Mkrtchyan Ripsime Vachaganovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jerdanak koni gil slanesi asosida shamotli olovbardoshlar va chinni materiallar ishlab chiqarishning texnologik asoslari», 02.00.15 - Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/T780.
Ilmiy maslahatchi: Aripova Mastura Xikmatovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Babaxanova Zebo Abdulaevna, texnika fanlari doktori, professor; Gulamova Dilbara Djuraevna, kimyo fanlari doktori, professor; Talipov Nigmatulla Xamidovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tarkibiy asosini kvars-pirofillit tashkil etuvchi Jerdanak konining gil slaneslaridan shamotli olovbardoshlar va chinni olish texnologiyasi asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor 600-1400 °S haroratlar chegarasida termik ishlov berish bilan Jerdanak konining gil slaneslarining fazaviy tarkibidagi o‘zgarishlar aniqlanib, 1100-1200 °C oralig‘ida asosiy kristall faza - mullitning shakllanishi isbotlangan asoslangan;
ilk bora mexanik faollashtirib maydalangan gilli slanesning qovushqoqlikka ega bo‘lishi isbotlanib, pishish kinetikasi asoslangan;
5 - 15 % Al2O3 qoʻshib, 1300 - 1400 °S oraligʻida kuydirilgan slanes tarkibida mullit miqdori oshishi, mullit sintezida kaolinit va serisitning tarkibiy parchalanishidan ajralib chiqadigan kremniy oksidi ta’sirida kristobalit fazasining yo‘qolishi aniqlangan;
1350 °C olov haroratida olingan, 1,3 kislotalik koeffisientiga ega qattiq chinnining maqbul tarkibi, xossalari va strukturaviy xususiyatlari aniqlangan;
chini massasiga magniy oksidining kiritilishi bilan kordierit fazasining paydo bo‘lishi, oqlik va issiqlikka chidamlilikning oshishi, qisqarishi, mustahkamligi va zichligining pasayishi aniqlanib, strukturada igna shaklidagi mullit kristallari hosil bo‘lishi isbotlangan;
chinni sopolak bilan yaxshi birikadigan, nuqsonlardan holi sirtning maqbul tarkibi va xossalari aniqlangan;
Jerdanak gil slanesining fizik-texnik va texnologik xususiyatlar, kimyoviy tarkibi (alyuminiy oksidining yuqori va nisbatan kam miqdordagi temir oksidlarining mavjudligi)ga asoslanib, olovbardosh va chinni buyumlar olishning energiya tejamkor texnologiyalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Shamotli olovbardoshlar va chinni ishlab chiqarishning texnologik asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘tga chidamli materiallari omixtasi olish usuliga va chinni massasi O‘zbekiston Respublikasi Intelektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (IAP 06594, IAP 6168). Natijada, shamotli olovbardoshlar va chinni ishlab chiqarish imkonini bergan;
Jerdanak koni gil slanesi asosidagi shamotli o‘tga chidamli materiallar ishlab chiqarish texnologiyasi “SURXON-KERAMIKS” OAJda ishlab chiqarish amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2024 yil 3 iyuldagi 02/15-1338-son ma’lumotnomasi). Natijada, GOST 390-2018 shartlari va ShA markasi talablariga mos o‘tga chidamli shamotli g‘isht ishlab chiqarish imkonini bergan;
Jerdanak koni gil slanes asosida chinni buyumlar tarkibi Toshkent chinni zavodida ishlab chiqarish amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2024 yil 3 iyuldagi 02/15-1331-son ma’lumotnomasi). Natijada, 66 % gil slanesi, 24 % Jeroy koni kvars qumi, 5 % chinni chiqindisi va 5 % Ingichka koni dala shpati tarkibli chinni buyumlar ishlab chiqarish imkonini bergan;
Ingichka koni dala shpati, G‘uzor koni dolomiti va Jerdanak koni gil slanesi asosida yaltiroq sirt qoplama ishlab chiqarish texnologiyasi Toshkent chinni zavodida ishlab chiqarish amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2024 yil 3 iyuldagi 02/15-1331-son ma’lumotnomasi). Natijada, shaffof, nuqsonlarsiz, yaltiroq sirt qoplama ishlab chiqarish imkonini bergan.