Muxamedjanova Mastura Xayatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Surunkali gepatit S va yurak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlardagi kamqonlik tashxisotining ferrokinetik prediktorlari”, 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib3298.
Ilmiy rahbar: Axmedova Nilufar Sharipovna, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali, PhD.04/30.09.2020.Tib.123.01.
Rasmiy opponentlar: Jabbarov Ozimbay Otaxanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Boltaev Kamol Jumaevich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Abu ali ibni Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: Surunkali virusli gepatit C bilan bog‘liq yurak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda anemiyani tashxislashda ferrokinetik ko‘rsatkichlarning prognostik ahamiyatini aniqlash va ushbu komorbid holatlarda anemiyani erta tashxislash, hamda oldini olish chora tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali virusli gepatit S va surunkali yurak etishmovchiligi mavjud bo‘lgan bemorlarda anemiya uchrash chastotasi, hamda uning kasallik kechishishiga ta’sirining patogenetik jixatalri aniqlangan;
surunkali virusli gepatit S va surunkali yurak etishmovchiligi komorbid kechganda kuzatilagan anemiya tashxisotida ferrokinetika morfofunksional ko‘rsatgichlari aniqlangan;
ferrokinetika ko‘rsatgichlari va gepsidin orasida korrelyasion bog‘liqlar tahlili asosida komorbid holatining kasallik kechishi va asoratlanishini tashxislashdagi prognostik ahamiyati isbotlangan;
surunkali virusli gepatit S va surunkali yurak etishmovchiligi komorbid kechganda kuzatilgan anemiyaning tashxisoti va oldini olish chora klinik tadbirlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«Surunkali gepatit C va yurak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlardagi kamqonlik tashxisotining ferrokinetik prediktorlari» mavzusidagi ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 28 iyundagi 8n-z/346-son xulosasi olingan.
birinchi ilmiy yangilik: surunkali virusli gepatit S va surunkali yurak etishmovchiligi mavjud bo‘lgan bemorlarda anemiya uchrash chastotasi, hamda uning kasallik kechishishiga ta’sirining patogenetik jixatalri aniqlangan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Surunkali virusli gepatit C kasalligi va surunkali yurak etishmovchiligi birga kechgan bemorlarda kamqonlik rivojlanishini erta aniqlash va jigar fibrozi darajasini belgilashda kasallik avj olishi va asoratlanishini prognozlovchi klinik – laborator markerlarining ahamiyatini o‘rganish asosida keyinchalik rivojlanish ehtimolligi bo‘lgan jigar sirrozining oldini olish imkonini berdi va erta tashxisot natijasida takroriy elastometriyaga ehtiyoji bo‘lgan bemorlar sonini kamaytirishga erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Surunkali virusli gepatit C va surunkali yurak etishmovchiligi birga kechgan bemorlarda anemiya rivojlanishini erta aniqlash natijasida bemorlarning ambulator murojaatlari qisqarishi va statsionar davolanish ko‘rsatmasi yo‘qligi hisobidan har bir nafar bemor uchun sarflanadigan byudjet xarajatlarini 186400 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: Surunkali virusli gepatit S va surunkali yurak etishmovchiligi birga kechgan bemorlarda anemiya rivojlanishini erta bosqichlarida tashxislash natijasida bemor uchun sarflanadigan ambulator va stasionar xarajatlardan har bir nafar bemor uchun byudjet hisobidan 98452 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 87948 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: surunkali virusli gepatit S va surunkali yurak etishmovchiligi komorbid kechganda kuzatilagan anemiya tashxisotida ferrokinetika morfofunksional ko‘rsatgichlari aniqlangan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkazilgan tadqiqotlarda surunkali virusli gepatit S va SYuE komorbid kechgan bemorlarda rivojlangan anemiya klinik kechish xususiyatlari baholanib, ferrokinetika ko‘rsatgichlari, gepsidin va TGF-β1 ko‘rsatkichlari o‘zaro taqqoslanganda, surunkali virusli gepatit S va SYuE komorbid holatdagi anemiya ko‘proq yallig‘lanish xarakterdaligi tasdiqlangan. Bu anemiyalarni davolashda temir preparatlaridan foydalanish noo‘rin va bemor ahvolining og‘irlashuviga olib kelishi mumkin. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali virusli gepatit va yurak etishmovchiligi birgalikda kechganda anemiya darajasi bilan qonda gepsidin ko‘rsatkichi, ferrokinetik ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqliklarga asoslanib, yallig‘lanish anemiyasi aniqlanganda bemorlarning ambulator murojaati 3 martaga kamayadi, mutaxassis ko‘rigi va standart bo‘yicha bajariladigan boshqa laborator tahlillar soni 2 martaga qisqarishi, temir preparatlari bilan davolash muolajalari o‘rniga SYaAni standart bo‘yicha davolashda, asoratlanishni 2 martaga kamayishi hisobidan har 1 nafar bemorga bir yilda byudjet hisobidan 74314 so‘m, byudjetdan tashqari 40311 so‘m miqdordagi xarajat iqtisod qilingan. Xulosa: surunkali virusli gepatit S va yurak etishmovchiligi komorbid kelganda kuzatiladigan anemiya tashxisotida ferrokinetika ko‘rsatgichlari ahamiyati baholanganda surunkali yallig‘lanish asosida ishlab chiqilgan laborator mezonlardan foydalanib erta tashxislash hisobidan har 1 nafar bemordan 114625 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: ferrokinetika ko‘rsatgichlari va gepsidin orasida korrelyasion bog‘liqlar tahlili asosida komorbid holatining kasallik kechishi va asoratlanishini tashxislashdagi prognostik ahamiyati isbotlangan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkazilgan tadqiqotlarda surunkali virusli gepatit S va SYuE komorbid kechgan bemorlarda rivojlangan anemiya xususiyatlari baholanib, ferrokinetika ko‘rsatgichlari va jigar funksiyasini baholovchi laborator testlar orasidagi korrelyasion bog‘liqliklar isbotlangan. Surunkali virusli gepatitlar va surunkali yurak etishmovchiligi kechishini bashoratlashda ferrokinetika ko‘rsatgichlaridan ferritin, transferrin va transferrining eruvchan reseptorlarini aniqlashning diagnostik va prognostik ahamiyati ko‘rsatilgan. O‘tkazilgan laborator mezonlar asosida tashxislash orqali 75-80% hollarda jigar fibrozini dastlabki darajalarda davolash, nogironlik va takroriy elastometriyaga bo‘lgan muhtojlikni kamaytirish bilan bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali virusli gepatit va yurak etishmovchiligi birgalikda kechganda anemiya darajasi bilan qonda gepsidin ko‘rsatkichi, eritropoetin ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqliklarga asoslanib, jigar fibrozi erta davrlarda aniqlanganda bemorlarning ambulator murojaati 3 martaga kamayadi, mutaxassis ko‘rigi va standart bo‘yicha bajariladigan boshqa laborator tahlillar soni 2 martaga qisqarishi hisobidan har birnafar bemorga bir yilda byudjet hisobidan 54600 so‘m, byudjetdan tashqari 42024 so‘m miqdordagi xarajat iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: surunkali virusli gepatit S va yurak etishmovchiligi birgalikda kechganda anemiya darajasi bilan qonda gepsidin ko‘rsatkichi, eritropoetin ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqliklarga asosida ishlab chiqilgan laborator mezonlardan foydalanib erta tashxislash hisobidan har bir nafar bemordan 96624 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: surunkali virusli gepatit S va SYuE komorbid kechganda kuzatilgan anemiyaning tashxisoti va oldini olish chora klinik tadbirlari takomillashtirilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Surunkali virusli gepatit S va surunkali yurak etishmovchiligi birga kechganda anemiya rivojlanishini klinik belgilar namoyon bo‘lmasdan turib aniqlash, bunda ferrokinetik ko‘rsatkichlardan jigar fibrozi rivojlanishining prediktori sifatida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bu bemorlarda fibroz darajasini aniqlashning noinvaziv usullaridan APRI va FIB-4 shkalalaridan foydalanish 30-32% hollarda takroriy elastometriyani cheklash imkonini yaratib, bemorlarning hayot sifati darajasi oshishiga olib kelgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali virusli gepatit S va surunkali yurak etishmovchiligi birga kechganda anemiya rivojlanishini klinik belgilar namoyon bo‘lmasdan turib aniqlash, bunda ferrokinetik ko‘rsatkichlardan jigar fibrozi rivojlanishini erta aniqlash F0, F1 bosqichlarida tashxislash natijasida bemorlarning ambulator murojaatlari qisqarishi va statsionar davolanish ko‘rsatmasi yo‘qligi hisobidan har bir nafar bemor uchun sarflanadigan xarajatlar 151300 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: surunkali virusli gepatit S va surunkali yurak etishmovchiligi birga kechganda anemiya rivojlanishini klinik belgilar namoyon bo‘lmasdan turib aniqlash, bunda ferrokinetik ko‘rsatkichlardan jigar fibrozi rivojlanishini erta bosqichlarida tashxislash natijasida bemor uchun sarflanadigan ambulator va stasionar xarajatlardan har bir nafar bemor uchun byudjet hisobidan 77166 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 74134 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.