Turg‘unboev Elyorjon Qo‘chqor o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jigar transplantatsiyasi bilan bog‘liq trombogemorragik asoratlarning patogenetik jihatlari va ularni tuzatish yo‘llari», 14.00.32 – Transplantologiya va sun’iy a’zolar; 14.00.25 –  Klinik-laborator va funksional diagnostika (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tib4157.
Ilmiy rahbarlar: Babadjanov Azam Xasanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xaybullina Zarina Ruslanovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” DM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi DSc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Akbarov Mirshavkat Mirolimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xadjimetov Abdugafur Axatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gemostaz tizimidagi buzilishlar rivojlanishining asosiy ilk belgilarini tekshirish, trombogemorragik asoratlarning oldini olish bo‘yicha kompleks dasturni optimallashtirish va jigarning rezeksion yuzasidan va veno-protez anastomozlardan qon ketishini to‘xtatish texnikasini takomillashtirish orqali jigarning o‘ng bo‘lagini ko‘chirib o‘tkazish natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jigar bo‘lagi resipientlari dastlabki holatida koagulyasion omillar (IIa), shuningdek antikoagulyantlarning (protein C va S, AT-III) muvozanatlashgan pasayishi o‘rni va transplantatsiyasidan keyingi erta davrda bu ko‘rsatkichlar dinamikasi patogenetik xususiyatlari aniqlangan;
jigar transplantatsiyasidan keyingi birinchi kun jigarning sintetik va eliminatsiya funksiyasi etishmovchiligi sabali kritik davr deb xarakteralanadi va birichi kun davomida gemostaz tizimi parametrlari og‘ishining eng namoyon bo‘lishi qayd etilishi isbotlangan;
mahalliy gemostatik vositalarni birgalikda qo‘llash orqali jigarning rezeksiya qilingan yuzasida va ushbu gepatotransplantatsiyada protez venoz anastomozlar sohasida yakuniy gemostazni ta’minlash samaradorligini oshirish usuli takomillashtirilgan;
jigarning rezeksiya yuzasiga qo‘llaniladigan "Hemoben" kukunli kompozisiyasi ustiga qo‘yilgan gemostatik gubkani plazma shimdirish bilan ishlatish "Back table" bosqichidayoq ikkala mahalliy agentning ta’sirini faollashtirishni ta’minlaydi, shuningdek, gemostatik yostiqcha shakllanishi va venoz-protez anastomozlarning tikuv chizig‘ini mustahkamlashi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jigar transplantatsiyasi bilan bog‘liq trombogemorragik asoratlarning patogenetik jihatlari va ularni tuzatish usullari bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida quyidagi ilmiy ma’lumotlar joriy etildi:
birinchi ilmiy yangilik: jigar bo‘lagi resipientlari dastlabki holatida koagulyasion omillar (IIa), shuningdek antikoagulyantlarning (protein C va S, AT-III) muvozanatlashgan pasayishi o‘rni va transplantatsiyasidan keyingi erta davrda bu ko‘rsatkichlar dinamikasi patogenetik xususiyatlari aniqlangan - akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM» DM (2024 yil 10 maydagi №m/24-sonli), «Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi» (2024 yil 1 avgustdagi № 3034-sonli buyrug‘i) va Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi (2024 yil 31 iyuldagi 124-sonli buyrug‘i) buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 26 avgustdagi 5-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida resipientlarning dastlabki holatida koagulyasion omillar va antikoagulyantlarning muvozanati ahamiyati o‘rganildi. Iqtisodiy samaradorligi: kuzatsvdagi bemorlarda tombo-gemorragik asoratlar operatsiyadan keyingi erta davrda kuzatilgan (43%), asosan, 30 bemordan 8 (27%) nafarida fatal bo‘lmagan trombo-gemorragik asoratlar, 30 bemordan 1 (3%) nafarida jigar arteriyasi fatal trombozi, 1 (3%) tasida darvoza venasi fatal trombozi, 2 (7%) tasida fatal gemorragik insult va 1 (3%) fatal qon ketish asorati kuzatilgan. Bu holat operatsiyadan oldingi bemorning metabolik holati, operatsiya vaqtidagi qon ivish tizimiga ta’sir etuvchi omillar va operatsiyadan keyingi jigarning sintetik funksiyasining etishmasligini ko‘rsatadi, chunki qon ivish va qon ivishga qarshi hamda fibrinolitik tizim omillari turli omillar natijasida gipo- yoki giperkoagulyasiya tomonga osongina siljishi mumkin. Kasalxonada 1 kunga yotishi uchun minimal xarajat tejalishi 365000 so‘mni, operatsiya qilingan va trmbo-gemorragik asoratlar kuzatilgan 13 nafar bemorlarning 1 kunga 4745000 so‘m statsionar davolanish uchun tashkil etdi. Xulosa: Jigar transplantatsiyasini o‘tkazgan bemorlarda dastlabki holatini inobatga olib, gemostaziogramma parametrlarini o‘z vaqtida nazorat qilish statsionarda yotib davolanishda 1 kuniga 4745000 so‘m tejaydi;
ikkinchi ilmiy yangilik: jigar transplantatsiyasidan keyingi birinchi kun jigarning sintetik va eliminatsiya funksiyasi etishmovchiligi sabali kritik davr deb xarakteralanadi va birichi kun davomida gemostaz tizimi parametrlari og‘ishining eng namoyon bo‘lishi qayd etilishi isbotlangan - akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM» DM (2024 yil 10 maydagi №m/24-sonli), «Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi» (2024 yil 1 avgustdagi № 3034-sonli buyrug‘i) va Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi (2024 yil 31 iyuldagi 124-sonli buyrug‘i) buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 26 avgustdagi 5-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: jigar transplantatsiyasi o‘tkazgandan keyingi birichi kun davomida gemostaz tizimi parametrlari og‘ishining eng namoyon bo‘lishi qayd etilishi isbotlangan. Iqtisodiy samaradorligi: asoratlangan trombo-gemorragik asoratlar kuzatilgan bemorlarni davolash uchun ko‘proq xarajatlar talab etiladi, xususan, reipientlarda 1 kunlik reanimatsiya bo‘limida yotish 1350000 so‘m, jami 13 nafar trombo-gemorragik asoratlar kuzatilgan bemorlarga 1 kunlik reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limida asorat bilan yotish 17550000 so‘m tashkil etgan. Xulosa: trombo-gemorragik asoratlarni o‘z vaqtida aniqlab, ularni oldini olish va reanimatsiyada qolishni qisqartirish hisobiga 17550000 so‘m tejash imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: mahalliy gemostatik vositalarni birgalikda qo‘llash orqali jigarning rezeksiya qilingan yuzasida va ushbu gepatotransplantatsiyada venoz-protez anastomozlar sohasida yakuniy gemostazni ta’minlash samaradorligini oshirish usuli takomillashtirilgan (O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi qoshidagi intellektual mulk agentligidan ixtiroga Patent IAP 7589 02.02.2024y.) - akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM» DM (2024 yil 10 maydagi №m/24-sonli), «Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi» (2024 yil 1 avgustdagi № 3034-sonli buyrug‘i) va Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi (2024 yil 31 iyuldagi 124-sonli buyrug‘i) buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 26 avgustdagi 5-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: mahalliy gemostatik vositalarni birgalikda qo‘llash orqali jigarning rezeksiya qilingan yuzasida va ushbu gepatotransplantatsiyada venoz-protez anastomozlar sohasida yakuniy gemostazni ta’minlash samaradorligi oshirildi va buning natijasida yaqin qarindoshlar orasidagi jigar transplantatsiyasining natijalarini yaxshilashga olib keldi. Iqtisodiy samaradorligi: operatsiya vaqtida autovenalar yoki sun’iy qon tomir protezlaridan foydalangandan so‘ng jigarning rezeksiya yuzasi va protez anastomozlarning chok chiziqlariga mahalliy gemostatik mahsulotlarning ishlatilishi orqali qon ketish asoratlari olindi. Operatsiyadan keyingi davrda qon ketish asoratlari bilan yotib davolanishga 40000000 so‘m sarflangan, mahalliy gemostatik mahsulotlardan foydalanib qon ketish asoratlarini kamaytirish orqali statsionarda yotib davolanishga 20000000 so‘m sarflangan. Xulosa: Operatsiya vaqtida va operatsiyadan keyingi erta davrda qon ketish asoratlarini inobatga olib mahalliy gemostatik mahsulotlardan foydalanish 20000000 so‘mni tejash imkonini berdi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: jigarning rezeksiya yuzasiga qo‘llaniladigan "Hemoben" kukunli kompozisiyasi ustiga qo‘yilgan gemostatik gubkani plazma shimdirish bilan ishlatish "Back table" bosqichidayoq ikkala mahalliy agentning ta’sirini faollashtirishni ta’minlaydi, shuningdek, gemostatik yostiqcha shakllanishi va venoz-protez anastomozlarning tikuv chizig‘ini mustahkamlashi isbotlangan - akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM» DM (2024 yil 10 maydagi №m/24-sonli), «Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi» (2024 yil 1 avgustdagi № 3034-sonli buyrug‘i) va Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi (2024 yil 31 iyuldagi 124-sonli buyrug‘i) buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 26 avgustdagi 5-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Ikkita mahalliy gemostatik komponentlarning va donor plzmasining birgalikda qo‘llanilishi tufayli jigarning rezeksion yuzasida va veno-protez anastomozlar sohasida mahalliy qon sizib chiqishi  Back table bosqichidayoq o‘z samarasini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: Back table bosqichidayoq gemostazni ta’minlash tufayli operatsiya davrida qo‘shimcha chora-tadbirlar qo‘llanmgagan. Jigarning rezeksion yuzasilan va veno-protez anastomozlar sohasidan qon ketishi asorati kuzatilgan bemorlarda gemostazga erishish uchun qo‘shimcha chora tadbirlarga 1500000 so‘m sarflangan. Xulosa: yuqoridagi tadbiq qilingan usul orqali Back table bosqichidan gemostazga erishilib operatsiya vaqtida qo‘shimcha chora-tadbirlarga ketadigan 19500000 so‘mni tejash imkonini berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish