Jalolov Tursunbek Sadriddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «SPSS dasturi vositasida olingan ma’lumotlarni qayta ishlashni takomillashtirishning pedagogik-psixologik asoslari», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/P746.
Ilmiy rahbar: Baratov Sharif Ramazonovich, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Kamoliddin Botirovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Qurbonboev Azimbek Nazirboy o‘g‘li, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi SPSS dasturi vositasida olingan ma’lumotlarni qayta ishlashni takomillashtirishning pedagogik-psixologik asoslarini aniqlash va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning SPSS dasturi vositasida olingan ma’lumotlarni qayta ishlashida axborotlarni tahlil qilish jarayonida intellektning yuqori darajasi kognitiv, matematik, mantiqiy kompetentlikning kuchliroq namoyon bo‘lishiga olib kelganligiga asoslanib, shaxsdagi matematik savodxonlik ustuvor psixologik omil ekanligi isbotlangan;
talabalarda matematik savodxonlikni namoyon bo‘lishi axborotlarni qayta ishlashdagi kognitivlik “yangilik hissi”, “ob’ektning tuzilishini o‘zgartirishga moyillik”, mantiqiylik “tanqidiylik”, “ijodkorlikka yo‘nalganlik”ka integrativ namoyon bo‘lganligi tufayli shaxs ijodiy faolligiga identiv kechishi asoslangan;
talabalarning SPSS dasturi vositasida olingan ma’lumotlarni qayta ishlashga matematik savodxonlikning ta’siri axborotlarni  inson tomonidan idrok etilishida bilim va tafakkurning kengligi, mazmundorligi, chuqurligi tavakkalchilikka moyillik, tezkor qaror qabul qilishni talab etilganligi tufayli muvaffaqiyatga intilish motivatsiyasi bilan determinatsiyalashganligi isbotlangan;
SPSS dasturi bilan ishlashda psixologik-pedagogik kompetensiyalarni shakllantirish modeli talabalarning mantiqiy (induksiya, deduksiya, abstraksiya), tanqidiy, kreativ tafakkurining matematik hamda statistik tahlil ko‘nikmasiga intellektual hislarga bog‘liq ravishda rivojlanishi muhimligi tufayli “kognitiv”, “aqliy”, “hissiy-motivatsion” komponentlarni kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  SPSS dasturi vositasida olingan ma’lumotlarni qayta ishlashni takomillashtirishning pedagogik-psixologik asoslarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
talabalarning SPSS dasturi vositasida olingan ma’lumotlarni qayta ishlashida axborotlarni tahlil qilish jarayonida intellektning yuqori darajasi kognitiv, matematik, mantiqiy kompetentlikning kuchliroq namoyon bo‘lishiga olib kelganligiga asoslanib, shaxsdagi matematik savodxonlik ustuvor psixologik omil ekanligini isbotlangashga oid takliflar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 9-iyuldagi PM-155-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya”  moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-iyuldagi PM-155-a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda olingan ma’lumotlarni qayta ishlashida axborotlarni tahlil qilish jarayonida intellektning darajalarini rivojlantirishga sharoit yaratilgan;
talabalarda matematik savodxonlikni namoyon bo‘lishi axborotlarni qayta ishlashdagi kognitivlik “yangilik hissi”, “ob’ektning tuzilishini o‘zgartirishga moyillik”, mantiqiylik “tanqidiylik”, “ijodkorlikka yo‘nalganlik”ka integrativ namoyon bo‘lganligi tufayli shaxs ijodiy faolligiga identiv kechishini asoslashga oid tavsiyalar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 9-iyuldagi PM-155-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya”  moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-iyuldagi PM-155-a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda matematik savodxonlikning namoyon bo‘lishi axborotlarni qayta ishlashda kognitivlikning shaxs ijodiy faolligiga identiv kechishini asoslash samaradorligi oshgan;
talabalarning SPSS dasturi vositasida olingan ma’lumotlarni qayta ishlashga matematik savodxonlikning ta’siri axborotlarni  inson tomonidan idrok etilishida bilim va tafakkurning kengligi, mazmundorligi, chuqurligi tavakkalchilikka moyillik, tezkor qaror qabul qilishni talab etilganligi tufayli muvaffaqiyatga intilish motivatsiyasi bilan determinatsiyalashganligini isbotlashga oid ma’lumotlar  Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 9-iyuldagi PM-155-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya”  moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-iyuldagi PM-155-a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada axborotlarni inson tomonidan idrok etilishida muvaffaqiyatga intilish motivatsiyasi bilan determinatsiyalashganligini isbotlash imkoni yaratilgan;
SPSS dasturi bilan ishlashda psixologik-pedagogik kompetensiyalarni shakllantirish modeli talabalarning mantiqiy (induksiya, deduksiya, abstraksiya), tanqidiy, kreativ tafakkurining matematik hamda statistik tahlil ko‘nikmasiga intellektual hislarga bog‘liq ravishda rivojlanishi muhimligi tufayli “kognitiv”, “aqliy”, “hissiy-motivatsion” komponentlarni kiritish asosida takomillashtirishga oid ma’lumotlar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 9-iyuldagi PM-155-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” va “Psixokorreksiya” modullariga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-iyuldagi PM-155-a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning mantiqiy, tanqidiy, kreativ tafakkurining rivojlanish samaradorligini aniqlash imkoniyati oshirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish