Islomov Utkir Pirmetovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xorazm viloyatining sug‘oriladigan erlarini geoaxborot tizimlaridan foydalanib gidromodul` rayonlashtirish”, 06.01.02 – Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2020.3.PhD/T1886
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Xamidov Muxammadxan Xamidovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi DSc. 03/30.12.2019.T.10.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Norqulov Usmon – Toshkent davlat agrar universiteti, professor, qishloq xo‘jaligi, fanlari doktori. (06.01.02), Safarov Eshkabil Yuldashovich – “Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti “Kartogrfiya” kafedrasi professori, texnika fanlari doktori. (11.00.06),
Yetakchi tashkilot - Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Suv tanqisligi oshib borayotgan sharoitida Xorazm viloyatida suv resurslaridan samarali foydalanish maqsadida zamonaviy GAT texnologiyasidan foydalanib, sug‘oriladigan erlarni gidromodul` rayonlar bo‘yicha taqsimlash va tumanlar kesimidagi gidromodul` rayonlashtirish elektron xaritalarini yaratish xamda asosiy gidromodul` rayonlar bo‘yicha g‘o‘zaning ilmiy asoslangan sug‘orish tartiblarini ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
sug‘orma dexqonchilikda suv resurslari iste’emolini maqbullashtirish maqsadida geoaxborot tizim va texnologiyalaridan foydalanib, Xorazm viloyatining sug‘oriladigan erlarini tumanlar kesimidagi gidromodul` rayonlashtirish elektron xaritalarini yaratish usuli ishlab chiqilgan;
sug‘oriladigan erlarning meliorativ rejimini monitoringini olib borishdagi mavjud kuzatuv quduqlarining koordinata qiymatlarini GNSS sun’iy yo‘ldosh to‘lqin qabul qilgich qurilmasi yordamida aniqlash, geoma’lumotlar bazasiga konvertatsiya qilish va atributlarini shakllantirish usuli takomillashtirilgan;
Xorazm viloyatining tuproq-gidrogeologik sharoitlarini aniqlash asosida ArcGIS dasturining IDW interpolyasiyalash algoritmidan va Rastr kal`kulyator panelidan foydalanib, sug‘oriladigan erlarni gidromodul` rayonlar bo‘yicha maydonlarini aniqlash usuli ishlab chiqilgan;
Xorazm viloyatining asosiy gidromodul` rayonlari bo‘yicha g‘o‘zaning maqbul sug‘orish tartiblari aniqlagan;
sug‘oriladigan erlarni gidromodul` rayonlashtirish va g‘o‘zaning maqbul sug‘orish tartiblarini tuproqning tuz rejimiga, sizot suvlari satxiga, ularning mineralizatsiyasiga xamda g‘o‘za etishtirishning iqtisodiy samaradorligi ta’siri aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xorazm viloyatining sug‘oriladigan erlarini geoaxborot tizimlaridan foydalanib, gidromodul` rayonlashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
viloyatning sug‘oriladigan erlarini gidromodul` rayonlar bo‘yicha maydonlari, tumanlar kesimidagi gidromodul` rayonlashtirish elektron xaritalari Chap qirg‘oq Amurdaryo Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 17 oktyabrdagi №03/37-3375-sonli ma’lumotnomasi). Natijada viloyatda yuqori aniqlikda suvdan foydalanish rejalarini tuzish va ajratiladigan suv limitlarini belgilash imkoniyati yaratilgan;
g‘o‘zaning ilmiy asoslangan sug‘orish tartiblari 2020-2021 yillarda Xorazm viloyati Shovot tumanidagi “Ergash Ro‘zimov” nomli fermer xo‘jaligining (IX gidromodul` rayon) 25 gektar maydonida joriy qilindi (O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 17 oktyabrdagi №03/37-3375-sonli ma’lumotnomasi). Natijada sug‘orish suvlari 20 % tejalgan va g‘o‘zadan 3-5 s/ga qo‘shimcha hosil olishga erishilgan;
g‘o‘zaning ilmiy asoslangan sug‘orish tartiblari 2020-2021 yillarda Xorazm viloyati Gurlan tumanidagi “To‘lqin-Mirzabek-Asilbek” fermer xo‘jaligining (VII gidromodul` rayon) 22 gektar maydonida joriy qilindi (O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 17 oktyabrdagi №03/37-3375-sonli ma’lumotnomasi). Natijada sug‘orish suvlari 30 % tejalgan va g‘o‘zadan 4-5 s/ga qo‘shimcha hosil olishga erishilgan.