Nazaralieva Marxabo Xayitboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Bo‘lajak ofiserlarda tolerantlik namoyon bo‘lishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/P868.
Ilmiy rahbar:. Tillashayxova Xosiyat Azamatovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Umarov Baxriddin Mengboevich, psixologiya fanlari doktori, professor; Norkulova Nargiza Tashpulatovna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi bo‘lajak ofiserlarda tolerantlikni namoyon bo‘lishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini ochib berish orqali uni rivojlantirish bo‘yicha psixologik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak ofiserlarda tolerantlikni namoyon bo‘lishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari oilaviy munosabatlardagi ijtimoiy, hissiy, autopsixologik, integrativ xususiyatlarni differensial farqlariga bog‘liq holda namoyon bo‘lishi dalillangan;
bo‘lajak ofiserlarda tolerantlikni namoyon bo‘lishiga tayanch e’tiqodlarning ta’siri natijasida etnik bag‘rikenglik va mansublik, milliy daxldorlikning kursantlarning faoliyat yo‘nalishi rakursiga bog‘liq holda dinamik rivojlanishidagi differensial farqlar tufayli “hayotning odilligi”, “insonlarning yaxshiligi”ni ifodalovchi qarashlarning ustuvor xarakterga ega ekanligi dalillangan;
bo‘lajak ofiserlardagi tolerantlikning ijtimoiy-psixologik xususiyati Qurolli Kuchlar Akademiyasi kursantlarida shaxslararo munosabatlarda hamkorlikni ijtimoiy tolerantlik, etnik mansublik va milliy daxldorlik hislariga, Harbiy Aviatsiya Instituti kursantlarida esa raqobat va qochish pozisiyalarining etnik tolerantlikka uyg‘un namoyon bo‘lishi tufayli nizoli vaziyatlardagi xulq-atvor pozisiyasi bilan identiv ifodalanishi dalillangan;
bo‘lajak ofiserlarda tolerantlikni rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik modeli emotsional barqarorlik, empatiya, muloqotdagi refleksiya, chidamlilik, milliy daxldorlik hissi, mantiqiy tafakkur, vaziyatni refleksiv baholash ko‘nikmasini qadriyatlar tizimi va kasbiy faoliyatda konstruktiv tarzda ustuvor namoyon bo‘lishi muhimligi tufayli “fiziologik”, “kognitiv”, “konativ”, “affektiv” strukturaviy komponentlarni kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak ofiserlarda tolerantlik namoyon bo‘lishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak ofiserlarda tolerantlikni namoyon bo‘lishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari oilaviy munosabatlardagi ijtimoiy, hissiy, autopsixologik, integrativ xususyaitlarni differensial farqlariga bog‘liq holda namoyon bo‘lishi dalillangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgustdagi PM-177 son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 26-avgustdagi PM-177 a son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak ofiserlardagi tolerantlikning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini ochib berishga erishilgan;
bo‘lajak ofiserlarda tolerantlikni namoyon bo‘lishiga qadriyatlarning ta’siri natijasida etnik bag‘rikenglik va mansublik, milliy dahldorlikning kursantlarning faoliyat yo‘nalishi rakursiga bog‘liq holda dinamik rivojlanishidagi differensial farqlar tufayli “hayotning odilligi”, “insonlarning yaxshiligi”ni ifodalovchi qarashlarning ustuvor harakterga ega ekanligi dalillangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgustdagi PM-177 son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 26-avgustdagi PM-177 a son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak ofiserlarda tolerantlikni namoyon bo‘lishiga qadriyatlarning ta’sirini aniqlash imkoniyati yaratilgan;
bo‘lajak ofiserlardagi tolerantlikning ijtimoiy-psixologik xususiyati Qurolli Kuchlar Akademiyasi kursantlarida shaxslararo munosabatlarda hamkorlikni ijtimoiy tolerantlik, etnik mansublik va milliy dahldorlik hislariga, Harbiy Aviatsiya Instituti kursantlarida esa raqobat va qochish pozisiyalarining etnik tolerantlikka uyg‘un namoyon bo‘lishi tufayli nizoli vaziyatlardagi xulq-atvor pozisiyasi bilan identiv ifodalanishi dalillangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgustdagi PM-177 son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 26-avgustdagi PM-177 a son ma’lumotnomasi).  Natijada bo‘lajak ofiserlardagi tolerantlikning ijtimoiy-psixologik xususiyati nizoli vaziyatlardagi xulq-atvor pozisiyasi bilan identiv ifodlanishini asoslash imkoniyati yaratilgan;
bo‘lajak ofiserlarda tolerantlikni rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik modeli emotsional barqarorlik, empatiya, muloqotdagi refleksiya, chidamlilik, milliy daxldorlik hissi, mantiqiy tafakkur, vaziyatni refleksiv baholash ko‘nikmasini qadriyatlar tizimi va kasbiy faoliyatda konstruktiv tarzda ustuvor namoyon bo‘lishi muhimligi tufayli “fiziologik”, “kognitiv”, “konativ”, “affektiv” strukturaviy komponentlarni kiritish asosida takomillashtirilgan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgustdagi PM-177 son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 26-avgustdagi PM-177 a son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak ofiserlarda tolerantlikni rivojlantirining ijtimoiy-psixologik modeli takomillashtirilgan va tolerantlikni rivojlantirish bo‘yicha psixologik tavsiyalar ishlab chiqilgan

Yangiliklarga obuna bo‘lish