Tog‘aev Zokir Tilovovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkiston mintaqasidagi jamoat tashkilotlari va uyushmalarining faoliyati tarixi ”, 07.00.01- O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tar488.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.Tar.72.07
Ilmiy rahbar: Xaitov Shodmon Ahmadovich, tarix fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: G‘afforov Shokir Safarovich, tarix fanlari doktori, professor; G‘afurov Abdurauf Fozilovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XIX asrning oxiri – XX asr boshlarida Turkistonda faoliyat yuritgan jamoat tashkilotlari va uyushmalarining faoliyati tarixini ochib berishdan iborat .
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XIX asr o‘rtalariga qadar jamoat uyushmalari maxsus qoida, qonun yoki nizom asosida faoliyat yuritmagani, Turkiston mintaqasida jamoat tashkilotlari va uyushmalar vujudga kelishida Rossiya imperiyasi tomonidan olib borilgan siyosat va hududda kechgan tarixiy jarayonlar, aholining keng qatlamlari orasidagi qashshoqlashuv, boquvchisini yoqotgan, boshpanasiz va uysizlarning sonini ortishi jamoat uyushmalarning paydo bo‘lishiga va soning ortib borishiga ta’sir etganligi dalillangan.
Tarixiy-xronologik chegarada xayr-ehson va mehr-muruvvat ko‘rsatish, nochor, ta’minotsiz qolgan jamiyatdagi turli ijtimoiy qatlamdagi aholiga moddiy yordam va ma’naviy madad berish bilan faoliyat yuritgan jamoat uyushmalari bilan bir qatorda turli kasb va mashg‘ulot egalarining aholi toifalarini himoya qiluvchi hamda bir qator ilmiy jamiyat va to‘garaklar ham faoliyat yuritgani, ular o‘z Nizom (Ustav)lariga, daromad va zaxira mablag‘lari manbasiga ega bo‘lganligi isbotlangan.
Rossiya imperiyasi hukumatining siyosatiga qarshi Turkistonda millat erkinligi va ozodligi, milliy madaniyat rivoji uchun millati, yoshi, mulkiy holati, kasbiga qarab “Ko‘mak”, “Gap ( ikkinchi nomi Mashrab)”, “Majlis” va boshqa bir qator milliy uyushmalar hamda to‘garaklar tashkil etilganligi bilan bir qatorda reaksion, faoliyat yovuz maqsadlarga qaratilgan uyushmalar ham mavjud bo‘lganligi dalillangan;
XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Turkiston mintaqasida faoliyat yuritgan jamoat uyushmalarining aksariyati Rossiya fuqarolari yoxud Evropa millati vakillari, imperiya ma’murlari, podsho xonadonining a’zolari tomonidan tashkil etilib, rusiyzabon aholi manfaatlarini ko‘zlaganligi, mahalliy aholiga e’tibor ular nazaridan chetda qolganligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkiston mintaqasidagi jamoat tashkilotlari va uyushmalar faoliyati tarixini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar, xulosa va takliflar asosida:
XIX asr o‘rtalariga qadar jamoat uyushmalari maxsus qoida, qonun yoki nizom asosida faoliyat yuritmagani, Turkiston mintaqasida jamoat tashkilotlari va uyushmalar vujudga kelishida Rossiya imperiyasi tomonidan olib borilgan siyosat va hududda kechgan tarixiy jarayonlar, aholining keng qatlamlari orasidagi qashshoqlashuv, boquvchisini yoqotgan, boshpanasiz va uysizlarning sonini ortishi jamoat uyushmalarning paydo bo‘lishiga va soning ortib borishiga ta’sir etganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan fuqarolik institutlari, ommaviy uyushmalar, assosatsiyalar va O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan jamoat birlashmalarning “yo‘l xarita”larini ishlab chiqishda qo‘llanildi (O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-qo‘vvatlash jamoat fondining 2023-yil 8-iyundagi № JF-49-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida sohalar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar samaradorligi sezilarli darajada rivojlandi.
Tarixiy-xronologik chegarada xayr-ehson va mehr-muruvvat ko‘rsatish, nochor, ta’minotsiz qolgan jamiyatdagi turli ijtimoiy qatlamdagi aholiga moddiy yordam va ma’naviy madad berish bilan faoliyat yuritgan jamoat uyushmalari bilan bir qatorda turli kasb va mashg‘ulot egalarining aholi toifalarini himoya qiluvchi hamda bir qator ilmiy jamiyat va to‘garaklar ham faoliyat yuritgani, ular o‘z Nizom (Ustav)lariga, daromad va zaxira mablag‘lari manbasiga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy Assosatsiyasining dasturlarini bajarishda keng foydalanildi (O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy Assosatsiyasining 2023-yil 15- iyundagi №01/387-23 sonli ma’lumotnomasi). Bu ma’lumotlar O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan jamoat birlashmalarining ishlab chiqarish, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sohadagi manfaatlarini va ularni himoya qilishgan qaratilgan chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqishda, ilmiy xodimlar va nodavlat notijorat tashkilotlar uchun tarixiy manba bo‘lib xizmat qiladi.
Rossiya imperiyasi hukumatining siyosatiga qarshi Turkistonda millat erkinligi va ozodligi, milliy madaniyat rivoji uchun millati, yoshi, mulkiy holati, kasbiga qarab “Ko‘mak”, “Gap ( ikkinchi nomi Mashrab)”, “Majlis” va boshqa bir qator milliy uyushmalar hamda to‘garaklar tashkil etilganligi bilan bir qatorda reaksion, faoliyat yovuz maqsadlarga qaratilgan uyushmalar ham mavjud bo‘lganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan “Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi to‘g'risida”gi Nizomda belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlashda viloyatdagi nodavlat notijorat tashkilotlarining ish faoliyatida foydalanildi (Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi huzuridagi nodavlat-notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatini boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining 11.09.2023-yildagi №11/10 sonli ma’lumotnomasi). Bu ma’lumotlar Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi huzuridagi nodavlat-notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatini boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi faoliyatini samarali tashkil etishda xizmat qildi.
XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Turkiston mintaqasida faoliyat yuritgan jamoat uyushmalarining aksariyati Rossiya fuqarolari yoxud Evropa millati vakillari, imperiya ma’murlari, podsho xonadonining a’zolari tomonidan tashkil etilib, rusiyzabon aholi manfaatlarini ko‘zlaganligi, mahalliy aholiga e’tibor ular nazaridan chetda qolganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Navoiy viloyat teleradiokompaniyasining “Moziydan sado”, “Diyor yangiliklari”, “Intervyu+” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda keng foydalanildi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Navoiy viloyat teleradiokompaniyasining 15.09.2023-yil № 01-02/160-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi teletomoshabinlarga XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Turkiston mintaqasida faoliyat yuritgan jamoat uyushmalarining faoliyati borasida tasavvurlarini boyitishga xizmat qilgan.