Xudayorov Zafarjon Jumaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Deflektor nasadkali yomg‘irlatib sug‘orish qurilmasini takomillashtirishning ilmiy-texnik asoslarini ishlab chiqish», 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/T680.
Ilmiy maslahatchi: marhum Toshboltaev Maxamad Tojalievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa (muassasalar) nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/13.05.2020.T.112.01.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Rustam Raximovich – texnika fanlari doktori, professor; Qambarov Baxtiyor Akbaralievich – texnika fanlari doktori, dotsent; Jo‘raev Fazliddin O‘rinovich – texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi deflektor nasadkali yomg‘irlatib sug‘orish qurilmalarini takomillashtirish yo‘li bilan past bosimda yuza bo‘ylab yomg‘irlatib sug‘orish hisobiga suv resurslari yo‘qotishlarini kamaytirish va energiya-tejamkorlikni ta’minlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yomg‘irlatib sug‘orish  qurilmalarining konstruksiyasi yomg‘irlatish jarayonini past bosimda yuza bo‘ylab bir tekisda amalga oshirishni ta’minlaydigan deflektorli nasadka qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
suv tomchisining boshlang‘ich uchish tezligi deflektorli nasadka gidrotizimida suv oqimi tezligi yo‘qotishlarini ifodalovchi analitik bog‘lanishlar yordamida hisoblangan;
suv tomchisining uchish masofasi, vaqti va tezligi sun’iy yomg‘ir harakatining matematik modeli yordamida topilgan;
yomg‘irlatish jarayonida suv resurslari yo‘qotishini  kamaytirish uchun sun’iy yomg‘irni bug‘lanishi va shamol uchirib ketishi suv tomchisining uchish vaqti, muhit qarshiligi, harorati va shamol tezligiga bog‘liq holda   analitik ifodalar  asosida aniqlangan;
suv oqimining gidrodinamik parametrlariga bog‘liqligini ifodalovchi analitik ifodalar asosida suv oqimining dala yuzasida taqsimlanishi, yomg‘irlatish intensivligi va samarali sug‘orish koeffisienti aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yomg‘irlatib sug‘orish qurilmasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
         yomg‘irlatib sug‘orish qurilmasining deflektorli nasadkasi konstruksiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi”ning foydali modelga patenti olingan (“Yomg‘irlatib sug‘orish mashinalari uchun deflektorli nasadka”, №FAP 02280 – 2023 y.). Natijada yomg‘irlatish jarayonini past bosimda amalga oshirish uchun yomg‘irlatib sug‘orish  qurilmasining takomillashtirilgan konstruksiyasni ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
ishlab chiqilgan   yomg‘irlatib sug‘orish qurilmasining tajriba nusxasi  Suv xo‘jaligi vazirligining  Irrigatsiya va suv muammolari ITI qoshidagi “Suv xo‘jaligi muhandislik markazi”, Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sinash va sertifikatlash  markazi”   va “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi” dalalarida sinovlardan o‘tgan va  amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 26 dekabrdagi 07/34-06/1535-son ma’lumotnomasi). Natijada samarali sug‘orish koeffisienti Ksam= 0,94, sug‘orishning bir tekisligi koeffisienti (Xristiansen bo‘yicha) σ_kr= 99,5 foizni tashkil etgan hamda elektr energiyasini tejash hisobiga iqtisodiy samaradorlik E_y=85227,3 ming so‘mni, suv   tomchisining   bug‘lanishini   kamayishi  hisobiga Qt =16 386,6 m3 suv resursi tejalishiga yoki 4,65 ga qo‘shimcha maydonni sug‘orishga imkon bergan;
takomillashtirilgan yomg‘irlatib sug‘orish  qurilmasining  sanoat nusxasini ishlab chiqish va tayyorlash uchun uning loyiha-konstruktorlik hujjatlari (texnik topshiriqlar va chizmalar) “BMKB-Agromash” AJ tomonidan yomg‘irlatish mashinalarini loyihalash uchun  qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 26 dekabrdagi 07/34-06/1535-son ma’lumotnomasi). Natijada tavsiya etilgan parametrlarga ega bo‘lgan yomg‘irlatib sug‘orish  qurilmasining sanoat nusxasini ishlab chiqish va tayyorlash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish