Yodgorov Shamsiddin Abduraimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Qur’oni karimning inglizcha tarjimalarida adekvatlik muammosining lingvokognitiv tadqiqi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil2936.
Ilmiy rahbar: Xoshimxo‘jaeva Mohiruh Muzaffarovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Fil.76.05.
Rasmiy opponentlar: Abduvaliev Muhammadjon Arabovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Amonov Barot Murodovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qur’oni karim inglizcha tarjimalarining asliyatga nisbatan adekvatligini lingvokognitiv jihatdan ochib berish orqali tarjimalardagi kognitiv perspektivli muammolarni aniqlashdan iborat;
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qur’oni karim ma’nolarini, undagi diniy nutq aktining tub mohiyatini to‘g‘ri idrok va tarjima qilishda Qur’onshunoslik fanlari bilan birgalikda tarjimashunoslik, teolingvistika va kognitiv tilshunoslik fanlariga murojaat ehtiyoji mavjudligi asoslanib, Qur’oni karim va uning tarjimalarini tadqiq qiluvchi Qur’onshunoslik, teoliongvistika va kognitiv tarjimashunoslik fanlari ilmiy interdissiplinariyasidan iborat yangi metodologik yondashuvning nazariy asoslari yaratilgan;
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasida adekvatlikni ta’minlaydigan tarjima, tafsir va sababi nuzul ilmlari integratsiyasi asosidagi “tafsiriy tarjima” nomli Qur’on oyatlarini tafsir usullari va sababi nuzul hadislariga tayangan holda ma’noviy tarjima qilish metodologiyasi ishlab chiqilgan;
Islom dinining aqidaviy asoslarini tashkil etuvchi Qur’on oyatlariga berilgan inglizcha tarjimalar tahlillash jarayonida Qur’on oyatlari tub mohiyatining tarjima jarayonida buzilishiga olib keluvchi asosiy omil, tahlilga tortilgan tarjimalarda mualliflarining Qur’oni karimga nisbatan bibliyaviy, falsafiy-sekulyar va mazhabiy qarashlari ta’siri mavjudligi isbotlanib, Qur’oni karimning mavjud inglizcha ma’noviy tarjimalari bibliyaviy, falsafiy-sekulyar va mazhabiy qarashlardagi tarjimalar shaklida asoslangan;
Qur’oni karim inglizcha ma’noviy tarjimalarida yanglish talqin qilinuvchi olamning diniy manzarasiga oid hamda Islom dinining aqidaviy asoslarini tashkil etuvchi Qur’on konseptlarining tub mohiyati semantik intertekstuallik va ritorik ta’rif kabi o‘ziga xoslikka ega bo‘lgan Qur’oni karimni uning o‘zi orqali tafsir qilish usuli yordamida  ochiqlandi va u asosida ularga berilgan inglizcha alternativlarning kognitiv semantik va konseptual metaforik adekvatlik muammolarini aniqlash ularni ilmiy xolislik hamda diniy bag‘rikenglik yondashuviga ko‘ra barataraf qilish mexanizmlari takomillashtirilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qur’oni karimning inglizcha tarjimalarida adekatlik muammosining lingvokognitiv tadqiqi mavzusidagi tadqiqot ishining ilmiy natijalarini tashkil etuvchi ilmiy maqola va tezislari hamda tadqiqotchining ilmiy xulosa va takliflardan:
Islom dinining aqidaviy asoslarini tashkil etuvchi Qur’on oyatlariga berilgan inglizcha tarjimalar tahlillash jarayonida tarjimalarda mualliflarining Qur’oni karimga nisbatan bibliyaviy, falsafiy-sekulyar va mazhabiy qarashlari ta’siri mavjudligi borasidagi ilmiy asosli taklif va tavsiyalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora tadbirlar dasturining VI yo‘nalishida belgilangan “Millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglik bo‘yicha targ‘ibot – tashviqot tadbirlari, aholi o‘rtasida radikalizm illatini oldini olish” 26 – bandi “Jamiyatda radikallashuv kuchayishini oldini olish, yoshlar ongini buzg‘unchi yot g‘oyalar bilan zaharlashga qaratilgan turli xil harakatlarga qarshi kurashish borasida ustuvor vazifalarni belgilash va amalga oshirish” mavzusidagi targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy – ma’naviy tadqiqotlar instituti rahbariyatining 2023-yil 17-maydagi 193-son dalolatnomasi) Natijada, yoshlarda ishonchli diniy manbalardan foydalanish madaniyatini shakllantirish jarayonining metodologik asoslari takomillashtirilishiga erishilgan;
Qur’oni karim inglizcha ma’noviy tarjimalarida yanglish talqin qilinuvchi olamning diniy manzarasiga oid hamda Islom dinining aqidaviy asoslarini tashkil etuvchi Qur’on konseptlarining tub mohiyati semantik intertekstuallik va ritorik ta’rif kabi o‘ziga xoslikka ega bo‘lgan Qur’oni karimni uning o‘zi orqali tafsir qilish usuli yordamida  ochiqlandi va u asosida ularga berilgan inglizcha alternativlarning kognitiv semantik va konseptual metaforik adekvatlik muammolarini aniqlash ularni ilmiy xolislik hamda diniy bag‘rikenglik yondashuviga ko‘ra barataraf qilish mexanizmlari asosida takomillashtirilgan taklif va tavsiyalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining Davlat ilmiy-texnik dasturi doirasidagi 2020-2022 - yillarga mo‘ljallangan PZ-2020042022 “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasi”ni yaratish bo‘yicha amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan 2023-yil 7-oktyabrdagi 01/10-2027-son ma’lumotnoma). Natijada, Qur’oni karim oyatlarini turkiy va ingliz tilida tafsirini tayyorlash jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari oshgan;
Qur’oni karim ma’nolarini, undagi diniy nutq aktining tub mohiyatini to‘g‘ri idrok va tarjima qilishda Qur’onshunoslik fanlari bilan birgalikda tarjimashunoslik, teolingvistika va kognitiv tilshunoslik fanlariga murojaat ehtiyoji mavjudligi ilmiy asoslanib, Qur’oni karim va uning tarjimalarini tadqiq qiluvchi Qur’onshunoslik, teoliongvistika va kognitiv tarjimashunoslik fanlari ilmiy interdissiplinariyasidan iborat yangi metodologik yondashuvning ilmiy-nazariy asoslariga asosan yaratilgan taklif va tavsiyalaridan Hakim Termiziyning Qur’oni karim tafsiriga bag‘ishlangan “Bahrut Tafsiyr” asari tahqiq va tabdilida, shuningdek, Abu Iso termiziyning “Shamoili Muhammadiya” va “Sunani Termiziy” asarlarining o‘zbek tilidagi tarjimalarini tayyorlashda Termiz davlat universiteti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasi tarkibiga kiruvchi “Tilning leksik-semantik tizimini chog‘ishtirma-tipologik o‘rganishning dolzarb muammolari: diaxroniya va sinxroniya” mavzusidagi ilmiy-tadqiqot doirasida foydalanilgan (Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi rahbariyatining 2024-yil 10-iyuldagi 01-07/64-son ma’lumotnomasi). Natijada, Islomshunoslik va Qur’onshunoslik sohalariga oid ilmiy manba va adabiyotlar tahlili yuqoridagi manbalar tahqiqida ilmiy sharh va izohlar berishga va boyitishga xizmat qilgan;
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasida adekvatlikni ta’minlaydigan tarjima, tafsir va sababi nuzul ilmlari integratsiyasi asosidagi “tafsiriy tarjima” nomli Qur’on oyatlarini tafsir usullari va sababi nuzul hadislariga tayangan holda ma’noviy tarjima qilish metodologiyasi doirasida ishlab chiqilgan tavsiyalardan  Imom Termiziy o‘rta maxsus islom bilim yurti talabalari o‘quv mashg‘ulotlarida Termiz davlat universiteti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasi tarkibiga kiruvchi “Tilning leksik-semantik tizimini chog‘ishtirma-tipologik o‘rganishning dolzarb muammolari: diaxroniya va sinxroniya” mavzusidagi ilmiy-tadqiqot doirasida foydalanilgan  (Imom Termiziy o‘rta maxsus bilim yurti markazining 2024-yil 27-fevraldagi 19-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qur’oni karim ma’nolarining tarjima qilinishi borasidagi g‘arbona usul, uslub va yondashuvlar tahlili talabalarda yot g‘oyalar va missionerlik xurujlariga qarshi ilmiy immunitet shakllanishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish