Farg‘ona davlat universiteti qoshida Gender tengligi tadqiqot markazi Nizomini ishlab chiqishda, ushbu markazda 2022 yilda o‘tkazilgan “OTMlarda xotin-qizlarning intellektual va ijtimoiy maqomini yuksaltirishning gender omillari”, 2023 yilda o‘tkazilgan “Markaziy Osiyo davlatlari OTMlarida xotin-qizlarni ijtimoiy faolligini oshirish va himoya qilish mexanizmlari” hamda “Turkiy xalqlarda milliy urf-odatlarning avlodlararo vorisiyligini ta’minlashda xotin-qizlarning o‘rni” mavzularida xalqaro miqyosda ilmiy-amaliy konferensiyalarni tashkil etish va o‘tkazishda, shuningdek 2023 yilda FarDU qoshidagi Gender tengligi tadqiqotlar markazida tayyorlanib nashr etilgan “Oliy ta’lim tizimiga gender yondashuv tamoyillarini joriy etish usullari” nomli qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Farg‘ona davlat universiteti qoshidagi Gender tenglik tadqiqotlar markazining 2023-yil 11-noyabrdagi 01-4777-son dalolatnomasi). Natijalarning joriy qilinishi bo‘lajak pedagoglarning gender madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan ta’limning hozirgi holatini chuqur tahlil qilish va gender tarbiyaning metodik asoslarini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
bo‘lajak pedagoglarning gender madaniyatini  ijtimoiy-moslashuv,  o‘z-o‘zini  baholash  va  rivojlantirish  indikatorlaridan  iborat  algoritmik bosqichlarini  samarali  muloqot  jarayonlari  bilan  integrallashuvini belgilash, invariant va variativ ta’lim mazmunining vitagen ta’lim bilan o‘zaro muvofiqlik darajasini kengaytirish asosida takomillashtirishga doir yangiliklaridan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170929789-raqamli “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan va yuqoridagi tavsiyalar ushbu loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024 yil 5-iyuldagi 11-05-3633/04-son dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak pedagoglarning gender madaniyatini rivojlantirishda pedagogika fanlarining imkoniyatlari va gender tarbiyaning amaliyotdagi mavjud holatini tahlil qilish imkoni kengaytirilgan;  
bo‘lajak pedagoglarning  ijodiy  faoliyatini  samarali  tashkil etishda jamiyatdagi jinsning ijtimoiy-madaniy rollarini shakllantiruvchi yo‘nalishlar, gender munosabatlar, gender stereotiplarning gnoseologik asoslarini anglashga yo‘naltirilgan gorizontal va vertikal strukturalash bo‘yicha o‘quv materiallarini tanlash, tizimlashtirish, integrativlikni ta’minlashga doir texnologik bosqichlarning kooperativlik darajasini bevosita hisobga olish asosida  takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 314-166-raqamli nashr ruxsatnomasi bilan nashrga tavsiya etilgan “Gender pedagogikasi va psixologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma  mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 5-iyuldagi 11-05-3633/04-son dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak pedagoglarning gender madaniyatini rivojlantirishning pedagogika fanlari integratsiyasiga  asoslangan modelini  takomillashtirishga  imkoniyat  yaratilgan;
bo‘lajak  pedagoglarning  gender madaniyatini  rivojlanganlik  darajalarini  baholash  mezonlari gender  tarbiya,  genderli yondashuv va jinsiy-gigienik  tarbiya texnologiyalari  kabi  nostandart algoritmik  dasturiy  vositalar  talabalarning  rivojlanish  vektoriga nisbatan gender madaniyatning regulyativ determinantlarining pedagogika va ijtimoiy-madaniy aksiologiya sintezi orqali ta’lim tizimiga transformatsiya qilish asosida ishlab chiqishga doir yangiliklaridan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariylarini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradikompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 17-apreldagi 02-31-518-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston Milliy teleradikompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysining gender tenglik targ‘ibotiga doir ko‘rsatuvining ilmiy asoslarini takomillashuviga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish