Ataniyazova Zamira Kamuljanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Korporativ ijtimoiy ma’suliyatni boshqarishni takomillashtirish», 08.00.13-Menegment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/I731
Ilmiy rahbar: Islamov Baxtiyor Anvarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent shahridagi xalqaro Vestminster universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent shahridagi xalqaro Vestminster universiteti, DSc.22/30.12.2019.I.85.01.
Rasmiy opponentlar: Muradova Husniya Muhiddinovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Gafurov Anvar Bazarbaevich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida korporativ ijtimoiy mas’uliyatni boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat ulushi 50% dan ortiq bo‘lgan yirik korxonalar faoliyati shaffofligini oshirish va xalqaro bozorlarga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida korporativ ijtimoiy mas’uliyat (CSR) va ekologik hamda ijtimoiy boshqaruv (ESG) bo‘yicha majburiy hisobotlarni joriy etish zarurligi asoslab berildi;
“Chapter Zero Uzbekistan” iqlim boshqaruv (Climate governance) loyihasini amalga oshirish asosida O‘zbekistonda “yashil iqtisodiyot”ni targ‘ib qilish va iqlim o‘zgarishi salbiy oqibatlarini kamaytirish maqsadida boshqaruv organlari va korxonalar kuzatuv kengashlari a’zolari uchun ta’lim platformasini taqdim etish zarurligi asoslab berildi;
yirik korxonalar brendlarining bozordagi mavqeini mustahkamlashda ijtimoiy mas’uliyatni marketing faoliyati bilan integratsiya qilish “andozasi” asosida mijozlarning turmush tarzi bilan bog‘liq ijobiy ijtimoiy xatti-harakatlarni shakllantirish taklif etilgan;
O‘zbekistonda yirik korxonalar brendlarining salohiyatini empirik baholanishi natijasida korporativ ijtimoiy mas’uliyatli korxona brendining afzallik darajasi oddiy brendlarga nisbatan yuqori ekanligi (CSR Brand: R² = 0.634, p < 0.001; Regular Brand: R² = 0.494, p < 0.001) asoslandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar quyidagilarda foydalanilgan:
davlat ulushi 50% dan ortiq bo‘lgan yirik korxonalar faoliyati ochiqlik darajasini oshirish va xalqaro bozorlarga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida korporativ ijtimoiy mas’uliyat (CSR report) va ekologik hamda ijtimoiy boshqaruv (ESG report) bo‘yicha majburiy hisobotlarni joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son «O‘zbekiston — 2030» strategiyasini «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmonning 23-bandida o‘z aksini topgan (“Taraqqiyot strategiyasi” markazining 2024-yil 3-apreldagi 228-son ma’lumotnomasi). Taklifni qabul qilinishi natijasida davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatida ochiqlik darajasini keskin oshirish va korporativ boshqaruvni yanada takomillashtirish maqsadida 2024-yil 1-iyuldan boshlab davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan yirik soliq to‘lovchilar korporativ ijtimoiy mas’uliyat (CSR) hamda ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) holati to‘g‘risida har yili 1 iyulga qadar hisobotni jamoatchilikka oshkor etish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan;
“Chapter Zero Uzbekistan” iqlim boshqaruv (Climate governance) loyihasini amalga oshirish asosida O‘zbekistonda “yashil iqtisodiyot”ni targ‘ib qilish va iqlim o‘zgarishi salbiy oqibatlarini kamaytirish maqsadida boshqaruv organlari va korxonalar kuzatuv kengashlari a’zolari uchun ta’lim platformasini taqdim etilgan (Deloitte & Touche LLC ning 2024-yil 23-iyuldagi AY/226-24 ma’lumotnomasi). Natijada Deloitte (Polsha), Dentons Uzbekistan Evropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (ETTB) va Iqlim investisiyalari jamg‘armasi (ES) ishtirokida xalqaro loyiha shakllantirish, yirik aksiyadorlik jamiyatlari boshqaruv organlari, Kuzatuv kengashi a’zolari uchun “yashil iqtisodiyot” va iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlarini kamaytirishni targ‘ib qiluvchi ta’lim platformasini ishga tushirish imkonini berdi. Shuningdek, loyihani amalga oshirish jarayonida ATB “Xalq banki” bankning ESG oid siyosatini tasdiqlanib, bank ESG qo‘mitasini tashkil etildi, AITB “Ipak YO‘li”da iqlimiy korporativ boshqaruv (CCG) hamda korporativ ijtimoiy mas’uliyat (CSR) strategiyalarini ishlab chiqildi;
yirik korxonalar brendlarining bozordagi mavqeini mustahkamlashda ijtimoiy mas’uliyatni marketing faoliyati bilan integratsiya qilish “andozasi” asosida mijozlarning turmush tarzi bilan bog‘liq ijobiy ijtimoiy xatti - harakatlarni shakllantirish taklifi “Angelsey Food” MChJ tomonidan “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i uchun korporativ ijtimoiy mas’uliyat tamoyillarini amalga oshirish bo‘yicha kompleks yondashuvni ishlab chiqishda foydalanilgan (“Angelsey Food” MChJning 2024-yil 19-apreldagi 978-son ma’lumotnomasi). “Angelsey Food” MChJ tomonidan “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i ijtimoiy ahamiyatga ega vazifalarni hal qilishga va brendning bozordagi mavqeini mustahkamlashga qaratilgan aniq tavsiyalarga asoslangan original marketing aksiyasi (“andoza”) amalga oshirilgan. Natijada, 2023-yilning to‘rtinchi choragi hamda 2024-yilning birinchi choragi davomida “Korzinka” supermarketlar tarmog‘ida “Eko” (sog‘lom turmushga oid) toifasidagi mahsulotlar savdosi 27,0 foizga oshgan;
O‘zbekistonda yirik korxonalar brendlarining salohiyatini empirik baholanishi natijasida korporativ ijtimoiy mas’uliyatli korxona brendining afzallik darajasi oddiy brendlarga nisbatan yuqori ekanligiga (CSR Brand: R² = 0.634, p < 0.001;“Regular Brand: R² = 0.494, p < 0.001) doir taklifi “Angelsey Food” MChJning “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i uchun savdo brendini rivojlantirish bo‘yicha marketing strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Angelsey Food” MChJning 2024-yil 19-apreldagi 978-son ma’lumotnomasi). Taklifni qabul qilinishi natijasida "Korzinka" supermarketlar tarmog‘ida 2023 yil davomida savdo brendining imidji yaxshilandi va mijozlarning brendga nisbatan ijobiy munosabati shakllandi. Bu "Korzinka" savdo brendiga O‘zbekiston Marketing Assotsiatsiyasining "Ijtimoiy loyihalar" nominatsiyasida "Yil brendi 2023" mukofotini va Amerika Savdo Palatasining "CSR Award 2023" mukofotini qo‘lga kiritish imkonini berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish