Shukurova Nilufar Xaliyarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yoshlarning ommaviy madaniyatga qarshi kurashishida axloqiy qadriyatlarni rivojlantirish masalalari” 09.00.02-Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (Etika) (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fal664.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02
Ilmiy rahbar: G‘aybullaev Otabek Muxammadievich falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Aymatov Aminjon Qudratovich, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent; Allayorova Marhabo Mavlonovna, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “ommaviy madaniyat” sifatida rivojlanayotgan estetik niqobdagi negativ holatlarning echimiga doir amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“ommaviy madaniyat” niqobidagi ko‘ngilochar tomoshalarning zararli sabab va oqibatlari aniqlanib, ularning yoshlar etosferasiga kirib kelishini oldini olishga qaratilgan etnomadaniy qadriyatlar asosida sublimatsiyasini oshirishning akmeologik, aksilologik mexanizmlari mantiqan dalillangan;
“ommaviy madaniyat” sifatida yoshlar ongiga singib borayotgan vandalizm, kosmopolitizm egoizm singari zararli xususiyatlarga nisbatan eudamonizm, vatanparvarlik, altruizm antogonizmida axloqning pozitiv atributiv kategoriyalari barqarorligini oshirishning zaruriy determinantlari ochib berilgan;
“ommaviy madaniyat” keng tarqalishi natijasida butun bir millatning milliy madaniyatiga salbiy tarzda singayotgan axloqsiz submadaniyatlar (beatnik, moda, hippi) traektriyasini yoshlar dunyoqarashiga ta’siri axloqiy identlik asosida falsafiy konteksda ochib berilgan;
“ommaviy madaniyat” niqobida shakllanayotgan turli g‘ayriijtimoiy harakatlar va natsist guruhlar (pranklar, rokerlar, geylar)ning zo‘ravonlikni, sadizm, axoqiy mazoxizm kabi pornografik sahnalarni targ‘ib qilushi milliy qadriyatlar transformatsiyasiga sabab bo‘lib, oqibatida ijtimoiy aratiyaning oshib borayotgani falsafiy rakusda aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tadqiqot natijasida yoshlarning ommaviy tahdidlarga qarshi kurashishi jarayonida axloqiy qadriyatlarga tayanishini tadqiq etish asosida:
“ommaviy madaniyat” niqobidagi ko‘ngilochar tomoshalarning zararli sabab va oqibatlari aniqlanib, milliy etosferasiga kirib kelishini oldini olishga qaratilgan etnomadaniy qadriyatlar asosida yoshlar sublimatsiyasini oshirish mexanizmlariga doir taklif-tavsiyalardan O‘zMUda 2020-2022 yilarda bajarilgan “O‘zbek xalqi diiny va milliy qadriyatlari kompleksining elektron-transdisiplinar platformasini yaratish” mavzusidagi A-OT-2021-11 raqamli amaliy loyihasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2023-yil 20-apreldagi 04/11-2315-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarda “ommaviy madaniyat”ga nisbatan entomadaniy qadriyatlarga hurmat ruhining shakllanishiga va kreativ tafakkur tarzining rivojlanishiga xizmat qilgan;
“ommaviy madaniyat” sifatida yoshlar ongiga singib borayotgan vandalizm, vayronkorlik, kosmopolitizmga qarshi mafkuraviy immunitetini shakllantirishda milliy g‘oya, mafkura, milliy madaniyatning substansional asos ekanligigadoir taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining “Sog‘lom inson – sog‘lom millat” mavzusidagi amaliy loyiha ijrosini ta’minlashda foydalanilgan(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining 2023-yil 26-apreldagi 04/9-10-18-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarning “ommaviy madaniyat”niqobidagi qarashlarga nisbatan mafkuraviy immuniteti shakllanishiga, milliy qadriyatlarga ma’naviy nuqtai nazardan yondashishga xizmat qilgan;
“ommaviy madaniyat” keng tarqalishi natijasida butun bir millatning milliy madaniyatiga qarama-qarshi bo‘lgan submadaniyatlarni (Beatniklar, Modlar, Hippilar, Panklar) amoralistikg‘oya, dunyoqarashlari, imiji, memlari va boshda ijtimoiy fenomenlari shakllanayotganiga doir taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi Samarqand viloyat Madaniyat boshqarmasining 2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror madaniyat rivojlanishidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining 2023-yil 5-maydagi 20/20-558-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar orasida keyingi paytlarda keng avj olayotgan turli salbiy dunyoqarashlarning oldini olishga va yoshlarning estetik immunitetini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
“ommaviy madaniyat” niqobi ostida paydo bo‘ladigan turli ijtimoiy harakatlar va guruhlar (xippilar, pranklar, rokerlar, geylar)ning faxsh, zo‘rovonlikni, vampirlik va jodugarlikni, pornografik sahnalarni targ‘ib qiluvchi amrolistik g‘oyalari jamiyatni degumanizatsiya qilishga olib kelishi ilmiy-falsafiy dalillanganligiga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yilda efirga uzatilgan “Kelajak bunyodkorlari” teleko‘rsatuv dastur ssenariysini tuzishda foydalanilgan (Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 28-apreldagi 01-07/146-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarda axloqiy buzuq o‘yinlardan uzoqlashish tuyg‘usini kamol toptirib, baxtli yashashga intilish, turli bayramlarning estetik qiymatlarini anglab etishiga xizmat qilgan.