Ergasheva Ziyoda Abdurasulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz murakkab predloglari grammatikalashuvi va funksional-semantik xususiyatlari”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3414.
Ilmiy rahbar: Safarov Shaxriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.2019.Fil.83.01.
Rasmiy opponentlar: Umurova Go‘zal Xotamovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Yuldashev Akmal Gulamjanovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz tilida kauzal mazmunga ega murakkab tarkibli predloglarni grammatikalashuv hamda ularning funksional semantik taraqqiyot bosqichlarining kognitiv xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hozirgi ingliz tilida mavjud bo‘lgan murakkab tarkibli predloglarning tizimda namoyon bo‘ladigan lug‘aviy va nutqiy tuzilmalar tarkibida faollashadigan grammatik xususiyatlari ochib berilib, ularning lingvistik maqomi yordamchi so‘z turkumiga xos ekanligi belgilangan;
kauzal ma’noni ifodalovchi murakkab predloglar shakllanishida ushbu birliklarning turli sintaktik vazifaga moslashuvi bois grammatikalashuv jarayoni analogiya hodisasi bilan uzviy munosabatda bo‘lganligi isbotlangan;
murakkab tarkibli predloglarning grammatikalashuvi til tizimi rivoji jarayonida sintaktik qurilmalar tarkibida sodir bo‘lgan bevosita semantik o‘zgarishlar bilan bog‘liq ekanligi aniqlanib, bunda yuzaga keladigan ko‘chimlarning asosiy sababi nutqiy faoliyat subektivligi ekanligi dalillangan;
murakkab predloglarning turli matnlarda faollashuv imkoniyatlari voqelanishini belgilovchi lisoniy va nolisoniy omillarni aniqlash usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tili murakkab predloglari grammatikalashuvi va funksional semantik xususiyatlari tahlili asosida:
mavjud adabiyotlarni tanqidiy o‘rganish asosida murakkab tarkibli predloglarning lug‘aviy va grammatik xususiyatlari tavsiflanib, olingan natijalardan Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan Tempus Project 544161- TEMPUS-1-2013-1-UKTEMPUS- JPCR Aston University DeTEL “Developing the Teaching of European LanguaGES: Modernizing Language Teaching through the development of blended Masters Programmes” grant loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023–yil 31 iyuldagi 66/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, ularning lingvistik maqomi belgilangan;
Murakkab predloglarning grammatikalashuvi bevosita semantik o‘zgarishlar bilan bog‘liq ekanligi aniqlanib, bunda yuzaga keladigan ko‘chimlarning asosiy sababi nutqiy faoliyat subektivligi ekanligi isbotlovchi xulosalardan 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023 –31 iyuldagi 60/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, ularning lingvistik maqomi mohiyati ochib berilganligi kelajakda lug‘at, o‘quv qo‘llanma, darslik kabilar yaratilishida va oliy ta’lim tizimida o‘qitiladigan grammatika, leksikologiya, stilistika kabi fanlarda manba xizmatini o‘taydi;
murakkab predloglarning nutqda qo‘llanilish jarayonida faollashuvi va voqelanishini belgilab beruvchi omillarning namoyon bo‘lish holatlari I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023–yil 31 iyuldagi 62/02-son ma’lumotnomasi), natijada murakkab predloglarning nutqda qo‘llanilish jarayonida faollashuvi va voqelanishini belgilab beruvchi omillarning namoyon bo‘lish holatlari, ingliz tilidagi murakkab predloglarning semantik-grammatik xususiyatlarini o‘rganish orqali til birliklarining tilga xos belgi ko‘rsatkichlari aniqlanib, mohiyati ochib berilib, halqaro standartlarga muvofiqlashtirilgan;
kauzal ma’noni ifodalovchi murakkab predloglar shakllanishida grammatikalashuv jarayoni analogiya hodisasi bilan uzviy munosabatda bo‘lganligi, ilmiy tadqiqotda ishlab chiqilgan materiallar va ilmiy-nazariy xulosalar Samarqand viloyati teleradiokompaniyasi hamkorligida tayyorlangan hamda Samarqand viloyati teleradiokompaniyasi tomonidan 2023–yil iyun oyida efirga uzatilgan “Samarqand sadosi” eshittirishlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining 2023–yil 03 avgustdagi 01-07/261-son ma’lumotnomasi). Natijada, kauzal ma’noni ifodalovchi murakkab predloglar shakllanishida grammatikalashuv jarayoni analogiya hodisasi bilan uzviy munosabatda bo‘lganligi haqida ma’lumotga ega bo‘lganlar.