Abdullaev Davron Sobirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qizilo‘ngach va oshqozonning qo‘shma kuyishidan keyingi chandiqli torayishining diagnostikasi va jarrohlik taktikasining o‘ziga xos xususiyatlari», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib100.
Ilmiy rahbar: Ligay Ruslan Efimovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Dsc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdullajonov Baxrom Rustamovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: hayot sifatini har tomonlama baholash va natijalarni qiyosiy tahlil qilish yo‘li bilan qizilo‘ngach va oshqozonning qo‘shma kuyishdan keyingi chandiqli torayishi bilan og‘rigan bemorlarni optimal davolash taktikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
koagulyasion nekrozning rivojlanishi tufayli kimyoviy kislota sabali qizilo‘ngach va oshqozonning kuyishi kombinatsiyalangan shikastlanishlar shakllanishi havfi sezilarli darajada yuqori ekanligi va ishqorlar natijasida shikastlanishi fonida kolikvatsion nekrozi esa qizilo‘ngachga mahalliy ta’sir bilan tavsiflanishi aniqlangan;
kuyishdan keyingi oshqozon shikastlanishining muqobil jarrohlik davolash variantini tanlashning klinik va diagnostik mezonlari kimyoviy kuyishning davomiyligi va tabiati, bemorning ahvolining og‘irligi, chandiqning tarqalganligi va oziq-ovqat o‘tishining buzilish darajasi, shuningdek potensial travmatik aralashuvlarga asoslanib aniqlangan;
kuyishdan keyingi kombinatsiyalangan shikastlanishlarida chandiq jarayonining tarqalish darajasi va og‘irligi ob’ektiv baholashning xarakterli mezonlari qizilo‘ngachning sezilarli torayishisiz oshqozon stenozi klinikasining tarqalishi, oshqozondan evakuatsiya qilinmasdan qizilo‘ngach obstruksiyasining tarqalishi yoki bu asoratlarning ekvivalent kombinatsiyasi ekanligi aniqlangan;
qizilo‘ngach va oshqozonning kuyishdan keyingi chandiqli strikturalarini miniinvaziv yoki jarrohlik davolash natijalarining asosiy prognostik omili qizilo‘ngach obstruksiyasi va/yoki oshqozondan evakuatsiya qilish darajasi ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kizilo‘ngach va oshqozon qo‘shma kuyishdan keyingi chandiqli torayishi kasalliklarining diagnostikasi va davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: kislotalar bilan kimyoviy kuyish natijasida koagulyasion nekroz rivojlanishi bo‘lsa, qizilo‘ngach va oshqozonning qo‘shma jaraxatlanishi paydo bo‘lishining potensial xavfi sezilarli darajada yuqori, ishqorlarning shikastlanishi fonida kolikatsiya nekrozi esa qizilo‘ngachning mahalliy ta’sirlanishi bilan tavsiflanadi. Xirurgik taktikani tanlashga differensiallashgan yondashuv qizilo‘ngach va oshqozonning kuyishdan keyingi chandiqli torayishi bo‘lgan bemorlarda yaqin va uzoq muddatli davrda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar va xirurgik xatolar sonini kamaytirishga imkon berdi, bu esa xirurgik davolashdan keyingi reabilitatsiya, shuningdek, ovqatlanish holati va mehnat qobiliyatini tiklanishi tezroq bo‘lishini isbotladi. Bu akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xiruriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (2024-yil 04 sentyabrdagi 838 sonli buyruq), Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 17.02.2024 yildagi 09-sonli va U.Xolmuratov nomidagi Respublika ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 26.02.2024 yildagi 24/7-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi  huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil “08” iyuldagi 02/42-sonli yig‘ilish bayonnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: kimyoviy kuyishdan keyingi vaqt, qizilo‘ngach va oshqozonning chandiqli torayishlarining tabiati, ularning uzunligi va torayish jarayonining xususiyatlari to‘g‘risida olingan ma’lumotlarga asoslanib qizilo‘ngach va oshqozonning o‘tkazuvchanligidagi to‘siqlarni bartaraf etishga imkon beruvchi optimal xirurgik taktika ishlab chiqildi, bu bemorlarning hayot sifatini sezilarli darajada yaxshiladi va bemorlarning tez ijtimoiy reabilitatsiyasiga yordam berdi. Iqtisodiy samaradorligi: qizilo‘ngach va oshqozonning qo‘shma kuyishdan keyingi chandiqli torayishi bilan bemorlarda qizilo‘ngachning anatomik o‘zgarishlarining tuzilishi va xususiyatlari to‘g‘risida olingan ma’lumotlar asosida turli umumiy va o‘ziga xos asoratlarni rivojlanishining asosiy xavf omillarini erta aniqlash hisobiga har bir bemor uchun 3 million 600 ming so‘m tejab qolindi. Bunda tejamkorlik 3600000 so‘mni (9800000 so‘m (ushbu patologik holatlarda qo‘llaniladigan usullardan foydalangan holda umumiy summa)) - 6200000 so‘mni (taklif etilayotgan usul bo‘yicha diagnostika summasi) = 3600000 so‘mni (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM preyskurantiga ko‘ra) tashkil etadi. Xulosa: Qizilo‘ngach tutilishi va oshqozon evakuatsiyasining buzilishi klinik ko‘rinishidagi ustunlikka qarab kuyishdan keyingi qo‘shma torayishi bilan og‘rigan bemorlarni taqsimlash mezonlari aniqlandi, bu esa har bir bemor uchun 3600000 so‘mni tejash imkonini berdi, bu esa yillik iqtisodiy ko‘rsatkichni keltirib chiqardi. 36000000 so‘m (har biri 10 nafar bemor uchun). Yillik byudjet mablag‘lari hisobidan 10 million 800 ming so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan 25 million 200 ming so‘m mablag‘ iqtisod qilindi.
ikkinchi ilmiy yangilik: kimyoviy kuyishning davomiyligi va tabiati, bemorning ahvolining og‘irligi, chandiqlanish jarayonining darajasi, oziq-ovqat o‘tishining buzilishi va oshqozonning kuyishdan keyingi qo‘shma shikastlanishlari, shuningdek xirurgik amaliyotlarning potensial travmatik tabiati uchun optimal xirurgik davolash variantini tanlashning klinik va diagnostik mezonlari aniqlanib, akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xiruriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (2024-yil 04 sentyabrdagi 838 sonli buyruq), Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 17.02.2024 yildagi 09-sonli va U.Xolmuratov nomidagi Respublika ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 26.02.2024 yildagi 24/7-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi  huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil “08” iyuldagi 02/42-sonli yig‘ilish bayonnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: asoratlar sonini kamaytirish, davolanish va tashxis qo‘yish vaqtini sezilarli darajada qisqartirishi mumkin, to‘g‘ri tanlangan davolash taktikasi orqali keraksiz moliyaviy xarajatlarni yo‘q qiladi, bu kasallikning umumiy natijasiga ijobiy ta’sir qiladi, iqtisodiy xarajatlarni kamaytiradi. davolash va bemorlarning tibbiy-ijtimoiy holatini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: qizilo‘ngach va oshqozonning qo‘shma qo‘shma kuyishdan keyingi chandiqli torayishi bo‘lgan bemorlarda xirugik taktikani differensial tanlashdan foydalanish ushbu patologiya bilan og‘rigan bemorlarni davolash xarajatlarini kamaytirishi imkoniyatini berdi. Taklif etilayotgan usullar bemorning kasalxonada yotish muddatini va takroriy bujlash kurslarini qisqartirish natijasida 1 bemorda o‘rtacha 4200000 so‘m tejashga olib keladi, xususan: bu patologiyada odatda 16000000 so‘m sarflanadi; Taklif etilgan davolash usullarini qo‘llash natijasida o‘rtacha umumiy xarajatlar 12800000 so‘mgacha kamaytirildi; ((odatda ushbu patologiya uchun sarflanadigan o‘rtacha umumiy xarajatlar) 16000000 so‘m (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM preyskurantiga ko‘ra) - (taklif etilgan usullardan foydalangan holda to‘g‘ri tanlangan davolash taktikasi natijasida yangi xirurgik amaliyotlarni joriy etish natijasida o‘rtacha umumiy xarajatlar) 12800000 so‘m = 4200000 so‘m tejaladi)) (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM preyskurantiga ko‘ra). Xulosa: qizilo‘ngach va oshqozonning qo‘shma kuyishdan keyingi chandiqli torayishi bilan differensial xirurgik taktikani qo‘llash natijasida har bir bemor uchun 4200000 so‘m mablag‘ni tejash mumkin bo‘ldi. Amaliyot o‘tqizilgan 10 nafar bemor uchun bu iqtisodiy tejamkorlik yiliga 42000000 so‘mni tashkil etdi. Yillik byudjet hisobidan 12 million 600 ming so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan 29 million 400 ming so‘m mablag‘ iqtisod qilindi.
uchinchi ilmiy yangilik: qizilo‘ngach va oshqozonning kuyishdan keyingi qo‘shma chandiqli torayishi bilan og‘rigan bemorlarga ixtisoslashtirilgan jarrohlik yordamini ko‘rsatishning ishlab chiqilgan algoritmi qizilo‘ngach o‘tqazuvchanligini tiklash va oshqozondan ovqatni evakuatsiya qilish bosqichlarini aniqlash imkonini berdi va akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xiruriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (2024-yil 4 sentyabrdagi 838 sonli buyruq), Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 17.02.2024 yildagi 09-sonli va U.Xolmuratov nomidagi Respublika ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 26.02.2024 yildagi 24/7-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi  huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil “08” iyuldagi 02/42-sonli yig‘ilish bayonnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: qizilo‘ngach va oshqozonning qo‘shma kuyishdan keyingi chandiqli torayishini davolashda kam invaziv amaliyotlardan foydalanish qizilo‘ngachning torayishi kengaytirishga va murakkab rekonstruktiv operatsiyalardan qochishga, shuningdek reabilitatsiya davrini va bemorning kasalxonada statsionar yotib davolanish muddatini qisqartirishga va shunga mos ravishda davolash samaradorligi oshirishga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: qizilo‘ngachning chandiqli torayishini kengaytirishning kam invaziv usullaridan foydalanish qizilo‘ngachda murakkab rekonstruktiv operatsiyalarni talab qiladigan bemorlar sonini kamaytirish imkonini berdi, bu esa har bir bemor uchun jami mablag‘ni 3435000 so‘mga tejash imkonini berdi. Kam invaziv amaliyotlardan foydalanish davolanishning umumiy xarajatlarini kamaytiradi; qizilo‘ngach torayishlarining xirurgik yo‘l bilan davolashning mavjud turlaridan foydalanish natijasida taklif etilayotgan usullar asosidagi chora-tadbirlar natijasida xarajatlar 9485000 so‘mni tashkil etadi, bu xarajatlar miqdori 6050000 so‘mni tashkil etadi (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM preyskurantiga ko‘ra). Yangi takomillashtirilgan xirurgik taktikaning joriy etilishi har bir bemorga 3435000 so‘m mablag‘ni tejash imkonini beradi Xulosa: ochiq intervensiyalar bilan birgalikda kam invaziv texnologiyalarni joriy etish har bir bemorga 3435000 so‘m, 7 bemorga yiliga 25045000 so‘m (byudjet mablag‘lari hisobidan 10305000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan 14740000 so‘m) tejash imkonini berdi (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM preyskurantiga ko‘ra).
to‘rtinchi ilmiy yangilik: qizilo‘ngach va oshqozonning qo‘shma kuyishdan keyingi chandiqli torayishi bo‘lgan bemorlarda optimal xirurgik taktikani tanlashga differensial yondashuv, amaliyotlardan keyingi asoratlar sonini kamaytirishga, shuningdek, uzoq muddatli davrda kam invaziv davolash usullaridan so‘ng disfagiya qaytalanish chastotasini kamaytirishga imkon berdi, bu vizual-analogli tekshiruv shkalasi (VASh), hayot indeksining xalqaro ixtisoslashtirilgan so‘rovnomasi «Gastrointestinal Quality of Life Index» (GIQLI) va «Gastrointestinal Symptom Rating Scale» (GSRS) so‘rovnomasi bilan tasdiqlanib, akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xiruriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (2024-yil 04 sentyabrdagi 838 sonli buyruq), Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 17.02.2024 yildagi 09-sonli va U.Xolmuratov nomidagi Respublika ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 26.02.2024 yildagi 24/7-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi  huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil “08” iyuldagi 02/42-sonli yig‘ilish bayonnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan algoritm klinik belgilarda qizilo‘ngach torayishi va/yoki oshqozon evakuatsiyasining buzilishining ustunligiga asoslanadi va lokalizatsiya bo‘yicha kam invaziv va xirurgik usullarning bosqichlari, qizilo‘ngach va oshqozonning chandiqli torayishlari hajmi va darajasi, kuyish kasalligi bosqichi va bemorlarning somatik holatining og‘irligiga qarab qizilo‘ngach va oshqozonning qo‘shma kuyishdan keyingi chandiqli torayishi bo‘lgan bemorlar uchun zarur bo‘lgan induvidual xirurgik taktikani aniq belgilash usullarni aniqlash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: qizilo‘ngach obstruksiyasi yoki oshqozon evakuatsiyasining buzilishiga qarab differensial yondashuvni qo‘llash xirurgik davolash natijalarini yaxshiladi, asoratlar sonini kamaytirdi va umumiy peri- va operatsiyadan keyingi davrni qisqartirdi. Yuqoridagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha quyidagi iqtisodiy natijalarga erishildi: 1 bemorning kasalxonada bo‘lgan davrining iqtisodiy ko‘rsatkichi, ushbu toifadagi bemorlarni davolashga oqilona yondashish natijasida intensiv terapiya davomiyligi, o‘rtacha satsionarda yotish davomiyligi muddati va asoratlar sonining kamayishi hisobiga qo‘shimcha xarajatlar 3700000 so‘mga kamaytirildi. Xulosa: qizilo‘ngach plastikasining takomillashtirilgan bosqichlarini joriy etish natijasida 29600000 so‘m mablag‘ tejaldi. Bu yillik byudjetdan 11 million 100 ming so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan 18 million 500 ming so‘m mablag‘ni tejash imkonini berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish