Korabaev Eldor Alijonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Elektr energetika sanoati korxonalarining tashkiliy-iqtisodiy faoliyatining axborot xavfsizligi mexanizmlarini raqamlashtirish”, 08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya”  (iqtisod fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4303.
Ilmiy rahbar: Saitkamolov Muxammadxo‘ja Sobirxo‘ja o‘g‘li, iqtisod fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.02.
Rasmiy opponentlar: Samatov Gaffor Allakulovich, iqtisod fanlari doktori, professor; Muratova Shoxista Nigmatullaevna, iqtisod fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi elektr energetika sanoati korxonalarining tashkiliy-iqtisodiy faoliyati axborot xavfsizligini raqamlashtirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
energetika sanoati korxonalari kiberhimoyaviy salohiyati, kiberxavfsizlik va risk darajasiga ko‘ra iqtisodiy kiberxavfsizlik darajasining 0,7≤C≤0,95 oralig‘ida bo‘lishi maqsadga muvofiqligi va unga ko‘ra himoya tizimining strategik ta’minoti muvofiqligi asoslangan;
elektr energetika sanoati korxonalari axborot xavfsizligining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini faollashtirish strategiyasi jarayonni maqsadli qiymat o‘lchovlariga ko‘ra baholash, multiseriyaning xronologik ketma-ketligini asoslash, kiberhimoyaviylikni xalqaro va milliy darajalarini qiyoslash kabilarga ko‘ra takomillashtirilgan;
strategik jihatdan ishlab chiqarishning modernizatsiyalash darajasini oshirish, iqlim o‘zgarishlarining ta’siri va arzon xizmatlardan teng foydalanish imkoniyatini kengaytirish kabilarga ko‘ra «Toshkent IES» AJ tashkiliy-iqtisodiy faoliyati kiberxavfsizligini ta’minlanishda 2024-2029 yillarga mo‘ljallangan investision loyihalar prognozi asoslangan;
tashkiliy-iqtisodiy faoliyat alternativalari va taklif qilingan multikollakt strategiyani e’tiborga olgan holda “Toshkent IES” AJ elektr energetika komponent jarayonlarining tashkiliy-iqtisodiy kiberxavfsizligining 2023-2028 yillarga bo‘lgan davrdagi ekonometrik ssenariysi prognozi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Elektr energetika sanoati korxonalarining tashkiliy-iqtisodiy faoliyati axborot xavfsizligini raqamlashtirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
energetika sanoati korxonalari kiberhimoyaviy salohiyati, kiberxavfsizlik va risk darajasiga ko‘ra iqtisodiy kiberxavfsizlik darajasi 0,7≤C≤0,95 oralig‘ida bo‘lishining maqsadga muvofiqligi  va unga ko‘ra himoya tizimining strategik ta’minoti muvofiqligi bo‘yicha taklif “Toshkent IES” AJ bo‘yicha 2023-yil
12-apreldagi 284-son buyruq bilan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2024-yil 3-apreldagi 04-10-2259-sonli ma’lumotnomasi; “Toshkent IES” AJning 2024-yil 27-martdagi 04-10-14/508-sonli ma’lumotnomasi). Natijada jamiyat tashkiliy-iqtisodiy faoliyatining axborot xavfsizligining 0,72 foizga o‘sishi, investision salohiyati 0,12 foiz va boshqaruvning tashkiliy-iqtisodiy faoliyatida 229 mln.so‘m tejalishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
elektr energetika sanoati korxonalari axborot xavfsizligining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini faollashtirish strategiyasi jarayonni maqsadli qiymat o‘lchovlariga ko‘ra baholash, multiseriyaning xronologik ketma-ketligini asoslash, kiberhimoyaviylikni xalqaro va milliy darajalarini qiyoslash kabilarga ko‘ra takomillashtirilgan yondashuvdan “Toshkent IES” AJ rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2024-yil 3-apreldagi 04-10-2259-sonli ma’lumotnomasi; “Toshkent IES” AJning 2024-yil 27-martdagi 04-10-14/508-sonli ma’lumotnomasi). Taklif axborot xavfsizligining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini faollashtirish strategiyasini ishlab chiqish sifatini yanada oshirish, jarayonni miqdoriy baholash aniqligini oshirish asosida maqsadli chora-tadbirlarni qo‘llash imkoniyatini kengaytirishga va samaradorlikni oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
strategik jihatdan ishlab chiqarishning modernizatsiyalash darajasini oshirish, iqlim o‘zgarishlarining ta’siri va arzon xizmatlardan teng foydalanish imkoniyatini kengaytirish kabilarni e’tiborga olgan holda “Toshkent IES” AJ tashkiliy-iqtisodiy faoliyati kiberxavfsizligini ta’minlanishda 2024-2029 yillarga mo‘ljallangan investision loyihalar prognozidan  “Toshkent IES” AJ rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2024-yil 3-apreldagi 04-10-2259-sonli ma’lumotnomasi; “Toshkent IES” AJning 2024-yil 27-martdagi 04-10-14/508-sonli ma’lumotnomasi). Investision loyiha kiritilishi foydaning ortishi sharoitida faoliyatning kiberhujumga nisbatan iqtisodiy-texnik bardoshligining ortishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
tashkiliy-iqtisodiy faoliyat alternativalari va taklif qilingan multikollakt strategiyani e’tiborga olgan holda “Toshkent IES” AJ elektr energetika komponent jarayonlarining tashkiliy-iqtisodiy kiberxavfsizligining 2023-2028 yillarga bo‘lgan davrdagi ekonometrik ssenariyli prognozi “Toshkent IES” AJ bo‘yicha 2023-yil 12-apreldagi 284-son buyruq bilan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2024-yil 3-apreldagi 04-10-2259-sonli ma’lumotnomasi; “Toshkent IES” AJning 2024-yil 27-martdagi 04-10-14/508-sonli ma’lumotnomasi). Taklifning joriy qilinish, jumladan 2023-yilda tashkiliy-iqtisodiy chora-tadbirlaring samarali tashkil qilinishiga ko‘ra AJ axborot xavfsizligini 0,7 foizga ortishiga muayyan darajad xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish