Turginov Orzimat Turdimatovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbekiston florasi endemlari”, 03.00.05 – Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘ yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/V184.
Ilmiy maslahatchi: Tojibaev Komiljon Sharobitdinovich, biologiya fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Botanika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Botanika instituti, DSc.02/30.12.2019.V.39.01.
Rasmiy opponentlar: Raximova Tashxanim, biologiya fanlari doktori, professor; Esanov Xusniddin Qurbonovich, biologiya fanlari doktori, dotsent; Heok Jae Choi, biologiya fanlari doktori, professor (Changwon Milliy Universiteti, Janubiy Korea).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston florasi endemlarining zamonaviy taksonomik xilma-xilligini hamda endemizm markazlarini aniqlash, muhofaza masalalari va geografik xususiyatlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ilk marotaba O‘zbekiston florasidagi endemizm fraksiyasining tarkibi aniqlangan, taksonomik, biogeografik, biomorfologik, geofazoviy tahlillari amalga oshirilgan, fraksiyaning asosiy florogenetik aloqalarini Tog‘li O‘rta Osiyo, Qadimiy O‘rtaerdengizi, Eron-Himoloy, Jung‘or-Oltoy-Sibir bilan bog‘liq turlar tashkil etishi aniqlangan;
fan uchun yangi 3 tur kashf etilgan, tor tarqalish diapazoniga ega bo‘lgan va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi ayrim relikt endemlarning yangi populyasiyalari topilgan va mavjud ma’lumotlar ko‘lami boyitilgan;
endemizm fraksiyasining florogenetik aloqalari va biogeografik xususiyatlariga ko‘ra G‘arbiy Tiyon-Shon, Pomir-Oloy hamda Qizilqumdagi endemizm markazlari aniqlangan, o‘xshash va farqli jihatlari ochib berilgan;
IUCN tamoyillari asosida barcha endem turlarning kamyoblik maqomlari ilk marotaba baholangan, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bilan qamrab olingan hamda Qizil kitobga kiritilgan turlari tahlil qilingan;
endem turlarning mahalliy populyasiyalariga xavf soluvchi asosiy omillar tahlil qilingan, muhofaza qilishning ustuvor yo‘nalishlari belgilangan va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan;
O‘zbekiston florasi subendemlarini aniqlashda botanik-geografik rayonlar asosiy tamoil sifatida qabul qilinib, subendemlarning taksonomik tarkibiga aniqlik kiritilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston florasi endemlarini tadqiq qilish doirasida olingan natijalar asosida:
O‘zbekiston endemlarini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar, jumladan 2017 yildan boshlab yig‘ilgan 2000 dan ortiq gerbariy namunalari Markaziy Osiyo o‘simliklar dunyosi bo‘yicha eng yirik kolleksiyalaridan biri O‘zbekiston Milliy gerbariysi (TASh) ilmiy noyob obekti fondiga topshirilgan. Taqdim etilgan namunalarning aksariyati gerbariy fondini yangi namunalar bilan boyitish imkonini beradi. Endemlarning taksonomik xilma-xilligi hamda tarqalishini aks ettiruvchi xaritalaridan O‘zbekistonning ma’muriy viloyatlar Qashqadaryo, Buxoro viloyatlar o‘simlik dunyosi davlat kadastrini (2017–2021) hamda O‘zbekiston florasini II–VI yangi nashrlariga (2017–2023) joriylashtirilgan. Shu bilan birga Botanika institutining davlat dasturi xamda amaliy va fundamental loyihalarga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2023 yil 15 sentyabrdagi 4/1255-1945-sonli ma’lumotnomasi);
muallif tomonidan endem va subendem turlar bo‘yicha tayyorlagan ocherklaridan O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobining (2019, I-jild) beshinchi nashrida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligini 2023 yil 18 avgustda 03-03/3-3950-son ma’lumotnomasi);
O‘zbekiston florasidagi Allium, Jurinea, Ranunculus va Phlomoides turkumlarining endem vakillarini tarqalishi bo‘yicha geobog‘langan ma’lumotlar to‘plami bioxilma-xillik to‘g‘risidagi global ma’lumotlar tizimiga (GBIF) joylashtirilgan (Global bioxilma-xillik ma’lumotlar bazasining 2023-yil 23-avgustdagi ma’lumotnomasi). Bu esa O‘zbekistonning kamyob va endem turlari bo‘yicha global axborot bazasidagi ma’lumotlarni kengayishiga muayyan darajada xizmat qilgan.