Mirxodjaeva Dilorom Batirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Bo‘lajak muhandislarda kasbiy sifatlarni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari», 19.00.06– Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/P931.
Ilmiy rahbar: Muxtarova Aziza Erkinovna, psixologiya fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Haydarov Shahriyor Shuxrat o‘g‘li, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak muhandislarda kasbiy sifatlarni rivojlantirishning pedagogik-psixologik omillarini aniqlash hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak muhandislardagi kasbiy sifatlarning rivojlanishida talabalarning bilim o‘zlashtirishga bo‘lgan ishtiyoqi gnostik, natijalarni baholash, kasbni o‘zlashtirish motivi kreativlikni, diplom olishga bo‘lgan intilishi esa tashqi motivlarni faollashtirganligi tufayli o‘quv motivatsiyasi va iroda kuchi muhim ahamiyatga ega ekanligi dalillangan;
bo‘lajak muhandislarda kasbiy sifatlarni rivojlanishi gnostik xususiyatlar lingvistik, shaxslararo qobiliyatini, kreativlik va natijalarni baholash fazilati matematik mantiqni kuchaytirganligi tufayli intellekt tiplarini shakllanganligiga identiv kechishi asoslangan;
bo‘lajak muhandislarda kreativlik xususiyatini ifodalanishiga ko‘ra faoliyat jarayonida ishlab chiqarish bilan bog‘liq qarorlarni qabul qilish, texnologiyalarni loyihalash, standart g‘oya va fikrlardan voz kecha olish qobiliyati, progressiv yondashuv, xayol va fikrlashning orginalligining dinamik tarzda namoyon bo‘lishi bo‘lishi tufayli matematik mantiqqa asoslangan intellekt tipi ustuvor harakterga ega ekanligi isbotlangan;
bo‘lajak muhandislarda kasbiy sifatlarni rivojlantirish uchun shaxsning gnostik, motivatsion, kreativlik xususiyatlari hamda natijalarni baholay olish ko‘nikmasiga korreksion ta’sir etish muhimligi tufayli talabalarda ruhiyatni barkamollashtiruvchi treninglarning “proforientatsion” komponentiga ustuvorlik berish muhimligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak muhandislarda kasbiy sifatlarni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak muhandislardagi kasbiy sifatlarning rivojlanishida talabalarning bilim o‘zlashtirishga bo‘lgan ishtiyoqi gnostik, natijalarni baholash, kasbni o‘zlashtirish motivi kreativlikni, diplom olishga bo‘lgan intilishi esa tashqi motivlarni faollashtirganligi tufayli o‘quv motivatsiyasi va iroda kuchi muhim ahamiyatga ega ekanligini dalillashga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgustdagi PM-176 son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 26-avgustdagi PM-176 a son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak muhandislar faoliyatida namoyon bo‘luvchi kasbiy sifatlarni aniqlashtirish imkoniyati yaratilgan;
bo‘lajak muhandislarda kasbiy sifatlarni rivojlanishi gnostik xususiyatlar lingvistik, shaxslararo qobiliyatini, kreativlik va natijalarni baholash fazilati matematik mantiqni kuchaytirganligi tufayli intellekt tiplarini shakllanganligiga identiv kechishi asoslangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgustdagi PM-176 son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 26-avgustdagi PM-176 a son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak muhandislardagi kasbiy sifatlar mezonlarini rivojlanishiga xizmat qiluvchi komponentlar ochib berilgan;
bo‘lajak muhandislarda kreativlik xususiyatini ifodalanishiga ko‘ra faoliyat jarayonida ishlab chiqarish bilan bog‘liq qarorlarni qabul qilish, texnologiyalarni loyihalash, standart g‘oya va fikrlardan voz kecha olish qobiliyati, progressiv yondashuv, xayol va fikrlashning orginalligining dinamik tarzda namoyon bo‘lishi tufayli matematik mantiqqa asoslangan intellekt tipi ustuvor harakterga ega ekanligi isbotlangan takliflar “Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgustdagi PM-176 son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 26-avgustdagi PM-176 a son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak muhandislar faoliyatida namoyon bo‘luvchi intelekt tiplari va hissiy-irodaviy sifatlar o‘rtasidagi o‘zaro korellyasion bog‘liqlik ko‘rsatkichlariga baho berish imkoniyati yaratilgan;
bo‘lajak muhandislarda kasbiy sifatlarni rivojlantirish uchun shaxsning gnostik, motivatsion, kreativlik xususiyatlari hamda natijalarni baholay olish ko‘nikmasiga korreksion ta’sir etish muhimligi tufayli talabalarda ruhiyatni barkamollashtiruvchi treninglarning “proforientatsion” komponentiga ustuvorlik berish zarurati dalillangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgustdagi PM-176 son buyrug‘i bilan “Psixologik trening asoslari” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 26-avgustdagi PM-176 a son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak muhandislar kasbiy sifatlar omillarini rivojlantirishga mo‘ljallangan psixologik trening dasturlari ishlab chiqilgan.