Toshpulatov Odil Nodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Globallashuv jarayonida amoralizm va immoralizm fenomenlari: ijtimoiy-falsafiy tahlil”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Fal815
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02
Ilmiy rahbar: G‘aybullaev Otabek Muxammadievich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Djuraev Luqmon Narzullaevich, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent; Tog‘aev Nodir Ergashevich, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi globallashuv jarayonida amoralizm va immoralizmning paydo bo‘lish sabablari, zararli oqibatlari hamda oldini olish mexanizmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
globallashuv jarayonida amoralizm va immoralizm oqibatida ijtimoiy hayotdagi salbiy illatlar etosfera transformatsiyasiga olib kelishi natijasida paydo bo‘layotgan sinfiy antagonistik muhitni oldini olishdagi insonparvarlik, adolatparvarlik, tolerantlik, patsifizm kabi umuminsoniy mezonlar zaruriyati falsafiy jihatdan ochib berilgan;
axborotlashgan jamiyatda amoralist kiberjinoyatlarning yoshlar xatti-harakatlarida namoyon bo‘lish sabablari aniqlanib, eskapizm, virtual zo‘ravonlikka qarshi kurashda sog‘lom milliy qadriyatlar transformatsiyasi zaruriyati mantiqiy argumentlangan;
yoshlar ma’naviy dunyoqarashini g‘ayriaxloqiy, zararli, nigilistik tahdidlardan himoyalashning jamiyat axloqiy, estetik, diniy, huquqiy meyorlari xalqning madaniy salohiyatini mustahkamlash va saqlash omili ekani asoslangan;
jamiyat ijtimoiy-madaniy progressiv taraqqiyotiga amoralizm va immoralizmning salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligi insonlar orasida marginallashuv, stigmatizatsiya hamda diskriminatsiyaning oshib borayotganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Globallashuv jarayonida amoralizm va immoralizmning paydo bo‘lish sabablari, ijtimoiy xavflilik darajasini aniqlash, ushbu g‘ayriaxloqiy harakatlarning oldini olish bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy takliflar asosida:
globallashuv jarayonida amoralizm va immoralizm oqibatida ijtimoiy hayotdagi salbiy illatlar etosfera transformatsiyasiga olib kelishi natijasida paydo bo‘layotgan sinfiy antagonistik muhitni oldini olishdagi insonparvarlik, adolatparvarlik, tolerantlik, patsifizm kabi umuminsoniy mezonlar zaruriyatiga doir xulosa va amaliy takliflardan  “Oila psixologiyasi fanidan multimedia mahsulotini yaratish” mavzusidagi PZ-202005236 raqamli innovatsion ilmiy tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2023-yil 22-avgustdagi 01-04/2412-son ma’lumotnomasi). Natijada, grand loyihasini yanada takomillashtirishga va fanlararo yondashuvning murakkab tizimlarini tadqiq etishda, yosh mutaxassislar va olimlarning kasbiy malakasini egallashidagi nazariy-metodologik (uslubiy) ahamiyati, uning ilmiy-proektiv (loyihalashtirish va prognozlashtirish) va amaliy (texnologik jarayonlardagi) o‘rnini belgilashga xizmat qilgan;
axborotlashgan jamiyatda amoralist kiberjinoyatlarning yoshlar xatti-harakatlarida namoyon bo‘lish sabablari aniqlanib, eskapizm, virtual zo‘ravonlikka qarshi kurashda sog‘lom milliy qadriyatlar transformatsiyasi zaruriyati bilan bog‘liq taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi doirasida amalga oshirilgan “2019-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasida millatlararo madaniyat bag‘rikenglik madaniyatini rivajlantirish” Konsepsiyasi loyihasini, “2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni va “Yoshlarda millatlararo madaniyatni rivojlantirishning 2030-yilgacha mo‘ljallangan strategiyasi” loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2023-yil 28-avgustdagi 05-11-15-2290-son ma’lumotnomasi). Natijada, globallashuv jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida yoshlar axloqiy madaniyatini rivojlantirishga hamda amoralizm va immoralizmdan himoyalangan zamonaviy komil inson konsepsiyasini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
yoshlar ma’naviy dunyoqarashini g‘ayriaxloqiy, zararli, nigilistik tahdidlardan himoyashning jamiyat axloqiy, estetik, diniy, huquqiy meyorlari xalqning madaniy salohiyatini mustahkamlash va saqlash omili ekanligiga oid taklif-tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yilga moljallangan chora-tadbirlar dasturining II yo‘nalishida belgilangan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar targ‘iboti 9-bandi “Yangi O‘zbekiston – xalqparvar davlat” tamoyilini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan islohotlar mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish borasidagi ustuvor vazifalar” mavzusidagi targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 30-avgustdagi 02-22/896-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘ayriaxloqiy harakatlarga qarshi tura oladigan yoshlar ma’naviy immunitetini shakllantirishga, amoralizm va immoralizmdan himoyalashga qaratilgan, diniy, milliy, umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan etosferani rivojlantirishga, globallashuv jarayonida kiberhujumlarni oldini olish omili hisoblangan axloqiy mexanizmlarni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
jamiyat ijtimoiy-madaniy progressiv taraqqiyotiga amoralizm va immoralizmning salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligi insonlar orasida marginallashuv, stigmatizatsiya hamda diskriminatsiyaning oshib borayotganligiga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Madaniyat va ma’rifat” telekanali tomonidan 2023-yilda efirga uzatilgan “Tadqiqot” ko‘rsatuvini navbatdagi sonining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanali davlat muassasasining 2023-yil 29-sentyabrdagi 01-02-02/197-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuvning ilmiy saviyasi va ma’naviy-axloqiy, tarbiyaviy ahamiyati oshishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish