Axmedov Feruz Sayfullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bronxial astmaning genom prediktorlari va bazis terapiyaga farmakologik javob», 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya; 14.00.20 – Tibbiy genetika (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tib3085.
Ilmiy rahbarlar: Ziyadullaev Shuxrat Xudayberdievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ruzibakieva Malika Ruslanovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Immunologiya va inson genomikasi instituti xuzuridagi DSc.02/30.12.2019.Tib.50.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Muxamedov Rustam Sultanovich, biologiya fanlari doktori, professor; Irsalieva Fatima Xusnutdinovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: I.I. Mechnikov nomidagi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bronxial astmaning genom prediktorlari va bazis terapiyaga farmakologik javobni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor o‘zbek populyasiyasida bronxial astma rivojlanishida (bronx silliq mushaklarini nazorat qilishda) ADRβ2 va IL-17A genlarining rs1042713, rs2275913 polimorfizmlari uchrashi xamda kasallik patogenezida ular orasidagi uzviy  bog‘liqlik aniqlangan;
ilk bor o‘zbek millatiga mansub aholida bronxial astma kasalligida ADRB2 genining Arg16Gly polimorfizmi aniqlangan, ADRβ2 genning gomozigot AA genotipi va A alleli ushbu patologiyaga moyillik rivojlanishi bilan bog‘liqligi isbotlangan;
ilk bor o‘zbek millatiga mansub aholida bronxial astma kasalligida IL-17A genining G197A polimorfizmining gomozigot AA genotipi va A alleli uchrashi ushbu patologiyaga rivojlanishiga moyillik, aksincha GG genotipi G alleli esa kasallikka rezistentlik  omillari ekanligi isbotlangan;
ilk bor ADRβ2 genining rs1042713 polimorf variantlari GA yoki GG genotiplari bo‘lgan bemorlar AA genotipli bemorlarga nisbatan bronxodilatatorlar bilan davolashda ijobiy natija berishi,  IL-17A genining rs2275913 polimorf variantining GA + GG genotiplari bo‘lgan bemorlar IGKS bilan davolashda AA genotipiga nisbatan samarali natija berishi aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bronxial astmaning genom prediktorlari va bazis terapiyaga farmakologik javobni aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor o‘zbek populyasiyasida bronxial astma rivojlanishida (bronx silliq mushaklarini nazorat qilishda) ADRβ2 va IL-17A genlarining rs1042713, rs2275913 polimorfizmlari uchrashi xamda kasallik patogenezida ular orasidagi uzviy bog‘liqlik aniqlangan. Samarqand davlat tibbiyot universiteti (13.05.2024 yildagi №36 raqamli xulosasi) Qashqadaryo viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazining 16.01.2024 yildagi 03-sonli va Jizzax viloyat Sharof Rashidov tumani tibbiyot birlashmasining 10.01.2024 yildagi 02-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy qilingan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 26 avgustdagi 5-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: genetik markerlar haqidagi ma’lumotlar mintaqada bronxial astma bilan kasallanishni kamaytirishga qaratilgan sog‘liqni saqlash strategiyalari va tibbiy dasturlarni ishlab chiqish uchun ishlatilishi mumkin. Iqtisodiy samaradorligi: aniqlangan genetik markerlar asosida bronxial astmani erta aniqlash va tashxislash profilaktika choralarini va davolashni o‘z vaqtida belgilash imkonini beradi. Bu shoshilinch tibbiy yordam aralashuvlar va kasalxonaga yotqizish zaruratini kamaytirishi mumkin, bu esa o‘z navbatida umumiy sog‘liqni saqlash xarajatlarini kamaytiradi. Ushbu misolda erta aniqlash va tashxis qo‘yish shoshilinch tibbiy yordam aralashuvlar narxini tejashga olib kelishi mumkin. Xulosa: bronxial astmani erta tashxislash kasalxonaga shoshilinch tibbiy yordam olish uchun yotqizish sonini 20% ga kamaytiradi. Erta tashxis qo‘yish yiliga kasalxonaga 100ta shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish uchun yotqizishni oldini olsa, bu bir bemorga bronxolitik (qisqa va uzoq ta’sir qiluvchi) va glyukokortikoid (ingalyasion va tizimli) dori vositalarini qabul qilinishini oyiga ikki yuz ellik ming so‘m mablag‘ni tejash imkonini berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor o‘zbek millatiga mansub aholida bronxial astma kasalligida ADRB2 genining Arg16Gly polimorfizmi aniqlangan, ADRβ2 genning gomozigot AA genotipi va A alleli ushbu patologiyaga moyillik rivojlanishi bilan bog‘liqligi isbotlangan. Samarqand davlat tibbiyot universiteti (13.05.2024 yildagi №36 raqamli xulosasi) Qashqadaryo viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazining 16.01.2024 yildagi 03-sonli va Jizzax viloyat Sharof Rashidov tumani tibbiyot birlashmasining 10.01.2024 yildagi 02-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy qilingan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 26 avgustdagi 5-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: olingan ma’lumotlar bronxial astmaning oldini olishga va aholini o‘qitishga qaratilgan davlat dasturlarini yaratish uchun ishlatilishi mumkin, bu esa aholi salomatligini yaxshilash va umuman kasallanishni kamaytirishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: bronxial astmani oldini olish va erta davolash bemorlarning oilalariga tibbiy yordam, dori-darmonlar va kasallik tufayli daromadni yo‘qotish bilan bog‘liq moliyaviy yukni kamaytirishga yordam beradi. Xulosa: astmaning oldini olish va erta davolash vaqtinchalik nogironlik tufayli bemor hisobiga sarflanadigan mablag‘ni 30% ga kamaytirish imkonini berdi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor o‘zbek millatiga mansub aholida bronxial astma kasalligida IL-17A genining G197A polimorfizmining gomozigot AA genotipi va A alleli uchrashi ushbu patologiyaga rivojlanishiga moyillik, aksincha GG genotipi G alleli esa kasallikka rezistentlik  omillari ekanligi isbotlangan. Samarqand davlat tibbiyot universiteti (13.05.2024 yildagi №36 raqamli xulosasi) Qashqadaryo viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazining 16.01.2024 yildagi 03-sonli va Jizzax viloyat Sharof Rashidov tumani tibbiyot birlashmasining 10.01.2024 yildagi 02-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy qilingan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 26 avgustdagi 5-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: genetik ma’lumotlar yuqori xavf guruhlariga qaratilgan maqsadli profilaktika dasturlarini yaratish uchun ishlatilishi mumkin. Bu sog‘liqni saqlash resurslaridan samarali foydalanish, aholi o‘rtasida kasalliklarni kamaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: genetik ma’lumotlarga asoslanib, xavfli genotipli odamlar uchun maqsadli profilaktika dasturlarini ishlab chiqish mumkin. Bu sog‘liqni saqlash resurslaridan samaraliroq foydalanish, ularni xavfli guruhlarga yo‘naltirish imkonini beradi. Xulosa: agar tadqikotda ishtirok etganlaring 10% xavf genotipiga ega bo‘lsa va mazkur kogortada profilaktika dasturi o‘tkazilsa, kasalxonaga yotqizish va ambulator davolanish xarajatlarining profilaktika xarajatlariga nisbatan kamayganligini hisobga olsak, yiliga davlat byudjetidan o‘ttiz million so‘m mablag‘ni tejab qolish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor ADRβ2 genining rs1042713 polimorf variantlari GA yoki GG genotiplari bo‘lgan bemorlar AA genotipli bemorlarga nisbatan bronxodilatatorlar bilan davolashda ijobiy natija berishi,  IL-17A genining rs2275913 polimorf variantining GA + GG genotiplari bo‘lgan bemorlar IGKS bilan davolashda AA genotipiga nisbatan samarali natija berishi aniqlangan. Samarqand davlat tibbiyot universiteti (13.05.2024 yildagi №36 raqamli xulosasi) Qashqadaryo viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazining 16.01.2024 yildagi 03-sonli va Jizzax viloyat Sharof Rashidov tumani tibbiyot birlashmasining 10.01.2024 yildagi 02-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy qilingan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 26 avgustdagi 5-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: maqsadli va aniq davolash bronxial astma belgilarini yaxshiroq nazorat qilishga va kasallikning avj olish davrlar chastotasini kamaytirishga yordam beradi, bu esa hayot sifatini yaxshilaydi va jismoniy hamda ruhiy stressni kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: bemorning samarasiz dori-darmonlarni qabul qilish ehtimolini kamaytiradi, bu muqobil davolash usullari yoki shifokorga takroriy tashriflar uchun qo‘shimcha xarajatlarni kamaytiradi. Xulosa: terapiyani to‘g‘ri belgilash davolanish xarajatlarni 30%ga kamaytiradi va bemor uchun sezilarli mablag‘ tejab qolinishi imkonini berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish