Ergasheva Muhayyo G‘anijonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): XX asrning 20–30-yillarida O‘zbekiston xalq ta’limi tizimida xotin-qizlarning ishtiroki, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tar739.
Ilmiy rahbar: Rasulov Baxtiyor Maxmudjonovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Tar.05.05.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Muzrobjon Gulomovich, tarix fanlari doktori, professor; Xaydarov Izzatillo, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX asrning 20 – 30-yillarida O‘zbekistonda xalq ta’limi tizimining ahvoli va unda xotin-qizlarning ishtiroki masalasini birlamchi manbalar va ilmiy adabiyotlar asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XX asr birinchi choragida Turkiston o‘lka xalqlari uchun tamoman yangi bo‘lgan ta’lim tizimining joriy etilishi va “Hujum” harakati asosidagi “ayollar kooperatsiyasi” va “xotin-qizlar emansipatsiyasi”dan sovet hokimiyati ishchilar sinfi tarkibida ayollar salmog‘ini oshirish maqsadida foydalanganligi ochib berilgan;
O‘zbekiston SSRda bolsheviklar hokimiyati tomonidan savodsizlikni tugatish siyosatining joriy etilishi natijasida o‘zbek ayollari o‘rtasida savodlilar soni ko‘paygani, 1926-1937-yillarda respublikaning 16-49 yoshli xotin-qizlar o‘rtasida savodlilar soni 102 748 nafarga ortgani va ushbu ko‘rsatkich 60 foizni tashkil etgani aniqlangan;
XX asr 20 – 30-yillarida respublikada xotin-qizlar o‘rtasidagi savodsizlik darajasi erkaklarga nisbatan ancha past bo‘lgani sababli, aynan ayollar uchun pedagogika bilim yurtlarining tashkil etilishi hamda mahalliy ayol o‘qituvchilar tayyorlashning ortib borgani natijada savodsizlik darajasining kamayishiga ta’sir ko‘rsatgani asoslangan. Mahalliy tillarda ta’lim beruvchi ayol o‘qituvchilarning etishmasligi oqibatida boshqa millat (rus, tatar, tojik) vakillarini o‘qituvchilik uchun safarbar etilishi orqali faoliyat samaradorligi ortgani isbotlangan;
XX asrning 20 – 30-yillarida O‘zbekiston tarixida tamoman yangi hisoblangan xalq ta’limi tizimida pedagog kadrlar uchun o‘quv kurs rejalari (420 soat), belgilangan savodsizlik kurslari rejalari (3 oyga mo‘ljallangan 317 soat, 4 oyga mo‘ljallangan 364 soat) hamda ta’lim haftaliklarining belgilangan dars mavzulari o‘rganilib, o‘quv soatlarining 30 foizi siyosiy o‘qish mavzulariga ajratilganligi dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XX asr birinchi choragida Turkiston o‘lka xalqlari uchun tamoman yangi bo‘lgan ta’lim tizimining joriy etilishi va “Hujum” harakati asosidagi “ayollar kooperatsiyasi” va “xotin-qizlar emansipatsiyasi”dan sovet hokimiyati ishchilar sinfi tarkibida ayollar salmog‘ini oshirish maqsadida foydalanganligiga oid ilmiy-tarixiy ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali “Taqdimot” ko‘rsatuvlari senariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2023-yil 12-iyuldagi 02-31-1082-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar ko‘rsatuvni mazmunan boyitishga va teletomoshabinlarning xalq ta’limi tizimiga oid bilim va tasavvurlarini yanada boyitishiga xizmat qilgan;
O‘zbekiston SSRda bolsheviklar hokimiyati tomonidan savodsizlikni tugatish siyosatining joriy etilishi natijasida o‘zbek ayollari o‘rtasida savodlilar soni ko‘paygani, 1926-1937-yillarda respublikaning 16-49 yoshli xotin-qizlar o‘rtasida savodlilar soni 102 748 nafarga ortgani va ushbu ko‘rsatkich 60 foizni tashkil etganiga doir ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali ko‘rsatuvlari senariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 20-fevraldagi 02-31-271-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan ma’lumotlar ko‘rsatuvlarni mazmunan boyitishga, teletomoshabinlarning sovet hokimiyati dastlabki davrida xotin-qizlarning ijtimoiy ahvoli va ilk sovet maktablarining faoliyati haqida qo‘shimcha ma’lumotlarga ega bo‘lishlariga xizmat qilgan;
XX asr 20 – 30-yillarida respublikada xotin-qizlar o‘rtasidagi savodsizlik darajasi erkaklarga nisbatan ancha past bo‘lgani sababli, aynan ayollar uchun pedagogika bilim yurtlarining tashkil etilishi hamda mahalliy ayol o‘qituvchilar tayyorlashning ortib borgani natijada savodsizlik darajasining kamayishiga ta’sir ko‘rsatganiga doir materiallardan Andijon viloyati tarix va madaniyat muzeti “Tarix bo‘limi” zalini boyitishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi madaniy meroslar agentligini 2023-yil 1-iyul sanasidagi 04-06/2472-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyiga tashrif buyuruvchilarning O‘zbekiston tarixiga doir bilim va tasavvurlarini yanada boyitishga xizmat qilgan;
XX asrning 20 – 30-yillarida O‘zbekiston tarixida tamoman yangi hisoblangan xalq ta’limi tizimida pedagog kadrlar uchun o‘quv kurs rejalari (420 soat), belgilangan savodsizlik kurslari rejalari (3 oyga mo‘ljallangan 317 soat, 4 oyga mo‘ljallangan 364 soat) hamda ta’lim haftaliklarining belgilangan dars mavzulari o‘rganilib, o‘quv soatlarining 30 foizi siyosiy o‘qish mavzulariga ajratilganligiga oid ma’lumotlardan Andijon viloyati tarix va madaniyat muzeyi “Tarix bo‘limi” zalini boyitishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi madaniy meroslar agentligini 2023-yil 1-iyul sanasidagi 04-06/2472-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyiga tashrif buyuruvchilarning XX asrning 20 – 30-yillarida O‘zbekiston ta’lim tizimidagi o‘zgarishlarga doir bilim va tasavvurlarini yanada boyitishga xizmat qilgan.