Usmanov Farxad Faxriddinovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek milliy qadriyatlarining lingvomadaniy aspekti”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/Fil747.
Ilmiy rahbar: Xudayberganova Durdona Sidikovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.  
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/05.05.2023.Fil.60.02.
Rasmiy opponentlar: Turniyazov Behzod Nigmatovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Iskandarova Sharifa Madalievna, filologiya fanlari doktori, professor; Lutfullaeva Durdona Esonovna, filologiya fanlari doktori, professor.  
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek milliy qadriyatlarining lingvomadaniy aspektini ochib berish hamda o‘zbek mentalitetining ustuvor qadriyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
madaniyatning jamiyatdagi vazifalaridan shaxsning ijtimoiylashuvini ta’minlash vazifasi muhim ekanligi aniqlanib, lingvomadaniyatni baholashning xolislik va madaniyatshunoslik kategoriyalariga muvofiqlik tamoyillari ishlab chiqilgan;
madaniyatning asosida millat qadriyatlari yotishi, ularning san’at asarlari, an’ana, odatlar milliy til kabi turli voqelanish shakllari mavjudligi, til ular orasida ifoda universalligi bilan ustunlik qilishi dalillangan;
konsept va qadriyatlar o‘zaro farqlanib, qadriyatlar moddiy emas, mental tabiatga ega ekanligi, shaxsning ularga bo‘lgan munosabati qadriyatning asosini tashkil etishi dalillangan;
aksariyat o‘zbek qadriyatlari uchun diniy-mifologik aksiogen vaziyat asos bo‘lib xizmat qilishi dalillangan;
o‘zbek milliy qadriyatlari ierarxiyasida yuqori o‘rinlarni oila, sog‘lik, tinchlik, ibodat va farzand qadriyatlari egallashi, ularning ustuvorligini diniy-mifologik aksiogen vaziyat ta’minlashi aniqlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek milliy qadriyatlarining lingvomadaniy aspektini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
madaniyatning jamiyatdagi vazifalaridan shaxsning ijtimoiylashuvini ta’minlash vazifasi muhim ekani hamda ishlab chiqilgan lingvomadaniyatni tadqiq etish xolislik va madaniyatshunoslik kategoriyalariga muvofiqlik tamoyillari xususidagi xulosalardan aksiolingvistika, milliy qadriyatlar, lingvomadaniy kod kabi terminlarni izohlashda O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutida bajarilgan IL-21071156 raqamli “Antropotsentrik tilshunoslik terminlarining izohli lug‘atini tuzish va nashr qilish (lug‘atning mobil ilovasi va veb-saytini yaratish)” nomli amaliy loyihasi asosida audioma’lumotlar to‘plamini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutining 2024-yil 28-fevraldagi 18-son ma’lumotnomasi). Natijada zamonaviy tilshunoslikda qo‘llanilayotgan terminlar izohi ilmiy jihatdan mukammallashtirilgan;
madaniyatning asosida millat qadriyatlari yotishi, ularning san’at asarlari, an’ana va odatlar kabi turli voqelanish shakllari mavjudligi yuzasidan chiqarilgan xulosalardan Qo‘qon davlat pedagogika institutida bajarilgan S-ECAGD-18-CA-0067 (PO20002335) raqamli “FY 2018 English Access Microscholarship Program” nomli amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Muqimiy nomidagi Qo‘qon davlat pedagogika institutining 2024-yil 20-maydagi 583/04-son ma’lumotnomasi). Natijada til o‘rganuvchilarda o‘zga madaniyatni tushunishda yuzaga keluvchi kognitiv dissonans holatlari yo‘qotilib, ta’lim jarayoni samaradorligi ortgan;
qadriyatlar moddiy emas, mental tabiatga egaligi, shaxsning ularga bo‘lgan munosabati qadriyatning asosini tashkil etishi haqidagi xulosalardan Andijon davlat universitetida bajarilgan M-OT-2020-3 raqamli “Tarjimashunoslik va lug‘atshunoslik innovatsiya markazini tashkil etish asosida lug‘at va matn tarjimoni intellektual platformasini yaratish” nomli amaliy loyiha asosida audioma’lumotlar to‘plamini tayyorlashda foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2024-yil 11-maydagi 32-01-540-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur xulosalar tarjima jarayonidagi qiyinchiliklarni bartaraf etishga yordam bergan hamda ushbu omillar hisobga olib o‘girilgan matnning sifatini oshirib, uning adekvat persepsiyasini ta’minlagan;
aksariyat o‘zbek qadriyatlari uchun diniy-mifologik aksiogen vaziyat asos bo‘lib xizmat qilishi xususidagi xulosa va tavsiyalardan BV-Atex-2018-(143) raqamli “Ko‘zi ojiz shaxslar uchun kompyuter texnikasidan foydalanish, matnlarni o‘qish va yozish imkonini beruvchi o‘zbek tiliga asoslangan gapiruvchi dasturiy ta’minot va ovoz sintezatorini ishlab chiqish” mavzusidagi davlat amaliy granti loyihasi doirasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 15-fevraldagi 04/1-384-son ma’lumotnomasi). Natijada grant loyihasi doirasida tayyorlangan “O‘zbek tili o‘zlashma so‘zlarining urg‘uli lug‘ati” ko‘zi ojiz talabalarning ehtiyojlariga moslanib, terminlarning o‘zlashtirilishi engillashtirilgan;
o‘zbek milliy qadriyatlari ierarxiyasi oila, sog‘lik, tinchlik, ibodat va farzanddan iborat ekanligi, shuningdek, qadriyatlarning yashirin ifodalari, ularni aniqlashda va talqin etishda milliy, hududiy, subektiv omillarni hisobga olish darkorligi xususidagi xulosalaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik” eshittirishini tayyorlash jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston – 24 teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 8-fevraldagi 03-09-71-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu eshittirish uchun tayyorlangan materiallarning ilmiy ahamiyati ortib, mukammallashgan, qiziqarliligi, hayotiyligi va ilmiy dalillarga boyligi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish