Mustafoev Jonibek Aralboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda “Paxta ishi” qatag‘oni qurbonlari (Navoiy viloyati misolida)”, 07.00.01- O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tar1434  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.Tar.72.07
Ilmiy rahbar: Yunusova Xurshida Erkinovna, tarix fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Xaitov Shodmon Ahmadovich, tarix fanlari doktori, professor; Muxiddinov Sunnatillo Inoyatovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. O‘zbekistonda XX asrning 80-yillarida Kommunistik partiya tomonidan amalga oshirilgan “Paxta ishi” qatag‘onining ro‘y berishi va uning fojeali ijtimoiy, iqtisodiy oqibatlarini Navoiy viloyati misolida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
SSSR Prokuraturasining tergov guruhi tomonidan O‘zbekistonda, xususan, Navoiy viloyatida jami 1147 kishini tergovga tortish va bu jarayonda ayblanuvchilarga nisbatan noqonuniy usullarni qo‘llash hamda g‘ayritabiiy tergov vositalari bilan (jismoniy jazo berish, oilasi orqali qo‘rqitish, bir necha kun suvsiz va och qoldirish, aldash, yashash og‘ir bo‘lgan xona va erto‘lalarda saqlash, yolg‘on ko‘rsatma berishga majburlash va hokazo) aybini bo‘yniga majburiy qo‘yilganligi dalillar asosida aniqlangan;
Qatag‘on siyosatini amalga tatbiq etishda Navoiy viloyat sudi tergov guruhi tomonidan taqdim etilgan soxta ayblovlar asosida begunoh 291  kishini adolatsiz, nohaq hukmlar ostida jazoga tortilganligi ilmiy jihatdan isbotlangan;
Kommunistik partiya Markaziy Qo‘mitasi tomonidan O‘zbekistonda “Paxta ishi”, “o‘zbeklar ishi” kompaniyasini amalga oshirilishi bilan butun o‘zbek xalqi jinoyatchi deya tahqirlanishi, ming-minglab qatag‘on qilingan kishilar qatorida navoiylik nohaq ayblangan kishilarning yaqinlariga tergov jarayonida noqonuniy usullarini qo‘llanilishi, boquvchisiz qolib ketgan oilalarning nochor turmush kechirishi, ayblanuvchilar va ularning yaqinlarini jismoniy hamda ruhiy, ma’naviy tazyiq va azoblarga duchor qilinishining salbiy oqibatlari ochib berilgan;
XX asrning 80-yillar oxiriga kelib ziyolilar yetakchiligida “Paxta ishi”, “o‘zbeklar ishi” deya nomlangan uydirma ortidan butun o‘zbek xalqini jinoyatchiga chiqarilishiga qarshi keskin munosabat bildirishi hamda tergov guruhining noqonuniy harakatlariga nisbatan O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi “Paxta ishi” bo‘yicha komissiyasining faoliyat yuritishi bilan nohaq ayblangan navoiylik qatag‘on qurbonlarini reabilitatsiya qilinishi va ularning keyingi taqdirlari haqidagi ma’lumotlar dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: “O‘zbekistonda “Paxta ishi”qatag‘oni qurbonlari” (Navoiy viloyati misolida) tadqiqoti bo‘yicha qo‘lga kiritilgan natijalar, ilmiy xulosa va takliflar asosida:
SSSR Prokuraturasining tergov guruhi tomonidan O‘zbekistonda, xususan, Navoiy viloyatida 1144 kishini tergovga tortish va bu jarayonda ayblanuvchilarga nisbatan noqonuniy usullarni qo‘llash hamda g‘ayritabiiy tergov vositalari bilan (jismoniy jazo berish, oilasi orqali qo‘rqitish, bir necha kun suvsiz va och qoldirish, aldash, yashash og‘ir bo‘lgan xona va erto‘lalarda saqlash, yolg‘on ko‘rsatma berishga majburlash va hokazo) aybini bo‘yniga majburiy qo‘yilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining “Paxta ishi qatag‘oni” bo‘limini zarur materiallar bilan boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi 2023-yil 31-iyuldagi 171- sonli ma’lumotnomasi). Natijada, muzeyga tashrif buyuruvchilarning XX asr 80-yillaridagi  siyosiy qatag‘onlik haqida tasavvurini boyitishga xizmat qilgan;
Qatag‘on siyosatini amalga tatbiq etishda Navoiy viloyat sudi tergov guruhi tomonidan taqdim etilgan soxta ayblovlar asosida begunoh 291  kishini adolatsiz, nohaq hukmlar ostida jazoga tortilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Navoiy davlat pedagogika instituti tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyining “Paxta ishi qatag‘oni” bo‘limini zarur materiallar bilan boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi 2023-yil 31-iyuldagi 171- sonli ma’lumotnomasi). Natijada, muzey fondi “Paxta ishi” qatag‘onining Navoiy viloyatida amalga oshirilishi va uning salbiy oqibatlariga oid materiallar bilan boyitishga xizmat qilgan;
Kommunistik partiya Markaziy Qo‘mitasi tomonidan O‘zbekistonda “Paxta ishi”, “o‘zbeklar ishi” kompaniyasini amalga oshirilishi bilan butun o‘zbek xalqi jinoyatchi deya tahqirlanishi, ming-minglab qatag‘on qilingan kishilar qatorida navoiylik nohaq ayblangan kishilarning yaqinlariga tergov jarayonida noqonuniy usullarini qo‘llanilishi, boquvchisiz qolib ketgan oilalarning nochor turmush kechirishi, ayblanuvchilar va ularning yaqinlarini jismoniy hamda ruhiy, ma’naviy tazyiq va azoblarga duchor qilinishining salbiy oqibatlari haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida “Ochiq dars” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2023-yil 11-avgustdagi 06-28-874 sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi teletomoshinlarga “Paxta ishi” uydirmalari bahonasida SSSR Prokuraturasi tergov guruhining O‘zbekistonda xususan, Navoiy viloyatida olib borgan noqonuniy faoliyati va uning fojeaviy oqibatlari haqidagi tasavvurlarini boyitishga xizmat qilgan.
XX asrning 80-yillar oxiriga kelib ziyolilar yetakchiligida “Paxta ishi”, “o‘zbeklar ishi” deya nomlangan uydirma ortidan butun o‘zbek xalqini jinoyatchiga chiqarilishiga qarshi keskin munosabat bildirishi hamda tergov guruhining noqonuniy harakatlariga nisbatan O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi “Paxta ishi” bo‘yicha komissiyasining faoliyat yuritishi bilan nohaq ayblangan navoiylik qatag‘on qurbonlarini reabilitatsiya qilinishi va ularning keyingi taqdirlari haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida “Ochiq dars” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2023-yil 11-avgustdagi 06-28-874 sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi teletomoshinlarga “Paxta ishi”, “o‘zbeklar ishi” deb nomlangan uydirmalarning Navoiy viloyatiga ta’siri va uning oqibatlari  borasida tasavvurlarini boyitishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish