Butoev Ilxom Uzokovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Yangilanayotgan O‘zbekistonda sog‘lom turmush tarzi rivojlanishida diniy va dunyoviy qadriyatlarni uyg‘unlashtirish masalalari (Ijtimoiy-falsafiy tahlil)” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fal738
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.F.02.02
Ilmiy rahbar: Yaxshilikov Jo’raboy Yaxshilikovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Xajieva Maksuda Sultanovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Abilov Ural Muradovich falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat arxitektura-qurilishi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yangilanayotgan O‘zbekistonda sog‘lom turmush tarzi rivojlanishida diniy va dunyoviy qadriyatlarni uyg‘unlashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda sog‘lom turmush tarzi madaniyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning (tibbiy-biologik, ijtimoiy-psixologik) additivlik xususiyati qonuniyatli jarayon bo‘lib, milliy qadriyatlarga asoslanganligi mantiqiy dalillangan;
sog‘lom turmush tarzining rivojlanish va undagi determinatsiya holatining shaxs dunyoqarashi, qadriyat mo‘ljallari, ideallari bilan uyg‘unligining fizologik, psixologik, ma’naviy xususiyatlari falsafiy asoslangan;
sog‘lom turmush tarzi paradigmasining attraktor jarayonlaridagi barqaror integrativ xususiyatlar dunyoviylik tamoyiliga asoslanishi isbotlangan;
sog‘lom turmush tarzi variatsiya jarayonlarining diniy qadriyatlardagi murosa va konsensusga erishish tamoyiliga ko‘ra dialektik kategoriyasi bilan uzviy bog‘liqligi dalillangan;
sog‘lom turmush tarzi paradigmasining attraktor jarayonlaridagi barqaror integrativ xususiyatlar dunyoviylik tamoyiliga asoslanishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi Yangilanayotgan O‘zbekistonda sog‘lom turmush tarzi rivojlanishida diniy va dunyoviy qadriyatlarni uyg‘unlashtirish masalalarini ilmiy jihatdan tadqiq etish asosida:
O‘zbekistonda sog‘lom turmush tarzi madaniyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning (tibbiy-biologik, ijtimoiy-psixologik) additivlik xususiyati qonuniyatli jarayon bo‘lib, milliy qadriyatlarga asoslanganligi mantiqiy dalillanganligiga oid xulosalardan va taklif-tavsiyalardan Jizzax viloyati “Istiqbol” mintaqaviy tadqiqot markazining “Aholi huquqiy madaniyatini yuksaltirishda jamoatchilik ta’sirini oshirishning innovatsion yo‘llarini joriy etish” mavzusidagi 68-11/78 raqamli grant loyihasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Jizzax viloyati “Istiqbol” mintaqaviy tadqiqot markazining 2023 yil 11-sentyabrdagi 18-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekistonda sog‘lom turmush tarzi rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning tizimli va qonuniyatli jarayon bo‘lib, milliy qadriyatlarga tayanishi zarurligiga tegishli amaliy taklif-tavsiyalarni ishlab chiqishda muhim manbaalar sifatida xizmat qilgan;
sog‘lom turmush tarzining rivojlanish va undagi determinatsiya holatining shaxs dunyoqarashi, qadriyat mo‘ljallari, ideallari bilan uyg‘unligining fizologik, psixologik, ma’naviy xususiyatlari falsafiy asoslanganligiga oid taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining II yo‘nalishida belgilangan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar targ‘iboti” mavzusidagi “Yangi O‘zbekiston – xalqparvar davlat” nomli 9-bandi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yil 22-avgustdagi 02-22/836-son ma’lumotnomasi). Natijada, sog‘lom turmush tarzini rivojlantirishda shaxs dunyoqarashi, qadriyat mo‘ljallari, ideallarining dunyoviy qadriyatlar asosida shakllantirishda amaliy taklif-tavsiyalar ishlab chiqish masalalarida asosiy manbaa sifatida xizmat qilgan;
sog‘lom turmush tarzi variatsiya jarayonlarining diniy qadriyatlardagi murosa va konsensusga erishish tamoyiliga ko‘ra dialektik kategoriyasi bilan uzviy bog‘liqligi dalillanganligiga oid taklif hamda tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublika Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining 2023-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining 12/1-410-yo‘nalishida belgilangan “To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi umummilliy harakatini amalga oshirish” nomli dasturini ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining 2023-yil 29-avgustdagi 02-01/1175-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan olib borilayotgan ishlarni falsafiy va g‘oyaviy boyitish hamda jamiyat ma’naviy qiyofasini sog‘lomlashtirish, tizimning jamiyat ijtimoiy-ma’naviy taraqqiyotidagi o‘rnini mustahkamlash va mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzining shaxs imkoniyatlarini shakllantirishga xizmat qilgan.
sog‘lom turmush tarzi paradigmasining attraktor jarayonlaridagi barqaror integrativ xususiyatlar dunyoviylik tamoyiliga asoslanishi isbotlanganligiga oid taklif va tavsiyalardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi tomonidan 2023-yil 4-avgustdagi efirga uzatilgan “Assalom Samarqand” ko‘rsatuvining dastur senariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 15-avgustdagi 01-07/279-son ma’lumotnomasi). Natijada, Uchinchi Renessans bo‘sag‘asida turgan Yangi Oʻzbekiston yoshlariga sog‘lom turmush tarzi rivojlanishida diniy va dunyoviy qadriyatlarni uyg‘unlashtirish buyuk ajdodlarimizning boy ma’naviy merosini o‘rganish hamda ularning insonparvarlik g‘oyalarini hayotga keng tadbiq etishda ilmiy metadologik qo‘llanma sifatida xizmat qilgan.