Sharafutdinova Xadichaxon Gulyamutdinovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Oilaviy munosabatlar destruksiyasida kognitiv psixoterapiyani qo‘llash amaliyoti (yosh va o‘rta yosh oilalar misolida)», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/P39.
Ilmiy maslahatchi: Umarov Baxriddin Mengbaevich, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Karimova Vasila Mamanasirovna, psixologiya fanlari doktori, professor; Shoumarov G‘ayrat Baxramovich, psixologiya fanlari doktori, professor, akademik; Jabborov Xazrat Xuseynovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oilaviy munosabatlar destruksiyasida kognitiv psixoterapiyani yosh va o‘rta yosh oilalarda qo‘llash amaliyotini ochib berish hamda uni takomillashtirish yuzasidan amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yosh va o‘rta yosh oilalardagi psixologik muhitning barqarorligi qaysarlik, manmanlik, o‘jarlik, xudbinlik, yalqovlik, g‘iybatchilik, yovuzlik, qo‘poruvchilik, agressivlikni shaxsda ustuvorligidagi differensial farqlar tufayli shaxslararo munosabatlar destruksiyasi «destruktiv shaxs», «destruktiv munosabat»larga identiv namoyon bo‘lishi dalillangan;
shaxsdagi emotsional beqarorlik, qarashlarning nomuvofiqligidagi ijtimoiy omillarga ko‘ra oilaviy munosabatlarda yuqori xavotirlilik, aybdorlik hissi, ishonchsizlik, refleksivlilik, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, o‘zaro tushunish darajasining pastligi kuchayganligi tufayli destruktiv munosabatlar faollashishiga to‘g‘ri proporsional ta'sir etishi dalillangan;
yosh va o‘rta yosh oilalarda kognitiv-bixevioral psixoterapiyaga muvofiq sanogen fikrlash, pozitiv tafakkur komponentlarini, shaxsiy va oilaviy rivojlanish tamoyili identifikatsiya, refleksiya, empatiyani faollashishiga olib kelganligi tufayli oilaviy munosabatlar destruksiyasini bartaraf etishda «Simbioz», «Demokratiya», «Qollab-quvvatlash» usullarni qo‘llashning muhimligi isbotlangan;
«disfunksional oila»larda refleksiya, manipulyasiya, qo‘llab-quvvatlash motivatsiyasidagi nomuvofiqlik, nerv-psixik beqarorlik holatlari tufayli yuzaga kelgan oilaviy munosabatlar destruksiyasini bartaraf etish hamda konstruktiv munosabatlarni barqarorlashtirishda «Konstruktiv oilaga aylanamiz!” trening dasturining samarali ekanligi dalillangan;
oilada shaxslararo munosabatlar destruksiyasiga xos «talab qilish», «majburlash», «bajartirish» usullarini «anglash», «tushunish», «fikrni assotsiativ-appersepsion shakllantirish», «kognitiv o‘zgarish» usullariga transformatsiya qilishda «Kognitiv oilaviy munosabat terapiyasi» psixokorreksion modelini ta'sir etishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oilaviy munosabatlar destruksiyasida kognitiv psixoterapiyani qo‘llash amaliyoti (yosh va o‘rta yosh oilalar misolida) ni tadqiq etish asosida:
yosh va o‘rta yosh oilalardagi psixologik muhitning barqarorligi qaysarlik, manmanlik, o‘jarlik, xudbinlik, yalqovlik, g‘iybatchilik, yovuzlik, qo‘poruvchilik, agressivlikni shaxsda ustuvorligidagi differensial farqlar tufayli shaxslararo munosabatlar destruksiyasi «destruktiv shaxs», «destruktiv munosabat»larga identiv namoyon bo‘lishi dalillangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgustdagi PM-180 son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 26-avgustdagi PM-180 a-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh va o‘rta yosh oilalardagi psixologik muhitning barqarorligi shaxslararo munosabatlarga bog‘liqligini asoslash imkoniyati yaratilgan;
shaxsdagi emotsional beqarorlik, qarashlarning nomuvofiqligidagi ijtimoiy omillarga ko‘ra oilaviy munosabatlarda yuqori xavotirlilik, aybdorlik hissi, ishonchsizlik, refleksivlilik, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, o‘zaro tushunish darajasining pastligi kuchayganligi tufayli destruktiv munosabatlar faollashishiga to‘g‘ri proporsional ta'sir etishi dalillangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgustdagi PM-180 son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 26-avgustdagi PM-180 a-son ma’lumotnomasi). Natijada oilada destruktiv munosabatlar faollashuvida negative hissiy-emotsional xususiyatlarning roli ustuvor xarakterga egaligi ochib berilgan;
yosh va o‘rta yosh oilalarda kognitiv-bixevioral psixoterapiyaga muvofiq sanogen fikrlash, pozitiv tafakkur komponentlarini, shaxsiy va oilaviy rivojlanish tamoyili identifikatsiya, refleksiya, empatiyani faollashishiga olib kelganligi tufayli oilaviy munosabatlar destruksiyasini bartaraf etishda «Simbioz», «Demokratiya», «Qollab-quvvatlash» usullarni qo‘llashning muhimligi isbotlangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgustdagi PM-180 son buyrug‘i bilan «Oila psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 26-avgustdagi PM-180 a-son ma’lumotnomasi). Natijada oilada shaxslararo konstruktiv munosabatlarni o‘rnatishda milliy yo‘naltirilgan usullarning samarali ta’sir qilishi haqidagi yondashuv asoslantirilgan;
«disfunksional oila»larda refleksiya, manipulyasiya, qo‘llab-quvvatlash motivatsiyasidagi nomuvofiqlik, nerv-psixik beqarorlik holatlari tufayli yuzaga kelgan oilaviy munosabatlar destruksiyasini bartaraf etish hamda konstruktiv munosabatlarni barqarorlashtirishda «Konstruktiv oilaga aylanamiz!” trening dasturining samarali ekanligi dalillangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgustdagi PM-180 son buyrug‘i bilan «Oila psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 2024-yil 26-avgustdagi PM-180 a-son ma’lumotnomasi). Natijada oilaviy munosabatlar destruksiyasini bartaraf etishda maxsus trening dasturi konstruktiv munosabatlarni barqarorlashtirishga xizmat qilishi asoslab berilgan;
oilada shaxslararo munosabatlar destruksiyasiga xos «talab qilish», «majburlash», «bajartirish» usullarini «anglash», «tushunish», «fikrni assotsiativ-appersepsion shakllantirish», «kognitiv o‘zgarish» usullariga transformatsiya qilishda «Kognitiv oilaviy munosabat terapiyasi» psixokorreksion modelini ta'sir etishi asoslangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgustdagi PM-180 son buyrug‘i bilan «Oila psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 2024-yil 26-avgustdagi PM-180 a-son ma’lumotnomasi). Natijada kognitiv psixoterapiyaga asoslangan «Kognitiv oilaviy munosabat terapiyasi» usulini milliy xususiyatga ko‘ra qo‘llash mezonlari taklif etilgan.