Shaymardanova Aziza Raimjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi: “O‘zbek tili ichki lakunalarining lingvistik tadqiqi”,      10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fil1491.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Maxmaraimova Shoxista Tuxtashevna, filologiya fanlari doktori, professor
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy Kengash raqami: Termiz davlat universiteti, PhD 03/31.03.2021.Fil.78.04.
Rasmiy opponentlar: Yuldosheva Nilufar  Ergashevna, filologiya  fanlari  doktori, dotsent; Muhamedova Saodat Xudoyberdievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilida ichki lakunarlikning yuzaga kelish omillarini, tildagi lakunalarni bartaraf etish usullarini aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tilidagi lakunarlik hodisasining lisoniy tabiati, kommunikativ voqelanishi, shakllanish asosi ierarxik, paradigmatik munosabatlar doirasida o‘rganilib, uning semantik jihatdan mavhumlik (abstrakt) kasb etishi introlingvistik va ekstralingvistik omillar ta’sirida yuzaga chiqishi aniqlangan;
intralingval lakunalar o‘zbek tili ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib,   turli  tizimga xos  tillardagi  lakunar  birliklar  bilan semantik  (komponentli) tahlil qilingan holda mazmuniy, tizmiy, formal, semantik-taksonomik xususiyatiga ko‘ra   o‘xshah shakllanish asosiga ko‘ra, milliy mentallik, qadriyatlarni tashish, hududiy jihatlariga ko‘ra farqli xususiyatlari ochib berilgan;
intralingval lakunalarning leksik sathda neologizmlar, okkazionalizmlar, sheva unsurlari semantik sathda esa enantiosemiya kabi yondosh lisoniy hodisalardan majburiy lingvistik ifodaga ega emasligi jihatidan farqlanishi dalillangan;
muloqotda faol qo‘llaniluvchi, kundalik faoliyatga oid urf-odat, madaniyat, dunyoqarash bilan bog‘liq bo‘lgan muhim tushunchalar orasidagi intralingval lakunalarni kompensatsiyalashning sintaktik, leksik sathlardagi lingvistik imkoniyati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tili ichki lakunalarining lingvistik tadqiqiga doir izlanishlar asosida:
o‘zbek tilidagi lakunarlik hodisasining lisoniy tabiati, kommunikativ voqelanishi, shakllanish asosi ierarxik, paradigmatik munosabatlar doirasida o‘rganilib, uning semantik jihatdan mavhumlik (abstrakt) kasb etishi introlingvistik va ekstralingvistik omillar ta’sirida yuzaga chiqishi aniqlanganligiga oid yangilikdan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2022-yillarda bajarilgan AM-F3-201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi) amaliy  loyihani bajarishda foydalanilgan  (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining  2024-yil 28-iyundagi -04/1-836 son ma’lumotnomasi). Natijada  o‘zbek tilidagi ichki madaniy xoslangan so‘zlarini boshqa tilga tarjima qilish muammosi,  madaniyatlararo o‘zaro ta’sir natijasida muloqotda to‘qnash keladigan jarayon – tushuncha bor, ammo atovchi so‘zning mavjudmasligi holati, (“bo‘shliq”lar)ni bartaraf etish, lakunalarni sukut saqlash, shevalardan foydalanib tushunchani qoplash, xalqaro atamalardan qarz olish evaziga to‘ldirish, mahalliy kolorit, milliy an’ana va urf-odatlarga ishora qiluvchi etnografik lakuna va realiyalarni boshqa tilda tarjima qilishdagi muammolar muhokama qilingan.
intralingval lakunalar o‘zbek tili ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib,   turli  tizimga xos  tillardagi  lakunar  birliklar  bilan semantik  (komponentli) tahlil qilingan holda mazmuniy, tizmiy, formal, semantik-taksonomik xususiyatiga ko‘ra   o‘xshah shakllanish asosiga ko‘ra, milliy mentallik, qadriyatlarni tashish, hududiy jihatlariga ko‘ra farqli xususiyatlari ochib berilganligiga doir ilmiy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023 yillarda bajarilgan  PZ 20170927147 “Qadimgi davrlardan XIII asrgacha bo‘lgan turkiy yozma manbalar tadqiqi” nomli loyihani bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 28-apreldagi 04/1-828-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tilining lingvomadaniy taraqqiyotini,  tilning xalq tarixi va qadriyatlariga bogʻliqligini yoritishda; o‘zbek tilidagi ayrim so‘zlarning sinxron va diaxron o‘zgarishidagi farqli jihatlarini tadqiq qilishga doir izlanishlar mazmunini to‘ldirishga xizmat qilgan;
muloqotda faol qo‘llaniluvchi, kundalik faoliyatga oid urf-odat, madaniyat, dunyoqarash bilan bog‘liq bo‘lgan muhim tushunchalar orasidagi intralingval lakunalarni kompensatsiyalashning sintaktik, leksik sathlardagi lingvistik imkoniyati asoslanganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla” telekanalining “Siyrat”, “Ziyo dargʻalari” nomli ilmiy-ma’rifiy ko‘rsatuvlarni tayyorlash uchun foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla” telekanali davlat muassasasining 2022-yil 8-apreldagi 01-12-246-son ma’lumotnomasi). Natijada efirga uzatilgan eshittirishlarning ilmiy dalillarga boy va ilmiy-ommabop bo‘lishini ta’minlagan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish