Shamsiddinov Botirjon Nuriddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Yoshlar individual xususiyatlarida himoya mexanizmlari namoyon bo‘lishining ijtimoiy-psixologik omillari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/P727.
Ilmiy rahbar: Safaev Nuriddin Salixovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat  universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Umarali Do‘stqobilovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Muxtorov Erkin Mustafoevich, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzah davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yoshlar individual xususiyatlarida himoya mexanizmlari namoyon bo‘lishining ijtimoiy–psixologik omillari shakllashini aniqlashga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shaxsning o‘zi haqidagi ijtimoiy-psixologik tasavvurlarida nizoli vaziyatlardagi xulq-atvor shaklida passiv pozisiyaning (nizoga kirishmayman, atrofdagilarning ijtimoiy-qo‘llab-quvvatlashini kutaman, diplomatik yo‘l tutaman) ustuvorligi talabada o‘ziga nisbatan agressiv munosabatni darajaviy baholashiga olib kelaganligi tufayli individual-tipologik xususiyatlarga bog‘liq differensial farqlarning mavjudligi isbotlangan;
talabalarda psixologik himoya mexanizmlarni ifodalanishiga ko‘ra idrok etilgan axborotlarni faqat o‘zi uchun qulay qismiga muvofiq xulosalar chiqarib, anglanmagan xatti-harakatlarni oqilona tushuntirish hamda “og‘riqli holatlar”ni pasaytirish yo‘lini izlashdagi differensial farqlar tufayli “siqiqb chiqarish”, “ratsionalizatsiyalash” shaxs muhofaza mexanizmlarida gender tafovutlarning mavjudligi aniqlangan;
yoshlarning individual xususiyatlariga ko‘ra introvertlarda ekstrovertlarga qaraganda hissiy barqarorlik, o‘z-o‘zini nazorat qilish, muloqot doirasining torligi, ichki nutqning faolligi shaxslararo munosabatlardagi hissiy qulaylik darajasini pasaytirganligi tufayli talabalarda “regressiya”, “almashtirish”, “giperkompensatsiya” psixologik himoya mexanizmlarining ustuvor harakterga ega ekanligi dalillangan;
yoshlardagi psixologik himoya mexanizmlarini barqarorlashuvida shaxs tomonidan ijtimoiy ta’sir mexanizmlarini anglanilishida uning         o‘z-o‘ziga va boshqalarga nisbatan emotsional munosabatini irodaviy xususiyatlar   bilan integrativ namoyon bo‘lishi tufayli individual xususiyatlarida usutuvor harakterga ega ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yoshlar individual xususiyatlarida himoya mexanizmlari namoyon bo‘lishining ijtimoiy–psixologik omillari bo‘yicha erishilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
shaxsning o‘zi haqidagi ijtimoiy-psixologik tasavvurlarida nizoli vaziyatlardagi xulq-atvor shaklida passiv pozisiyaning (nizoga kirishmayman, atrofdagilarning ijtimoiy-qo‘llab-quvvatlashini kutaman, diplomatik yo‘l tutaman) ustuvorligiga oid ilmiy ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-fevraldagi PM-122 buyrug‘iga asosan «ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan. (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 15-noyabrdagi PM-22-m ma’lumotnomasi). Natijada talabada o‘ziga nisbatan agressiv munosabatni darajaviy baholashiga olib kelaganligi tufayli individual xususiyatlarga bog‘liq differensial farqlarning mavjudligini empirik tadqiq etish ta’minlangan;  
talabalarda psixologik himoya mexanizmlarni ifodalanishiga ko‘ra idrok etilgan axborotlarni faqat o‘zi uchun qulay qismiga muvofiq xulosalar chiqarib, anglanmagan xatti-harakatlarni oqilona tushuntirish hamda “og‘riqli holatlar”ni pasaytirish yo‘lini izlashdagi differensial farqlar “siqiqb chiqarish”, “ratsionalizatsiyalash” doir mexanizmlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-fevraldagi PM-122 buyrug‘iga asosan «ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 15-noyabrdagi PM-22-m ma’lumotnomasi.) Natijada  shaxs muhofaza mexanizmlarida gender tafovutlarning mavjudligini ilmiy tadqiq etish imkoniyati yaratilgan;
yoshlarning individual xususiyatlariga ko‘ra introvertlarda ekstrovertlarga qaraganda hissiy barqarorlik, o‘z-o‘zini nazorat qilish, muloqot doirasining torligi, ichki nutqning faolligi shaxslararo munosabatlardagi hissiy qulaylik darajasini pasaytirganligiga oid ilmiy ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-fevraldagi PM-122 buyrug‘iga asosan «ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan. (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-fevraldagi PM-22-m ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda “regressiya”, “almashtirish”, “giperkompensatsiya” psixologik himoya mexanizmlarining ustuvor harakterga ega ekanligini ilmiy tadqiq etish imkoniyati yaratilgan;
yoshlardagi psixologik himoya mexanizmlarini barqarorlashuvida shaxs tomonidan ijtimoiy ta’sir mexanizmlarini anglanilishida uning o‘z-o‘ziga va boshqalarga nisbatan emotsional munosabatini irodaviy xususiyatlar   bilan integrativ namoyon bo‘lishiga doir ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-fevraldagi PM-122 buyrug‘iga asosan «ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan. (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 15-noyabrdagi PM-22-m ma’lumotnomasi). Natijada individual-tipologik xususiyatlarida usutuvor harakterga ega ekanligi ko‘rsatib berilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish