Meliqo‘ziev Azimjon Latifjon o‘g‘lining
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Paralingvistik vositalarning tipologik tadqiqi”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fil4284.
Ilmiy rahbar: Gazieva Maftuna Muhammadovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti, PhD.03/04.06.2021.Fil.132.01.
Rasmiy opponentlar: Saidxonov Ma’murjon Muhammedovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Xasanov Akbarjon Abdurashidovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi paralingvistik vositalarning ilmiy-nazariy asoslarini yoritish, nolisoniy semiotik sistema va paralingvistik vositalarning lingvomadaniy va pragmatik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.   
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tilning paralingvistik tizimiga oid fonatsion, kinetik, vizual ifoda shakllarida  xabar hajmi nisbatining lisoniy sistema elementlari bilan uyg‘unlashish darajasi,  mazkur birliklarning kommunikantlar tasavvurida assotsiatsiyalanishi, muloqot jarayonida axborotning  lisoniy va nolisoniy ifoda vositalari orqali voqelanishi o‘zaro fikr almashish  jarayonining mukammallashuviga xizmat qilishi asoslangan;
ma’lum bir til egalari orasida yoki millatlaro muloqot jarayonida, ayniqsa, masofaviy aloqa-aralashuvda noverbal vositalarning ahamiyatli ekanligi, noverbal sistema ichida o‘zaro differensiatsiyalangan strukturalarning mavjudligi, ularning tipologik xarakter kasb etishi va noverbal vositalarning muloqot jarayonida muhim o‘ringa egaligi isbotlangan;
noverbal vositalar nomi bilan umumlashtiriluvchi belgilar sistemasining aniq ilmiy paradigmalar asosida guruhlarga ajratilishi, turli madaniyatga mansub paralingval ifoda shakllarining vizual-tipologik farqlanishi ijtimoiy-madaniy va pragmatik mezonlar asosida dalillangan;
paralingvistik vositalar milliy-madaniy xususiyatlarni o‘zida ifodalovchi rituallar, urf-odatlar, odob xatti-harakatlari bilan bog‘liq bo‘lgan nutqiy muloqotning muhim tarkibiy qismi ekanligi va o‘ziga xos pragmatik mazmun kasb etishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotning nazariy takliflari, amaliy tavsiyalari va xulosalari quyidagilarga tatbiq etilgan:
tilning paralingvistik tizimiga oid fonatsion, kinetik, vizual ifoda shakllarida  xabar hajmi nisbatining lisoniy sistema elementlari bilan uyg‘unlashishi,  mazkur birliklarning kommunikantlar tasavvurida assotsiatsiyalanishi, muloqot jarayonida axborotning  lisoniy va nolisoniy ifoda vositalari orqali voqelanishi o‘zaro fikr almashish  jarayonining mukammallashishiga doir ilmiy xulosa va tavsiyalardan 2022-2023-yillar “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb-sayt va multimedia mahsulotlari (elektron lug‘atlar) to‘plami yaratish” mavzusidagi F3-2019081663 raqamli fundamental loyihani bajarishda, xususan, “O‘zbek folklor san’ati terminlarining qisqacha o‘zbekcha-inglizcha-nemischa izohli lug‘ati”ni yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2024-yil 18-martdagi 1/04-85-son ma’lumotnomasi). Natijada “O‘zbek folklor san’ati terminlarining qisqacha o‘zbekcha-inglizcha-nemischa izohli lug‘ati” muqom va tana harakatlariga asoslangan paralingvistik vositalar izohi bilan boyitilgan;
muayyan til egalari orasida yoki millatlaro muloqot jarayonida, ayniqsa, masofaviy aloqa-aralashuvda noverbal vositalarning ahamiyatliligi, noverbal sistema ichida o‘zaro differensiatsiyalangan strukturalarning mavjudligi, ularning tipologik xarakter kasb etishi va noverbal vositalarning muloqot jarayonida muhim o‘ringa egaligi haqidagi nazariy tavsiyalardan 2022-2023-yillar “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb-sayt va multimedia mahsulotlari (elektron lug‘atlar) to‘plami yaratish” mavzusidagi F3-2019081663 raqamli fundamental loyihani bajarishda, xususan, “O‘zbek folklor san’ati terminlarining qisqacha o‘zbekcha-inglizcha-nemischa izohli lug‘ati”ni yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2024-yil 18-martdagi 1/04-85-son ma’lumotnomasi). Natijada urf-odatlar, milliy qadriyatlarni o‘zida aks ettirgan nolisoniy vositalar orqali yosh avlodni har tomonlama etuk va ma’naviy komil inson etib tarbiyalash va dunyoqarashini kengaytirishga erishilgan;
paralingvistik vositalar milliy-madaniy xususiyatlarni o‘zida ifodalovchi rituallar, urf-odatlar, odob xatti-harakatlari bilan bog‘liq bo‘lgan nutqiy muloqotning muhim tarkibiy qismi ekanligi va o‘ziga xos pragmatik mazmun kasb etishiga doir ilmiy xulosalardan O‘ZMTRK “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlarining ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘ZMTRK “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2024-yil 18-martdagi 02-036-02-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur eshittirishlar paralingvistika sohasida ilmiy izlanishlar olib borgan olimlarning turli nazariy qarashlari, paralingvistika terminining shakllanishi, mazkur vositalarning tasnifi va tahlili, noverbal muloqot birliklarining nutq jarayonidagi o‘rni, vazifasi, milliy-madaniy va pragmatik xususiyatlari, paraverbal muloqot xulqi kabi masalalarga oid ilmiy dalillar bilan ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish