Nigmatov Ulugbek Jurakuzievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Samaradorligi oshirilgan kogeneratsion quyosh qurilmasi”, 05.05.06 – “Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari” ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T98.
Ilmiy rahbar: Raximov Rustam Xakimovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Farg‘ona politexnika instituti”.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona politexnika instituti, PhD.03/27.02.2020.T.106.02.
Rasmiy opponentlar: Payzullaxanov Muxammade-Sultanxan Saydivalixanovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Voxidov Akmal Ulashevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Fotoelektrik issiqlik moduli va quyosh kollektori asosidagi kogeneratsion qurilmani ishlab chiqish va issiqlik hamda elektr ta’minoti tizimida ularning asosiy konstruktiv va energetik ko‘rsatkichlarini tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fotoelektrik batareyadan absorberiga issiqlik tarqalishini hisobga olgan holda quyosh kogeneratsion qurilmasining maqbul parametrlarini tanlash va asoslash imkonini beruvchi matematik modeli ishlab chiqilgan;
ilk bora, fotoelektrik batareya bilan mujassamlashgan issiqlik absorber asosida issiq suvni isitish vaqtini 10 % gacha qisqartirish imkonini beruvchi avtomatlashtirilgan nazorat qiluvchi tizimi ishlab chiqilgan;
fotoelektrik issiqlik moduli va quyosh kollektori asosidagi kogeneratsion qurilmaning geometrik parametlariga bo‘gliq holda maqbul ish rejimlari va bak-akkumulyatorga etkazib beriladigan foydali issiqlikni miqdorini aniqlash imkonini beruvchi algoritm va apparat-dasturiy majmuasi ishlab chiqilgan;
fotoelektrik batareyaning harorati 30-35 °C oralig‘ida barqaror bo‘lishini hisobga olgan holda issiq suv va elektr energiyasini ishlab chiqarish imkonini beruvchi kogeneratsion qurilmaning konstuksiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarinig joriy qilinishi. Samaradorligi oshirilgan kogeneratsion quyosh qurilmasining unumdorligini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
bir vaqtning o‘zida issiq suv olish va elektr energiyasini ishlab chiqarish imkonini beruvchi avtomatlashtirilgan quyosh qurilmasi (IAP 06090) “Quvasoy shiferhrizotil” MChJ QK ma’muriy-maishiy binolarini modernizatsiyalashda issiqlik va elektr ta’minoti tizimida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Savdo Sanoat palatasi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasining 2024 yil 18 yanvardagi № 01-AC-25-03 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, binoning bir isitish mavsumida tarmoqdan iste’mol qilinuvchi issiqlik energiyasi sarfini 4-5 % ga kamaytirish imkonini bergan.
“Comsol Multiphysics 5.6.” dasturi asosida ishlab chiqilgan fotoelektrik batareyadan issiqlik absorberiga issiqlikni o‘tkazish imitatsion modeli “Quvasoytsement” AJ ma’muriy-maishiy binolarini modernizatsiyalashda issiqlik va elektr ta’minoti tizimini hisoblashda foydalanilgan (“Quvasoytsement” AJ korxonasining 2022 yil 21 martdagi № 2/1255-3213-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tizimda foydalanilayotgan elektr energiyasi sarfini 2-3 % ga kamaytirish imkonini bergan.