Adilova Shaxnoza Raximovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «XX-XXI asr Amerika ommaviy adabiyotida sentimental ishqiy romanlar (Nora Roberts ijodi materiali asosida)», 10.00.04–Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 2017.3.PhD/Fil226.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.21.01.
Ilmiy rahbar: Lixodzievskiy Anatoliy Stepanovich,filologiya fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Xallieva Gulnoz Iskandarovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Kasimova Zamira Abdullaevna,filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: Nora Roberts ijodida sentimental ishqiy romanchilik janrining rivojlanish dinamikasi, g‘oyaviy-estetik xususiyati va muallifning badiiy mahoratini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sentimental ishqiy romanchilik janrida ommaviy adabiyotga xos shakl va mazmun mutanosibligining uslubiy standartlari isbotlangan;
Amerika ommaviy adabiyotida bosh syujet chizig‘i bo‘lgan muhabbat mavzusi boshqa mavzularni o‘ziga bo‘ysundirib hal qiluvchi rol` o‘ynashi va sentimental ishqiy janrning gibrid romanchilik belgilari Nora Roberts asarlari misolida asoslangan;
asliyat matndagi Nora Roberts badiiy texnikasi va ijtimoiy-estetik tasvir uslubining asar voqeliklarida taranglikni saqlab tura olishi, o‘quvchi diqqatini qochirmasligi, uning his-tuyg‘ulariga ta’sir eta olish kabi unikal jihatlari isbotlangan;
Nora Roberts romanlarida tipologik va janr xususiyatlarining boshqa janr unsurlari bilan sintezlashuvi muallif ijodiy individualligida namoyon bo‘lishi dalillangan;
ommaviy adabiyotda sentimental ishqiy romanlarga talab maydonining kengligi, uning emotsional-ekspressiv jihatdan rang-barangligi bilan o‘z qatlamidagi asarlardan jiddiy farqlanishi, nisbiy kommunikativ ustunligi hamda faolligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Amerikaning ommaviy adabiyotida o‘ziga xos o‘rin tutgan sentimental ishqiy romanchilik janrini o‘rganish jarayonida olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
sentimental ishqiy roman turlari, janr uchun xos bo‘lgan syujet, qahramonlar va asarlarda qo‘llangan konflikt tiplari, Nora Robertsning badiiy mahorati va uning ijodidagi ommaviy madaniyat andozalarining uyg‘unlashuvi, tili va uslubi bilan bog‘liq natijalardan Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyining «O‘zbekiston va jahon adabiyotida umumbashariy mavzular» nomli ekspozisiyasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 17 apreldagi 311255-978-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan xulosalar va materiallar AQSh ommaviy adabiyoti kontekstida sentimental ishqiy roman turlari va ular ommabopligining o‘ziga xos xususiyatlarini namoyish etishda asos bo‘lgan;
Amerika ommaviy adabiyotining sentimental ishqiy romanlar ommabopligining asoslari, Nora Roberts badiiy texnikasi va mahorati, uning romanlaridagi badiiy obrazlilikning konkret yo‘llari to‘g‘risidagi xulosalar «Conversation Club» ilmiy faoliyatida foydalanilgan (Amerika Qo‘shma Shtatlari elchixonasining 2018 yil 28 martdagi ma’lumotnomasi). Natijada klub tinglovchilariga Amerika xalqi madaniyati va adabiyotining bir yo‘nalishi bo‘lgan AQSh ommaviy adabiyoti orqali madaniyatlararo o‘ziga xos milliy va universal xususiyatlarni to‘la-to‘kis ochib berishga xizmat qilgan;
hozirgi zamon badiiy asarlaridagi o‘zbek milliy mentalitetiga mos kelmaydigan bir qator ishqiy sahnalar tasvirlangan naturalizmning salbiy ta’siri tanqidiy tahlilidan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining «Madaniyat va ma’rifat» telekanalidagi «Mezon» turkum teleko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi davlat unitar korxonasining 2018 yil 11 maydagi 01–16/280-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot materiallari teleko‘rsatuvning ommaviyligini oshirish, mumtoz adabiyotning ommaviy adabiyotdan farqli jihatlari, millatning umumiy madaniy saviyasiga ommaviy adabiyotning ta’sirini yoritib berishga xizmat qilgan;
sentimental ishqiy roman janri bilan bog‘liq terminlardan «Madaniyatlararo va kommunikativ yondashuv asosida magistratura ixtisosliklari uchun nazariy fanlar bo‘yicha ingliz tilida darsliklar hamda o‘quv qo‘llanmalari yaratish va lingvistik atamalar o‘zbek-ingliz-rus tillari lug‘atini yaratish» mavzuidagi A-1-209 raqamli davlat amaliy granti loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 7 fevraldagi 89-03-608-son ma’lumotnomasi). Natijada jahon adabiyoti va madaniyati, ularning xilma-xilligi, milliyligi va universalligini ko‘rsatuvchi leksikani ifodalashda asos bo‘lgan.