Xotamov Ixtiyor Eshmurotovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Abdominal sepsisda o‘pkadagi endotelial disfunksiyaning profilaktikasi va istiqbolini belgilash», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tib4148.
Ilmiy rahbar: Xamdamov Baxtiyor Zarifovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.05.2023.Tib.102.03.
Rasmiy opponentlar: Mamaradjabov Sobirjon Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori; Nazarov Shoxin Kuvvatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Tojikiston).
Yetakchi tashkilot: I.I.Mechnikov nomidagi shimoliy-g‘arbiy Sankt-peterburg davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
o‘pkada endotelial disfunksiyani bashorat qilish va oldini olish usullarini ishlab chiqish orqali abdominal sepsis bilan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tajribaviy hayvonlar organizmining umumiy reaktivligini pasaytirish va yo‘g‘on ichak devorining kollikavatsion nekrozi markazini yaratish orqali abdominal sepsisning tajribaviy modelini yiringli-yallig‘lanish jarayonining birlamchi o‘chog‘i va sepsisning barcha bosqichlari to‘liq jarayonining rivojlanishi inobatga olgan holda yangi usuli ishlab chiqilgan;
abdominal sepsis tajribaviy modelining rivojlanishi davomidagi endotelial o‘pkaning endotelial tizimidagi morfologik o‘zgarishlar patologik jarayon rivojlanishining dastlabki bosqichlarida (6-48 soat) o‘pkaning preal`veolyar kapillyar to‘ridagi dimlanishi va kechki davrida (72-96 soat) endoteliotsitlarning destruksiyasi rivojlanishi, bu esa endotelial hujayralar funksional xususiyatlarining prokoagulyant va antifibrinolitik fenotipli induksiyasi tomoniga siljishi xamda disseminatsiyalashgan tomir ichi qon ivishi sindromi rivojlanishining boshlang‘ich pozisiyaligi aniqlangan;
abdominal sepsisda kasallikning davomiyligi, organizm tizimli yallig‘lanish javob reaksiyasi sindromi belgilari soni, bemor yoshi, markaziy venoz qon tizimidagi S-reaktiv oqsil, Villebrand omili VCAM-1 xamda peroksinitrit darajasiga asoslangan o‘pkadagi endotelial disfunksiyani bashoratlash “EDLAS” (Endothelial dysfunction in the lungs in abdominal sepsis) usuli ishlab chiqilgan;
abdominal sepsisni kompleks davolashni o‘pka endotelial disfunksiyasini bashorat qilish uchun ishlab chiqilgan usuldan foydalanishni rejalashtirish tizimli yallig‘lanish javob reaksiyasi sindromining laboratoriya belgilarining o‘rtacha sonini va og‘ir sepsis kechishining o‘rtacha davomiyligini 2,6 baravarga, septik shokni esa 2,8 baravarga hamda bemorlarning nazorat guruhiga nisbatan o‘lim holatlarini 35,7% dan 17,1% gacha va yotoq/kun davomiyligini 18,2±5,7 dan 13,4±4,1 yotoq/kungacha kamaytirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha 2024 yil 25 iyundagi 01/10 – son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: tajribaviy hayvonlar organizmining umumiy reaktivligini pasaytirish va yo‘g‘on ichak devorining kollikavatsion nekrozi markazini yaratish orqali abdominal sepsisning tajribaviy modelini yiringli-yallig‘lanish jarayonining birlamchi o‘chog‘i va sepsisning barcha bosqichlari to‘liq jarayonining rivojlanishi inobatga olgan holda yangi usuli ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: tajribaviy hayvonlar organizmining umumiy reaktivligini pasaytirish va yo‘g‘on ichak devorining kollikavsion nekrozi markazini yaratish orqali abdominal sepsisning tajribaviy modelini yangi usuli ishlab chiqilgan bo‘lib, bu o‘z navbatida mazkur kasallarda asoratlarning kamaytirishga imkon berishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar RShTYoIM Navoiy viloyati filiali bo‘yicha buyruq (30.03.2024 y.; № 38-39) hamda RShTYoIM Buxoro viloyati filiali bo‘yicha buyruq (06.04.2024 y.; № 44-45) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: tajribaviy hayvonlar organizmining umumiy reaktivligini pasaytirish va yo‘g‘on ichak devorining kollikavsion nekrozi markazini yaratish orqali abdominal sepsisning tajribaviy modelini yangi usuli ishlab chiqilgan bo‘lib, bu o‘z navbatida sepsisni rivojlanishini oldini olish usullaridan foydalanish uchun imkon yaratib, operatsiyadan keyingi davrda asoratlarning kamaytirish imkoniyatini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: abdominal sepsisning tajribaviy modelini yangi usuli ishlab chiqilishi, mazkur bemorlarni davolash taktikasiga takomillashtirilgan usullarni qo‘llashga imkon bergan bo‘lib: bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 11,0 kundan 7,0 kungacha kunga qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 321000 so‘mga kamaytirgan (RShTYoIM BFning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 107000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 110000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: abdominal sepsisning tajribaviy modelini yangi usuli ishlab chiqilishi, mazkur bemorlarni davolash taktikasiga takomillashtirilgan usullarni qo‘llashga imkon bergan bo‘lib, ushbu bemorlarni davolash natijalariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatib, asoratlar va o‘limni kamaytirish imkonini beradi;
ikkinchi ilmiy yangilik: abdominal sepsis tajribaviy modelining rivojlanishi davomidagi endotelial o‘pkaning endotelial tizimidagi morfologik o‘zgarishlar patologik jarayon rivojlanishining dastlabki bosqichlarida (6-48 soat) o‘pkaning preal`veolyar kapillyar to‘ridagi dimlanishi va kechki davrida (72-96 soat) endoteliotsitlarning destruksiyasi rivojlanishi, bu esa endotelial hujayralar funksional xususiyatlarining prokoagulyant va antifibrinolitik fenotipli induksiyasi tomoniga siljishi xamda disseminatsiyalashgan tomir ichi qon ivishi sindromi rivojlanishining boshlang‘ich pozisiyaligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: abdominal sepsis bilan og‘rigan bemorlarda o‘pkada endotelial disfunksiyaning oldini olishning yangi usulidan foydalanish davolanish samarasini oshirishga imkon berishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar RShTYoIM Navoiy viloyati filiali bo‘yicha buyruq (30.03.2024 y.; № 38-39) hamda RShTYoIM Buxoro viloyati filiali bo‘yicha buyruq (06.04.2024 y.; № 44-45) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: abdominal sepsis bilan og‘rigan bemorlarda o‘pkada endotelial disfunksiyaning oldini olishning yangi usulidan foydalanish rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarning kamaytirish imkoniyatini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: abdominal sepsis bilan og‘rigan bemorlarda o‘pkada endotelial disfunksiyaning oldini olishning yangi usulidan foydalanish: bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 3 kunga qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 321000 so‘mga kamaytirgan (RShTYoIMBF ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 107000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 110000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: abdominal sepsis bilan og‘rigan bemorlarda o‘pkada endotelial disfunksiyaning oldini olishning yangi usulidan foydalanish davolanish samarasini oshirishga davolash natijalariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatib, asoratlarning kamaytirish imkonini beradi;
uchinchi ilmiy yangilik: abdominal sepsisda kasallikning davomiyligi, organizm tizimli yallig‘lanish javob reaksiyasi sindromi belgilari soni, bemor yoshi, markaziy venoz qon tizimidagi S-reaktiv oqsil, Villebrand omili VCAM-1 xamda peroksinitrit darajasiga asoslangan o‘pkadagi endotelial disfunksiyani bashoratlash “EDLAS” (Endothelial dysfunction in the lungs in abdominal sepsis) usuli ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: abdominal sepsis bilan og‘rigan bemorlarda o‘pkada endotelial disfunksiyani bashorat qilishning yangi usuli ishlab chiqilgan, bu o‘z navbatida bemorlarning barchasida kasallikning asoratlarini oldini olishda, davolash natijalarini yaxshilashga ko‘maklashib, natijada kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlar, o‘limni kamaytirib, shifo jarayonini tezlashtiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar RShTYoIM Navoiy viloyati filiali bo‘yicha buyruq (30.03.2024 y.; № 38-39) hamda RShTYoIM Buxoro viloyati filiali bo‘yicha buyruq (06.04.2024 y.; № 44-45) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: abdominal sepsis bilan og‘rigan bemorlarda o‘pkada endotelial disfunksiyani bashorat qilishning yangi usuli ishlab chiqilgan bo‘lib, bu o‘z navbatida bemorlarning barchasida kasallikning asoratlarini oldini olishda foydalanishimkon berib, bemorlarni tashxislash va davolash sifatini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: abdominal sepsis bilan og‘rigan bemorlarda o‘pkada endotelial disfunksiyani bashorat qilishning yangi usuli ishlab chiqilgan bo‘lib, bu o‘z bemorlarning barchasida kasallikning asoratlarini oldini olishda inobatga olinib davolashning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish, kasallik asoratlarini oldini olishga hamda bemorlarni sarflanadigan xarajatlarini 1400000 so‘mga kamaytirishga erishildi. Xulosa: abdominal sepsis bilan og‘rigan bemorlarda o‘pkada endotelial disfunksiyani bashorat qilishning yangi usulidan foydalanish, davolashda kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish hisobiga, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 750000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 255000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: abdominal sepsisni kompleks davolashni o‘pka endotelial disfunksiyasini bashorat qilish uchun ishlab chiqilgan usuldan foydalanishni rejalashtirish tizimli yallig‘lanish javob reaksiyasi sindromining laboratoriya belgilarining o‘rtacha sonini va og‘ir sepsis kechishining o‘rtacha davomiyligini 2,6 baravarga, septik shokni esa 2,8 baravarga hamda bemorlarning nazorat guruhiga nisbatan o‘lim holatlarini 35,7% dan 17,1% gacha va yotoq/kun davomiyligini 18,2±5,7 dan 13,4±4,1 yotoq/kungacha kamaytirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: abdominal sepsisni kompleks davolashni o‘pkada endotelial disfunksiyani bashorat qilish uchun ishlab chiqqilgan usuldan foydalanib rejalashtirish tizimli yallig‘lanish javob reaksiyasi sindromining laboratoriya belgilarining o‘rtacha sonini va og‘ir sepsis kechishining o‘rtacha davomiyligini qisqartirgan bo‘lib, shifo jarayonini tezlashtirib asoratlar va o‘limni kamaytirgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar RShTYoIM Navoiy viloyati filiali bo‘yicha buyruq (30.03.2024 y.; № 38-39) hamda RShTYoIM Buxoro viloyati filiali bo‘yicha buyruq (06.04.2024 y.; № 44-45) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: abdominal sepsisni kompleks davolashni o‘pkada endotelial disfunksiyani bashorat qilish uchun ishlab chiqqilgan usuldan foydalanib rejalashtirish tizimli yallig‘lanish javob reaksiyasi sindromining laboratoriya belgilarining o‘rtacha sonini va og‘ir sepsis kechishining o‘rtacha davomiyligini 2,6 baravarga, septik shokni esa 2,8 baravarga kamaytirgan, bu o‘z navbatida, rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan hayotga xavf tug‘diruvchi asoratlarni oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: abdominal sepsisni kompleks davolashni o‘pkada endotelial disfunksiyani bashorat qilish uchun ishlab chiqqilgan usuldan foydalanib rejalashtirish tizimli yallig‘lanish javob reaksiyasi sindromining laboratoriya belgilarining o‘rtacha sonini va og‘ir sepsis kechishining o‘rtacha davomiyligini hamda bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 3 kunga qisqartirib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 321000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 330000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: abdominal sepsisni kompleks davolashni o‘pkada endotelial disfunksiyani bashorat qilish usulini joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 321000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 330000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.