Yuldasheva Nasiba Alisherovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Homilador ayollarda gerpetik stomatitning o‘ziga xosligi: tashxislash, davolash va oldini olish” mavzusidagi 14.00.25 – Klinik laborator va funksional diagnostika, 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Tib809.
Ilmiy maslahatchilar: Xadjimetov Abdugafur Axadovich, biologiya fanlari doktori, professor; Usmanova Shoira Ravshanbekovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Ishigov Ibragim Agaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi); Usmanova Durdona Djuraboevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Saidov Akbar Ahadovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qon va so‘lakning immun, sitokin hamda mikroblarga qarshi holatini o‘rganishga asoslangan holda homilador ayollarda gerpetik stomatitni kompleks etiopatogenetik davolash samaradorligini baholash va davolashni muvofiqlashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba gerpetik stomatit bilan kasallangan homilador ayollarda immunitet reaksiyasining xususiyatlari qiyosiy tahlil qilingan, tizimli va mahalliy sitokin tarkibi, so‘lak hamda qondagi gumoral immunitet, mikroblarga qarshi peptidlarning ko‘rsatkichlarini har tomonlama nazorat qilish amalga oshirilgan;
ilk marotaba gerpetik stomatit aniqlangan homilador ayollarning qon zardobida va og‘iz suyuqligida interleykin-1, 6, 8, 10, γ- gamma interferon, α-o‘sma nekrozi omili sitokinlari, gumoral immunitet omillari, mikroblarga qarshi peptidlar tarkibi dinamikada baholangan hamda og‘iz shilliq qavati immunhimoya tizimning xususiyatlari aniqlangan;
ilk marotaba homiladorlikning turli davrlarida ularda gerpetik stomatit rivojlanishining patogenetik immun mexanizmlarini o‘rganish asosida immun reaksiyasining xususiyatlari aniqlangan;
keng qamrovli tadqiqot asosida homiladorlikning davrlarida virusga qarshi terapiyaning turli dasturlari davolash standartlariga kiritilgan va ularning kasallik kechishi, homiladorlik hamda homila patologiyasini rivojlantirishdagi xavfi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Homilador ayollarda gerpetik stomatitning o‘ziga xosligi: tashxislash, davolash va oldini olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk marotaba gerpetik stomatit bilan kasallangan homilador ayollarda immunitet reaksiyasining xususiyatlari qiyosiy tahlil qilingan, tizimli va mahalliy sitokin tarkibi, so‘lak hamda qondagi gumoral immunitet, mikroblarga qarshi peptidlarning ko‘rsatkichlarini har tomonlama nazorat qilish amalga oshirilganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 9 avgustda 04-r/62-son bilan tasdiqlangan «Homilador ayollarda endotelial disfunksiyani baholashda salivar ko‘rsatkichlarining diagnostik ahamiyati» va 9 avgustda 04-r/63-son bilan tasdiqlangan «Metod prognizirovanie individualnogo riska razvitiya zabolevaniy sopr u beremennix»nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shaxar Uchtepa tumani 9-sonli tug‘ruq kompleksining 15.09.2023 yildagi 4-son hamda “Basis-Med” masuliyati cheklangan jamiyati (klinik tibbiy diagnostika markazi) ning 16.09.2023 yildagi 1-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 20 iyundagi xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: homilador ayollarda immunitet reaksiyasining xususiyatlarini qiyosiy tahlil qilingan holda, tizimli va mahalliy sitokinlar tarkibi, so‘lak hamda qondagi gumoral immunitet, mikroblarga qarshi peptidlarning ko‘rsatkichlarini har tomonlama nazorat qilish orqali gerpetik stomatitni erta aniqlash, kasallikni avjlanishini va asoratlarni oldini olish imkonini berganligi bilan izohlangan. Iqtisodiy samaradorligi: gerpetik stomatit mavjud homilador ayollarda mahalliy va tizimli immunitetni erta aniqlash va davolash kasallikni rivojlanishini va asoratlanishini kamayishiga olib kelgan. O‘z vaqtida olib borilgan tashxislash va davolash ishlari har bir bemor hisobiga o‘rtacha 2000000 so‘m tejash imkonini bergan. Xulosa: tadqiqot natijalariga ko‘ra gerpetik stomatit mavjud bemorlarda tizimli va mahalliy sitokin tarkibi, so‘lak hamda qondagi gumoral immunitet, mikroblarga qarshi peptidlarning ko‘rsatkichlarini erta aniqlash kasallikning avjlanishini va kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlanishini oldini olish hamda davolash uchun ketadigan xarajatlarni kamaytirish orqali har bir bemor hisobiga o‘rtacha 2000000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk marotaba gerpetik stomatit aniqlangan homilador ayollarning qon zardobida va og‘iz suyuqligida interleykin-1, 6, 8, 10, γ- gamma interferon, α-o‘sma nekrozi omili sitokinlari, gumoral immunitet omillari, mikroblarga qarshi peptidlar tarkibi dinamikada baholangan hamda og‘iz shilliq qavati immunhimoya tizimning xususiyatlari baholanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 9 avgustda 04-r/62-son bilan tasdiqlangan «Homilador ayollarda endotelial disfunksiyani baholashda salivar ko‘rsatkichlarining diagnostik ahamiyati» va 9 avgustda 04-r/63-son bilan tasdiqlangan «Metod prognizirovanie individualnogo riska razvitiya zabolevaniy sopr u beremennix»nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shaxar Uchtepa tumani 9-sonli tug‘ruq kompleksining 15.09.2023 yildagi 4-son hamda “Basis-Med” masuliyati cheklangan jamiyati (U klinik tibbiy diagnostika markazi) ning 16.09.2023 yildagi 1-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 20 iyundagi xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: gerpetik stomatit aniqlangan homilador ayollarning qon zardobida va og‘iz suyuqligida interleykin-1, 6, 8, 10, γ- gamma interferon, α-o‘sma nekrozi omili sitokinlari, gumoral immunitet omillari, mikroblarga qarshi peptidlar tarkibini dinamikada baholash, davolash strategiyasini to‘g‘ri tanlash va uning samaradorligini oshirish imkonini berganligi bilan izohlangan. Iqtisodiy samaradorligi: gerpetik stomatit aniqlangan homilador ayollarning qon zardobida va og‘iz suyuqligida interleykin-1, 6, 8, 10, γ- gamma interferon, α-o‘sma nekrozi omili sitokinlari, gumoral immunitet omillari, mikroblarga qarshi peptidlar tarkibini dinamikada baholash va unga asoslangan holda tanlangan hamda o‘z vaqtida olib borilgan samarali davo asosiy kasallikni avjlanishini, asoratlar kamayishini oldini oladi. Ushbu usulni amaliyotga qo‘llash homiladorlarda tekshirish va tashxislash uchun sarflanadigan ortiqcha xarajatlarni 1260000 so‘mgacha kamaytirish imkonini bergan. Xulosa: gerpetik stomatit aniqlangan homilador ayollarning qon zardobida va og‘iz suyuqligida interleykin-1, 6, 8, 10, γ- gamma interferon, α-o‘sma nekrozi omili sitokinlari, gumoral immunitet omillari, mikroblarga qarshi peptidlar tarkibini dinamikada baholash hamda og‘iz shilliq qavati immun himoya tizimning xususiyatlarini o‘rganish, har bir bemor uchun ketadigan harajatlarni 1260000 so‘mgacha kamaytirish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk marotaba homiladorlikning turli davrlarida ularda gerpetik stomatit rivojlanishining patogenetik immun mexanizmlarini o‘rganish asosida immun reaksiyasining xususiyatlari aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 9 avgustda 04-r/62-son bilan tasdiqlangan «Homilador ayollarda endotelial disfunksiyani baholashda salivar ko‘rsatkichlarining diagnostik ahamiyati» va 9 avgustda 04-r/63-son bilan tasdiqlangan «Metod prognizirovanie individualnogo riska razvitiya zabolevaniy sopr u beremennix»nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shaxar Uchtepa tumani 9-sonli tug‘ruq kompleksining 15.09.2023 yildagi 4-son hamda “Basis-Med” masuliyati cheklangan jamiyati (U klinik tibbiy diagnostika markazi) ning 16.09.2023 yildagi 1-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 20 iyundagi xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: homiladorlikning turli davrlarida homilador ayollarda gerpetik stomatit rivojlanishining patogenetik immun mexanizmlarini o‘rganish asosida immun reaksiyasining xususiyatlarini aniqlash, asoratlarni oldini olish va davolash strategiyasini to‘g‘ri tanlash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: homiladorlikning turli davrlarida homilador ayollarda gerpetik stomatit rivojlanishining patogenetik immun mexanizmlarini o‘rganish asosida immun reaksiyasining xususiyatlarini aniqlash va o‘z vaqtida olib borilgan samarali davo kasallikni avjlanishini, oldini olish imkonini beradi. Bu har bir homilador uchun o‘rtacha 1460000 so‘m tejash imkonini bergan. Xulosa: tadqiqot natijalariga ko‘ra homiladorlikning turli davrlarida homilador ayollarda gerpetik stomatit rivojlanishining patogenetik immun mexanizmlarini o‘rganish asosida immun reaksiyasining xususiyatlarini aniqlash, asoratlarni oldini olish va davolash strategiyasini to‘g‘ri tanlash imkonini beradi hamda xarajatlarni 1460000 so‘mgacha kaytirish orqali iqtisodiy samara bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: keng qamrovli tadqiqot asosida homiladorlikning davrlarida virusga qarshi terapiyaning turli dasturlari davolash standartlariga kiritilgan va ularning kasallik kechishi, homiladorlik hamda homila patologiyasini rivojlantirishdagi xavfi aniqlangan bo‘yicha takliflar Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 9 avgustda 04-r/62-son bilan tasdiqlangan «Homilador ayollarda endotelial disfunksiyani baholashda salivar ko‘rsatkichlarining diagnostik ahamiyati» va 9 avgustda 04-r/63-son bilan tasdiqlangan «Metod prognizirovanie individualnogo riska razvitiya zabolevaniy sopr u beremennix»nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shaxar Uchtepa tumani 9-sonli tug‘ruq kompleksining 15.09.2023 yildagi 4-son hamda “Basis-Med” masuliyati cheklangan jamiyati (U klinik tibbiy diagnostika markazi) ning 16.09.2023 yildagi 1-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 20 iyundagi xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi gerpetik stomatit mavjud ayollarda homiladorlikning turli davrlarida virusga qarshi terapiyaning monand dasturlari davolash standartlariga kiritilgan va ularning kasallik kechishi, homiladorlik hamda homila patologiyasini rivojlantirishdagi xavfi aniqlangan, aksincha davolash muolajalarida qizilmiya ildizidan foydalanish homilada kuzatiladigan asoratlarni oldini olish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: gerpetik stomatit mavjud ayollarda homiladorlikning turli davrlarida davolash muolajalarida virusga qarshi preparatlar o‘rniga qizilmiya ildizidan foydalanish homilada kuzatiladigan asoratlarni oldini olishga imkonini beradi va sarflanadigan ortiqcha sarf harajatlarni tejashi imkon yaratadi. Bu bir bemor uchun o‘rtacha 750000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: tadqiqot natijalariga ko‘ra homilador ayollarda gerpetik stomatitni davolashda virusga qarshi preparatlardan emas, balki qizilmiya ildizidan foydalanish homilada patologiyalar rivojlanishining oldini oladi. Shuningdek, ularning shifokorlarga murojatlar sonini hamda davolash uchun ketadigan xarajatlarni kamaytirish orqali bir bemor uchun o‘rtacha 750000 so‘mni iqtisod qilishga sharoit yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish