Abdullaev A’zamjon Kamolxanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Virtual modellashtirish asosida o‘quvchilarni loyihalash kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (Arxitekturaviy loyihalash fani misolida)”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Ped3926.
Ilmiy rahbar: Ergashev Bobirjon Boxodirovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Professional ta’limni rivojlantirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Professional ta’limni rivojlantirish instituti, DSc.05/29.12.2023.Ped.48.01
Rasmiy opponentlar: Hamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Rahimov Zokir Toshtemirovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti,
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi virtual modellashtirish asosida professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarining loyihalash kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarining loyihalash kompetentligini rivojlantirishning tashkiliy-tuzilmaviy modeli arxitekturaviy-loyihalash tasavvuri va grafik tafakkurni, kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirishning multimediali texnologiyalarini, virtual modellashtirish usullarini loyihalash faoliyatiga tayyorlashning texnologik jarayoniga tizimli joriy qilish asosida takomillashtirilgan;
“Arxitekturaviy loyihalash” o‘quv fanini o‘qitishda o‘quvchilarining loyihalash kompetentligini rivojlantirish metodikasi o‘quvchilarning grafik tasavvuri, arxitekturaviy grafik topshiriq-loyihalar, bino-inshootlarining loyihalash chizmalari bilan ishlash kompetentliligini rivojlantirishning multimediali, virtual ta’lim bilan bog‘liq pedagogik imkoniyatlarni oshirishga qaratilgan “Architecs” mualliflik metodini kiritish natijasida takomillashtirilgan;
virtual modellashtirishga asoslangan ta’lim jarayonida o‘quvchilarning loyihalash kompetentligini rivojlanganlik darajalari hamda kriterial-diagnostik metodlari muammoli video topshiriqlar, amaliy topshiriqlar, virtual laboratoriya topshiriqlar majmuasini ishlab chiqish va avtomatik baholash usullarini kiritish asosida aniqlashtirilgan;
virtual ta’lim muhitida professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarini immersivligi hamda interfaolligini tizimli ta’minlash asosida loyihalash kompetentligini rivojlantirishning ma’lumotlarni qidirish, baholash, bilimlarni kasbiy faoliyatda ijodkorona qo‘llay olish kabi pedagogik shart-sharoitlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Arxitekturaviy loyihalash” fanini virtual modellashtirish asosida o‘quvchilarda loyihalash kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga oid tadqiqot natijalari asosida:
virtual ta’lim muhitida professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarining loyihalash kompetentligini rivojlantirishda ma’lumotlarni qidirish, baholash, bilimlarni kasbiy faoliyatda ijodkorona qo‘llay olish ko‘nikmalarini takomillashtirishga oid tavsiyalar “O‘quvchilarni virtual modellashtirish asosida loyihalash kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, “Arxitekturaviy loyihalash fonida o‘quvchilarni virtual modellashtirish asosida loyihalash kompetentligini rivojlantirish” nomli elektron didaktik ta’minot mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023 yil 31 yanvardagi 89-05-13-son ma’lumotnomasi). Mazkur ta’minot bo‘lajak arxitektorlarning loyihalash kompetensiyasini, fanga oid bilimlarini rivojlantirish, kasbga yo‘naltirilgan ta’limning samaradorligini oshirish hamda ta’lim jarayonining metodik ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan;
professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarining loyihalash kompetentligini rivojlantirishning tashkiliy-tuzilmaviy modelini virtual modellashtirish texnologiyalaridan foydalanib o‘qitish, arxitekturaviy-loyihalash tasavvuri va grafik tafakkurni, kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirishning multimediali texnologiyalarini, virtual modellashtirish usullarini loyihalash faoliyatiga tayyorlashning texnologik jarayoniga joriy qilish orqali takomillashtirishga oid takliflardan “Er osti inshootlari va muhandislik tarmoqlarini “Zilzilaviy hududlarda qurilish” meyoriy hujjati asosida hisoblashning raqamlashtirilgan milliy dasturiy majmuasini ishlab chiqish” (2022-2023 yy.) mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023 yil 31 yanvardagi 89-05-13-son ma’lumotnomasi). Mazkur model va uni joriy etishning ilmiy-metodik taʼminoti bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlash sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
Arxitekturaviy loyihalash” o‘quv fanini o‘qitishda o‘quvchilarining loyihalash kompetentligini rivojlantirish metodikasini “Architecs” mualliflik metodini kiritish orqali takomillashtirishga oid tavsiyalardan “Er osti inshootlari va muhandislik tarmoqlarini “Zilzilaviy hududlarda qurilish” meyoriy hujjati asosida hisoblashning raqamlashtirilgan milliy dasturiy majmuasini ishlab chiqish” (2022-2023 yy.) mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023 yil 31 yanvardagi 89-05-13-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligi sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.