Allaberganova Adolat Atabek qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
“Mutrib Xonaxarobiy she’riyati lingvopoetikasi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil1703.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Primov Azamat Iskandarovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02.
Rasmiy opponentlar: Qurboniyazov Gulmirza Allamberganovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Matnazarov Javlon Qobulovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Mutrib Xonaxarobiyning lisoniy birliklardan foydalangan holda erishgan ijodiy uslubini asoslash va bu orqali ushbu muallif she’riyatidagi lisoniy vositalarning o‘zbek tili rivojidagi o‘rnini belgilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shoir she’riyati tilining eski o‘zbek adabiy tilida yaratilgan badiiy manbalar orasida o‘z davridagi til qonuniyatlariga amal qilib, jonli so‘zlashuv tilida bitilgani, poetik matnlar hosil qila olgani, she’rlarida so‘z ma’nosining bir-biriga mos kelishi, sema zidligi darajasiga alohida ahamiyat qaratilgani, she’riyatidan anglashiladigan vohaga xos xususiyatlar, xalq turmushiga xos lavhalar, hayotiy voqealar tilning turli imkoniyatlaridan foydalanish orqali ochib berilgani sababli muhim o‘ringa egaligi asoslangan;
shoir she’riyatida qo‘llanilgan shevaga xos so‘zlar, antonimlar, sinonimlar va iboralar kabi til vositalarining badiiy matn butunligini hosil qilishdagi imkoniyatlari ko‘rsatilib, ular badiiy tasvir yaratish uchun asos ekanligi ochib berilgan, shuningdek, eski o‘zbek adabiy tiliga oid lug‘atlardagi so‘zlar va ularning semalari hajmini kengaytirishda ushbu muallif asarlari til boyligidan foydalanishning muhim ekanligi izohlangan;
ijodkorning til vositalaridan ijodiy tarzda foydalanishi, ayrim o‘rinlarda ularga yangi ma’no yuklay olish mahorati uslubiy figura va troplardan unumli foydalanishi orqali izohlangan hamda metafora, metonimiya, o‘xshatish, gradatsiya, takror, emotsional gap hamda inversiyaning poetik matn tarkibidagi muhim o‘ringa egaligi, bu tasvir vositalarining semantik, uslubiy imkoniyatlari aniqlangan;
badiiy nutqda tasvirlanayotgan mazmunni hayotiy va jonli tasvirlash, his-tuyg‘u hamda ichki kechinmalarni yorqin ifodalashga imkoniyat yaratuvchi tilning turli sathlariga oid lisoniy birliklar har qanday matnni badiiylik darajasiga ko‘tara olishi, shuningdek, bu til vositalari matnda kuchli lingvopoetik aktuallashishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mutrib Xonaxarobiy she’riyatining lingvopoetik xususiyatlari, mavzu tadqiqi yuzasidan olingan natijalar asosida:
shoir she’riyati tilining eski o‘zbek adabiy tilida yaratilgan badiiy manbalar orasida o‘z davridagi til qonuniyatlariga amal qilib, jonli so‘zlashuv tilida bitilgani, poetik matnlar hosil qila olgani, she’rlarida so‘z ma’nosining bir-biriga mos kelishi, sema zidligi darajasiga alohida ahamiyat qaratilgani, she’riyatidan anglashiladigan vohaga xos xususiyatlar, xalq turmushiga xos lavhalar, hayotiy voqealar tilning turli imkoniyatlaridan foydalanish orqali ochib berilgani sababli muhim o‘ringa egaligi haqidagi natija va xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2017 – 2020-yillarda bajarilgan FA-F1-G003-raqamli “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 11-iyuldagi 283/1-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada keltirilgan ilmiy xulosalarga tayanib, turkiy adabiyotimizda iz qoldirgan har bir ijodkor asarlari tilini o‘rganishning tilimiz rivojiga ta’siri, tadqiqotning esa turkiy tilshunoslik taraqqiyotiga qay darajada ahamiyat ko‘rsatayotganligini aniqlashda, qardosh tillardagi lingvopoetik birliklarning talqin qilinishi ilmiy qarashlarni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishi belgilangan. Tadqiqot materiallari o‘zbek va qoraqalpoq tilshunosligida lingvopoetika sohasi taraqqiyoti uchun muhim ilmiy-nazariy ma’lumotlar bergan;
shoir she’riyatida qo‘llanilgan shevaga xos so‘zlar, antonimlar, sinonimlar va iboralar kabi til vositalarining badiiy matn butunligini hosil qilishdagi imkoniyatlari ko‘rsatilib, ular badiiy tasvir yaratish uchun asos ekanligi, shuningdek, eski o‘zbek adabiy tiliga oid lug‘atlardagi so‘zlar va ularning semalari hajmini kengaytirishda ushbu muallif asarlari til boyligidan foydalanishning muhim ekanligi haqidagi natijalaridan Xorazm Ma’mun akademiyasida faoliyat olib borayotgan A-FA-2019-9 shifrli “Qadimiy yozma noyob qo‘lyozma va manbalarni tadqiq qilish, ularning raqamlashtirilgan bibliotekasini yaratish” amaliy loyihasida keng foydalanilgan (O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Xorazm Ma’mun akademiyasining 2024-yil 29-maydagi 86/2-24-son ma’lumotnomasi). Jumladan, dissertatsiya materiallari manbalarda uchraydigan o‘g‘uz shevalari unsurlarini belgilashda qo‘llanilgan, tarixiy asarlar matnida uchraydigan so‘zlarni izohlashda manba bo‘lgan;
ijodkorning til vositalaridan ijodiy tarzda foydalanishi, ayrim o‘rinlarda ularga yangi ma’no yuklay olish mahorati uslubiy figura va troplardan unumli foydalanishi orqali izohlangan hamda metafora, metonimiya, o‘xshatish, gradatsiya, takror, emotsional gap hamda inversiyaning poetik matn tarkibidagi muhim o‘ringa egaligi bo‘yicha aniqlangan xulosa va natijalardan  Xorazm viloyati teleradiokompaniyasi tomonidan 2022-yil 19-oktyabr va 2023-yil 20-oktyabr kunlari “Assalom, Xorazm!” dasturida hamda 2021-yil 3-noyabrda “Tilimizni o‘rganamiz” ko‘rsatuvida, 2023-yil 6-iyunda “Til millat ko‘zgusi” radioeshittirishida foydalanilgan (Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining  2022-yil  9-yanvardagi 15-son  va 2021-yil 22-fevraldagi 98-son hamda 2023-yil 7-iyundagi 444-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur manbalar ko‘rsatuvlarni ma’rifiy va amaliy jihatdan boyitishga hissa qo‘shgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish