Nazarova Zarrina Allaberdievna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktab o‘qituvchilarida kreativ sifatlarni rivojlantirishning Pedagogik tizimini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (Pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/4828.
Ilmiy rahbar: Bozorova Muslima Qodirovna, Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat Pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat Pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Kamolov Amangeldi Bazarbaevich, fizika-matemarika fanlari doktori, professor; Pirniyazov Iskender Kudiyarovich, Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktab o‘qituvchilarida kreativ sifatlarni rivojlantirishning Pedagogik tizimini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktab o‘qituvchilarida kreativ sifatlarni rivojlantirish jarayonining juft birliklardan iborat tarkibiy komponentlari (qadriyatli-maqsadli, mazmunli-axborotli, ijodiy xulq-atvor, refleksiv-baholash) hamda umumkasbiy kompetensiyalar tizimidagi ahamiyati kreativlikning konseptual asoslarining empirik jihati barqarorligiga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirilgan;
maktab o‘qituvchilarida kreativ sifatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan Pedagogik faoliyat tuzilmasi boshlang‘ich (motivatsion-undovchi), quyi (kognitiv), o‘rta (ijodiy layoqatlilik) hamda yuqori (kreativ tafakkur) kabi kvalimetrik indikatorlarning sub’ektiv (qiziqish, idrok, muloqot, tasavvur kuchi, o‘z-o‘zini rivojlantirish) va obektiv (ijtimoiy buyurtma, kasbiy faoliyat, kitobxonlik) omillar bilan ichki integratsiyasi produktivligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
maktab o‘quvchilarida kreativ sifatlarni rivojlantirish modelining metodologik komponenti mazkur jarayonni amalga oshirishning tayyorlov, metodik, kognitiv, amaliy-faoliyatli bosqichlarga identiv tarzda individual yondashuvni personalizatsiyalash, mustaqil malaka oshirish jarayonining sinergetik jihatini hisobga olish, ijodiy imkoniyatlar ko‘lamini kengaytirish, ijtimoiy tajribaning shaxsiy xarakter kasb etishiga erishish kabi tamoyillarning pragmatik xususiyati dominantligini asoslash orqali takomillashtirilgan;
kreativ sifatlarni rivojlantirishning didaktik tizimi kreativlik jarayonining noteng va geteroxron tavsifga egaligini bevosita hisobga olish asosida reproduksiya, aktivizatsiya, integratsiya, ijodiy shakllanish bosqichlariga muvofiq tarzda kognitiv ta’lim texnologiyasining muammoga va amaliyotga yoʻnaltirilgan variantlarining o‘z-o‘ziga, o‘zining shaxsiy “Men”iga munosabatning o‘zgarishi bilan bog‘liqligini asoslash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktab o‘qituvchilarida kreativ sifatlarni rivojlantirishning Pedagogik tizimini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
maktab o‘qituvchilarida kreativ sifatlarni rivojlantirish jarayonining juft birliklardan iborat tarkibiy komponentlari hamda umumkasbiy kompetensiyalar tizimidagi ahamiyatini kreativlikning konseptual asoslarining empirik jihati barqarorligiga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirish, maktab o‘qituvchilarida kreativ sifatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan Pedagogik faoliyat tuzilmasini boshlang‘ich, quyi, o‘rta hamda yuqori kabi kvalimetrik indikatorlarning subektiv va obektiv omillar bilan ichki integratsiyasi produktivligini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Umumiy Pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-son buyrug‘i, 537167-raqamli guvohnoma). Natijada boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kreativ sifatlarni rivojlantirishning metodik tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan;
maktab o‘quvchilarida kreativ sifatlarni rivojlantirish modelining metodologik komponenti mazkur jarayonni amalga oshirishning tayyorlov, metodik, kognitiv, amaliy-faoliyatli bosqichlarga identiv tarzda individual yondashuvni personalizatsiyalash, mustaqil malaka oshirish jarayonining sinergetik jihatini hisobga olish, ijodiy imkoniyatlar ko‘lamini kengaytirish, ijtimoiy tajribaning shaxsiy xarakter kasb etishiga erishish kabi tamoyillarning pragmatik xususiyati dominantligini asoslash orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan FZ-2020010829 -sonli “Talaba-yoshlar ilmiy faoliyatini monitoring qilishning dasturiy ta’minotini yaratish” (2020-2022-yy.) mavzusida amaliy loyihani o‘qituvchilarning ilmiy-kreativ faoliyatini tashxislash, rivojlantirish modeli va texnologiyasini ishlab chiqishda ilmiy metodik manba sifatida foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2023 yil 19 sentyabrdagi 04/11-5819-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilarining o‘quvchilarda ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish jarayoni samaradorligini oshirishga erishilgan;
kreativ sifatlarni rivojlantirishning didaktik tizimini kreativlik jarayonining noteng va geteroxron tavsifga egaligini bevosita hisobga olish asosida reproduksiya, aktivizatsiya, integratsiya, ijodiy shakllanish bosqichlariga muvofiq tarzda kognitiv ta’lim texnologiyasining muammoga va amaliyotga yoʻnaltirilgan variantlarining o‘z-o‘ziga, o‘zining shaxsiy “Men”iga munosabatning o‘zgarishi bilan bog‘liqligini asoslash orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Umumiy Pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-son buyrug‘i, 537167-raqamli guvohnoma). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida ijodiy layoqatlilik va evristik-tadqiqotchilik kompetensiyalarini rivojlantirishning Pedagogik tizimini takomillashtirishga erishilgan.