Kudratova Lola Ravshanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Uyushmagan yoshlar ijtimoiy-psixologik portretining o‘ziga xos xususiyatlari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/P794.
Ilmiy rahbar:. Karshieva Dilafruz Suyunovna, psixologiya fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Umarov Baxriddin Mengboevich, psixologiya fanlari doktori, professor; Nazarov Azamat Sattorovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD),dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi uyushmagan yoshlarning ijtimoiy-psixologik portretini o‘ziga xos jihatlarini aniqlashtirish asosida ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oilaviy munosabatlar negizida uyushmagan yoshlar ijtimoiy-psixologik portretining shakllanishi o‘zaro muloqotda “bir-birini tushunmaslik”, “mehrsizlik”, “shaxsga nisbatan talablarning yuqoriligi” kabi omillarni differensial namoyon bo‘lishi tufayli shaxsning “o‘zi va hayotidan qoniqqanlik darajasi”ga bog‘liq ekanligi isbotlangan;
uyushmagan yoshlarning ijtimoiy-psixologik portreti shaxsning “o‘ziga beradigan bahosi”ni konformizm, mustaqillik, ijtimoiy munosabatlarda ustunlikka erishish, “shaxsning o‘zidan va hayotidan qoniqqanlik darajasi”ni rag‘batlantirish, xavfsizlikni his qilish bilan determinasiyalashganligi tufayli normativ va individual ideallar bilan bog‘liq qadriyatlar negizida namoyon bo‘lishi asoslangan;
uyushmagan yoshlar ijtimoiy-psixologik portretining shaxs xususiyatlari profilida muloqot uslubidagi muloqotchanlik-odamovilik, o‘z xulq-atvorini boshqarish, vaziyatli xavotirlanish, o‘zidan va hayotidan qoniqqanlik darajasidagi faollik-passivlik, xavotirli-depressiv emotsiyalarni ijtimoiy munosabatlar ta’sirida o‘zgarganlingi tufayli “ekstroversiya-introversiya”, “impulsivlik”ning dual jihatlari hissiy holatlarga bog‘liq ustuvor harakterga ega ekanligi asoslangan;
uyushmagan yoshlarning ijtimoiy-psixologik portreti asosida ularga manzilli yordam ko‘rsatish modeli shaxsda hayotiv vaziyatlar bilan bog‘liq qarorlarni qabul qilishga javobgarlikni olish uchun psixologik tayyorlik, konstruktiv qadriyatlarga mos fikr, xulq-atvor, emotsiyalarni boshqarish ko‘nikmasini shakllanishi muhimligi tufayli “hissiy-affektiv-motivatsion”, “kognitiv”, “ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirish”ga qaratilgan integral komponentni kiritish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Uyushmagan yoshlar ijtimoiy-psixologik portretining o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq etish natijasida:
oilaviy munosabatlar negizida uyushmagan yoshlar ijtimoiy-psixologik portretining shakllanishi o‘zaro muloqotda “bir-birini tushunmaslik”, “mehrsizlik”, “shaxsga nisbatan talablarning yuqoriligi” kabi omillarni differensial namoyon bo‘lishi tufayli shaxsning “o‘zi va hayotidan qoniqqanlik darajasi”ga bog‘liq ekanligi isbotlanganligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 9-iyuldagi PM-161 son buyrug‘i bilan «Oila psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 13-iyuldagi PM-161 a-son ma’lumotnomasi). Natijada uyushmagan yoshlar ijtimoiy-psixologik portretining o‘ziga xos jihatlarini aniqlashtirish imkoniyati yaratilgan;
uyushmagan yoshlarning ijtimoiy-psixologik portreti shaxsning “o‘ziga beradigan bahosi”ni konformizm, mustaqillik, ijtimoiy munosabatlarda ustunlikka erishish, “shaxsning o‘zidan va hayotidan qoniqqanlik darajasi”ni rag‘batlantirish, xavfsizlikni his qilish bilan determinasiyalashganligi tufayli normativ va individual ideallar bilan bog‘liq qadriyatlar negizida namoyon bo‘lishi asoslangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 9-iyuldagi PM-161 son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 13-iyuldagi PM-161 a-son ma’lumotnomasi). Natijada uyushmagan yoshlar ijtimoiy-psixologik portretining namoyon bo‘lishida qadriyatlar tizimining o‘rni asoslab berilgan;
uyushmagan yoshlar ijtimoiy-psixologik portretining shaxs xususiyatlari profilida muloqot uslubidagi muloqotchanlik-odamovilik, o‘z xulq-atvorini boshqarish, vaziyatli xavotirlanish, o‘zidan va hayotidan qoniqqanlik darajasidagi faollik-passivlik, xavotirli-depressiv emotsiyalarni ijtimoiy munosabatlar ta’sirida o‘zgarganlingi tufayli “ekstroversiya-introversiya”, “impulsivlik”ning dual jihatlari hissiy holatlarga bog‘liq ustuvor harakterga ega ekanligi asoslanganligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 9-iyuldagi PM-161 son buyrug‘i bilan «Umumiy » moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 13-iyuldagi PM-161 a-son ma’lumotnomasi). Natijada shaxs xususiyatlar hamda emotsional holatlarining yoshlar ijtimoiy-psixologik portretidagi o‘ziga xos profilini tadqiq etish imkoniyati yaratilgan;
uyushmagan yoshlarning ijtimoiy-psixologik portreti asosida ularga manzilli yordam ko‘rsatish modeli shaxsda hayotiv vaziyatlar bilan bog‘liq qarorlarni qabul qilishga javobgarlikni olish uchun psixologik tayyorlik, konstruktiv qadriyatlarga mos fikr, xulq-atvor, emotsiyalarni boshqarish ko‘nikmasini shakllanishi muhimligi tufayli “hissiy-affektiv-motivatsion”, “kognitiv”, “ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirish”ga qaratilgan integral komponentni kiritish orqali takomillashtirilganligiga doir ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 9-iyuldagi PM-161son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 13-iyuldagi PM-161 a-son ma’lumotnomasi).  Natijada uyushmagan yoshlarning ijtimoiy-psixologik portreti asosida ularga manzilli yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish