Raximov Furqat Rashid o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Ko‘n yarim mahsulotini yo‘nuvchi valli ishchi organning parametrlarini tadqiq qilish va asoslash”, 05.02.03 – “Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/T2096
Ilmiy rahbar: Baxadirov Gayrat Ataxanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami:
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/29.10.2021.T.101.03
Rasmiy opponentlar: Qurbonov Fazliddin Aminovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent, (ixtisoslik shifri 05.02.03 – “Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari) Ilmiy kengash a’zosi; Rasulov Ro‘zimurod Hasanovich. Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, texnika fanlari doktori (DSc), professor. (ixtisoslik shifri 05.02.03 – “Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari);
Yetakchi tashkilot: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ko‘n yarim mahsulotini yo‘nuvchi valli mashina ishchi organini tadqiq qilish, zamonaviy holatini o‘rganish va tahlil etish, ko‘n yarim mahsulotini yo‘nuvchi texnologik mashinalar valli ishchi organining unumdorligini va mahsulot sifatini oshiruvchi takomillashtirilgan konstruksiyasini yaratish, xisoblash usullarini amaliyotga joriy etish, tajribaviy tadqiqotlar o‘tkazishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘n yarim mahsulotini bir xil qalinlikka keltirish imkonini beruvchi, yuqori burchak tezlikda harakatlanuvchi, konsol, yo‘nuvchi valli ishchi organning parametrlarini hisoblash usullari mustahkamlik sharti hamda ko‘n yarim mahsulotining ishlov berish chuqurligi va uzunligini inobatga olgan holda takomillashtirilgan;
yo‘nuvchi ishchi organ diametrining ratsional qiymatini topish uchun zarur bo‘lgan kuchlanish va burovchi momentlarni asoslash imkonini beruvchi ko‘n yarim mahsulotini yo‘nuvchi mashinaning tayanchlarida hosil bo‘ladigan statik va dinamik reaksiya kuchlari muvozanat shartlari yordamida aniqlangan;
konsol val pichoqlarining val sirti bilan hosil qilishi lozim bo‘lgan burchaklari 0,401 rad, hamda pichoqli valning chiziqli tezligi 20 m/s bo‘lishi lozimligi yo‘nilgan ko‘n yarim mahsulotining sifat ko‘rsatgichining ratsional qiymatini inobatga olgan holda aniqlangan;
aniqlangan parametrlarga asoslanib ko‘n yarim mahsulotini yo‘nib, bir xil qalinlikka keltirish uchun o‘tkir uchli pichoqlar, aylanuvchi ishchi organ va tutib turuvchi valdan iborat bo‘lgan yo‘nuvchi valli mashina ishchi organining takomillashtirilgan konstruksiyasi bir uchi konsol holda ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ko‘n yarim mahsulotini yo‘nuvchi valli ishchi organning parametrlarini tadqiq qilish va asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Ko‘n yarim mahsulotini yo‘nuvchi valli ishchi organning parametrlarini tadqiq qilish va asoslashga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligidan (№ FAP 01633, 2021 y.) foydali modelga patent olingan;
Ko‘n yarim mahsulotini yo‘nuvchi valli ishchi organga dastlabki talablar tasdiqlangan(«O‘zcharmsanoat» uyushmasini 2023 yil 6 dekabrdagi FB – 7/3770 – sonli ma’lumotnomasi). Natijada ko‘n yarim mahsulotini yo‘nish uchun ish sifati 1,2 marta yuqori, energiya va resurstejamkor ko‘n yarim mahsulotini yo‘nuvchi valli ishchi organ ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
- Ko‘n yarim mahsulotini yo‘nuvchi valli ishchi organ Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi “GOLD LEATHER EXPORT IMPORT” MChJ hamda Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida joylashgan “PREMIUM LEATHER” MChJ korxonalarida joriy etilgan («O‘zcharmsanoat» uyushmasini 2023 yil 6 dekabrdagi FB – 7/3770 – sonli ma’lumotnomasi). Natijada valli texnologik mashinaning bosim beruvchi valining diametri 250 mm, tezligi 20 m/s va yo‘nuvchi valining diametri 190 mm, pichoqning val sirti bilan hosil qilgan burchagi 16,5° bo‘lgan qiymatlarida ishlov berilayotgan ko‘n yarim mahsulotning sifat ko‘rsatkichlarini oshirishga erishilgan.