Tursunqulov Sanjar Dilmurod o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XX asr birinchi yarmi ispan prozasining poetik xususiyatlari (Ramon Mariya del Valle-Inklan va Pio Baroxa-i-Nessi asarlari misolida)”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fil1968.
Ilmiy rahbar: Qarshibaeva Uljan Davirovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.2019.Fil.83.01.
Rasmiy opponentlar: Umurova Go‘zal Xotamovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Fayzullaeva Umida Ilxomovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX asr birinchi yarmi ispan prozasining poetik xususiyatlarini Ramon Mariya del Valle-Inklan va Pio Baroxa-i-Nessi asarlari misolida aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ramon Mariya del Valle-Inklan va Pio Baroxa-i-Nessilarning asarlarini poetik tahlil qilish orqali Ispaniya tarixi haqidagi romanlar siklida fars va grotesk kabilar ustunlik qilishi aniqlangan;
Ramon Mariya del Valle-Inklan va Pio Baroxa-i-Nessilarning “Ayollar hikoyalari”, “Sonatalar”, “Tabarruklik guli”, “Karlistlar urushi”, “Banderas ismli zolim” asarlari qahramonlarning taqdiriga jamiyat va ijtimoiy muhit ta’siri poetik baholash asosida ochib berilgan;
Ramon Mariya del Valle-Inklan va Pio Baroxa-i-Nessi nasriy asarlarining poetik xususiyatlari tahlil qilinib matnda monologik va diologik diskurs xususiyatlari obrazlar talqinida dalillangan;
Ramon Mariya del Valle-Inklan va Pio Baroxa-i-Nessi badiiy ijodining ispan adabiyotidagi roli va ahamiyati asarlardagi qahramonlar taqdirini baholash asosida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ispan yozuvchilari Valle Inklan va Baroxa merosini tahlil qilish bo‘yicha ilmiy natijalar asosida ispan nasrining badiiy tahlilini yanada rivojlantirish doirasida olib borilgan tadqiqotdan olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
Ramon Mariya del Valle-Inklan va Pio Baroxa-i-Nessilarning asarlarini poetik tahlil qilish orqali Ispaniya tarixi haqidagi romanlar siklida fars va grotesk kabilar ustunlik qilishi aniqlanganligiga oid takliflar 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan va Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashi bilan hamkorlikda AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtiriladigan ’’English Access Microscholarship Program” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 14-avgusdagi 1555/02-son ma’lumotnomasi). Natijada ispan adabiyotining poetik xususiyatlari borasidagi nazariy xulosalarning takomillashuviga erishilgan;
Valle-Inklan va Baroxa kabi ispan ijodkorlari badiiy asarlarining poetikasini, “Ayollar hikoyalari”, “Sonatalar”, “Tabarruklik guli”, “Karlistlar urushi”, “Banderas ismli zolim” asarlari qahramonlari taqdiriga jamiyat va ijtimoiy muhit ta’sirini poetik tahlil qilish asosida aniqlangan davr xususiyatlarini chuqur oʻrganish maqsadida mazkur tadqiqot ishidagi tahlil natijalaridan Evropa Ittifoqining Erasmus + dasturining 585845-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP CLASS: “Computational Linguistics at Central Asian universities” grant loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 13-iyundagi 1635/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada Innovatsion tadqiqot loyihasi doirasida “Tili o‘rganilayotgan mamlakat adabiyoti” fanidan talabalarga ispan adabiyotidagi madaniy, tarixiy va badiiy jihatlarini o‘rgatish, shuningdek, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga zamin yaratgan;
Ramon Mariya del Valle-Inklan va Pio Baroxa-i-Nessi nasriy asarlarining poetik xususiyatlari tahlil qilinib matnda monologik va diologik diskurs xususiyatlari obrazlar badiiy diskurs masalasi bo‘yicha olingan xulosalardan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 30-martdagi 832/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada “Tili o‘rganilayotgan mamlakat adabiyoti” fanining nazariy asoslarini boyitishga hamda monologik diskurs va diologik diskurs xususiyatlarini tushunishga xizmat qilgan;
XX asr birinchi yarmi ispan prozasining poetik xususiyatlari Ramon Maria del Valle-Inklan va Pio Baroxa-i-Nessilarning asarlarini lingvopoetik tahlil qilish orqali adabiyotdagi madaniy, tarixiy va badiiy jihatlarni o‘rganishda adiblar hayoti va ijodi borasida ma’lumotlar etkazishga bag‘ishlangan “Assalom, Samarqand” madaniy-ma’rifiy dasturlarni tayyorlash ssenariysida foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 11-apreldagi 01.07/126-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv badiiy asarlar muallifining falsafiy g‘oyasini tushunishga zamin yaratgan.