Abdukadirova Laura Yulbarsovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Qiyin hayotiy vaziyatda qolgan talabalar koping-hulqining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/P109.
Ilmiy rahbar: Akramova Feruza Akmalovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Hayitov Oybek Eshboevich, psixologiya fanlari doktori, professor; Mirzabdullaeva Dilhumor Erkinovna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Tashkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qiyin hayotiy vaziyatda qolgan talabalar koping-hulqining ijtimoiy-psihologik hususiyatlarini ochib berish hamda psixologik farovonliklarini yaxshilash bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari uchun psixologik qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qiyin hayotiy vaziyatda qolgan talabalar koping-xulqining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari ularning hayotiy vaziyati turi, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni idrok etish parametrlari va hayotning ma’noliligi konstruktlari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirning o‘ziga xosligidan kelib chiqib determinatsiyalashganligini moslashtirilgan psixodiagnostika usullar asosida dalillangan;
talabalarning hayotiy vaziyati kontekstida imkoniyati cheklangan talabalar uchun do‘stlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishni idrok etish "ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni izlash", do‘stlar yordamini idrok etmaslik "o‘zini izolyasiya qilish", etim talabalar o‘rtasida “hamkor” tomonidan qo‘llab-quvvatlanishni idrok etish "fantaziya qilish", oila tomonidan qo‘llab-quvvatlanishni idrok etish esa "ijobiyga diqqatni jamlash", tipik talabalar uchun esa ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishni idrok etishning barcha tarkibiy qismlari ijobiy baholanganda, ular "ijobiyga diqqatni jamlash", salbiy baholanganda esa — "o‘z-o‘zini izolyasiya qilish" koping-strategiyasining determinanti bo'lib xizmat qilishiga asoslanib, differensial farqlarning mavjud bo'lishi dalillangan;
hayotning ma’noliligining konstruktlari bilan shartlangan kopingstrategiyalar qo‘llanilishi talabalarning hayotiy vaziyatlari turiga (imkoniyati cheklangan, etim va tipik talabalar) ko‘ra imkoniyati cheklangan talabalarda “muammoga yoʻnaltirilgan”, etim talabalarda "ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni izlash" strategiyasini “hayot” nazorat lokusi bilan, tipik talabalarda hayotning ma’noliligining past ko‘rsatkichlari "masofalanish", "Istakni haqiqat deb qabul qilishi yuqori ko‘rsatgichlar bilan esa "ijobiyga diqqatni jamlash" kabi kopingstrategiyasi bilan shartlanganligi tufayli differensial xarakterga egaligi asoslangan;
talabalar hayotiy vaziyati turi kontekstida (imkoniyati cheklangan, etim, tipik talabalar) ularning psixologik farovonligining determinantasi sifatida koping-strategiyalari, hayotning ma’noliligi konstruktlari va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni idrok etish faktorlari o‘rtasidagi differensial xarakterga ega bo‘lgan o‘zaro bog‘liqlik xizmat qilishi isbotlangan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qiyin hayotiy vaziyatda qolgan talabalar koping-hulqining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari asosidagi tadqiqot natijalarining joriy etilishi quyidagicha amalga oshirilgan:
qiyin hayotiy vaziyatda qolgan talabalar koping-xulqining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari ularning hayotiy vaziyati turi, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni idrok etish parametrlari va hayotning ma’noliligi konstruktlari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirning o‘ziga xosligidan kelib chiqib determinatsiyalashganligini moslashtirilgan psixodiagnostika usullar asosida dalillangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgustdagi PM-181 son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 26-avgustdagi PM-181 a son ma’lumotnomasi). Natijada qiyin hayotiy vaziyatda qolgan talabalar koping-xulqining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini psixodiagnostik usullari moslashtirilgan;
talabalarning hayotiy vaziyati kontekstida imkoniyati cheklangan talabalar uchun do‘stlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishni idrok etish "ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni izlash", do‘stlar yordamini idrok etmaslik "o‘zini izolyasiya qilish", etim talabalar o‘rtasida “hamkor” tomonidan qo‘llab-quvvatlanishni idrok etish "fantaziya qilish", oila tomonidan qo‘llab-quvvatlanishni idrok etish esa "ijobiyga diqqatni jamlash", tipik talabalar uchun esa ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishni idrok etishning barcha tarkibiy qismlari ijobiy baholanganda, ular "ijobiyga diqqatni jamlash", salbiy baholanganda esa — "o‘z-o‘zini izolyasiya qilish" koping-strategiyasining determinanti bo'lib xizmat qilishiga asoslanib, differensial farqlarning mavjud bo'lishi dalillangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgustdagi PM-181 son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 26-avgustdagi PM-181 a son ma’lumotnomasi). Natijada talabalar hayotiy vaziyati turi kontekstida qo‘llab-quvvatlanishni idrok etish determinatsiya etilayotgan koping-strategiyalar tanlovidagi differensial farqlar aniqlashtirilgan;
hayotning ma’noliligining konstruktlari bilan shartlangan kopingstrategiyalar qo‘llanilishi talabalarning hayotiy vaziyatlari turiga (imkoniyati cheklangan, etim va tipik talabalar) ko‘ra imkoniyati cheklangan talabalarda “muammoga yoʻnaltirilgan”, etim talabalarda "ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni izlash" strategiyasini “hayot” nazorat lokusi bilan, tipik talabalarda hayotning ma’noliligining past ko‘rsatkichlari "masofalanish", "Istakni haqiqat deb qabul qilishi yuqori ko‘rsatgichlar bilan esa "ijobiyga diqqatni jamlash" kabi kopingstrategiyasi bilan shartlanganligi tufayli differensial xarakterga egaligi asoslangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgustdagi PM-181 son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 26-avgustdagi PM-181 a son ma’lumotnomasi). Natijada hayotning ma’noliligi konstruktlari bilan shartlangan koping-strategiyalar tanlovi talabalarning hayotiy vaziyatlari turiga (imkoniyati cheklangan, etim va tipik talabalar) bog‘liq differensial farqlarga egaligi ochib berilgan;
talabalar hayotiy vaziyati turi kontekstida (imkoniyati cheklangan, etim, tipik talabalar) ularning psixologik farovonligining determinantasi sifatida koping-strategiyalari, hayotning ma’noliligi konstruktlari va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni idrok etish faktorlari o‘rtasidagi differensial xarakterga ega bo‘lgan o‘zaro bog‘liqlik xizmat qilishi isbotlangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgustdagi PM-181 son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 26-avgustdagi PM-181 a son ma’lumotnomasi). Natijada talabalar hayotiy vaziyati turi kontekstida shaxs psixologik farovonligi determinantalari sifatida koping-strategiyalar, hayot ma’noliligi konstruktlari va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni idrok etish faktorlarini differensiatsiyalash imkoniyati yaratilgan.